• 1-savol. «O„lchamlar» qo„yishga tayyorgarlik ko„rish bosqichi
  • “Размер” paneli buyruqlari va ulardan foydalanish algoritmlari O„quv mashg`ulotining maqsadi




    Download 0,67 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana25.09.2024
    Hajmi0,67 Mb.
    #272396
      1   2


     “Размер” paneli buyruqlari va ulardan foydalanish algoritmlari 
    O„quv mashg`ulotining maqsadi:
    Talabalarga O„lchamlar qo„yishga tayyorgarlik ko„rish bosqichini 
    o„rgatish. «Размер »-O„lcham qo„yish paneli buyruqlari va ulardan foydalanib o„lchm qo„yishni o„rgatish. 
    1-savol. «O„lchamlar» qo„yishga tayyorgarlik ko„rish bosqichi 
    Bu mashg`ulotda o„lcham qo„yish buyruqlari o„rganiladi. O„lchamlar qo„yish uchun chiqarish 
    nuqtalari va o„lcham chizig`ining o„rni ko„rsatilsa, o„lcham qiymatlari va strelkalarini kompyuter 
    avtomatik o„zi chizmaga qo„yadi. Chizmada biror chiziqni nuqta bilan uzish, ikki nuqta oralig`ida uzish va 
    burchak faskalarini olish zaruriyati bo„lib turadi. Bunday amallarini kompyuterda bajarishni mo„ljallab, 
    ushbu mashg`ulotninig shakli va mazmunini quyidagicha ishlab chiqdik. 
    «Размеры»-«O„lchamlar» qo„yishga tayyorgarlik ko„rish, «Razmerы»-«O„lchamlar» qo„yish 
    buyruqlari va ulardan foydalanish algoritmlari. «Razmerы»-«O„lchamlar» buyrug`idan foydalanib 
    geometrik figuralar, detallar va buyumlarning kerakli o„lchamlari chizmada qo„yiladi. Buning uchun, avval 
    kerakli ko„rsatkichlarning o„lchamlari kompyuterga kiritiladi, ya`ni 
    o„lcham qo„yishning tayyorgarlik 
    ko„rish bosqichi
    bajariladi. 
    Bu bosqich quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
    1. «Sichqon» yordamida tushuvchi menyular qatoridan «Format» buyrug`i yuklanib, undagi 
    «Razmernыe stili...» qo„shimcha buyrug`iga kiriladi. Shunda, ekranda «Dispetcher razmernыx stiley» 
    darchasi paydo bo„ladi, 3-rasm. 
    3-rasm 
    2. Bu darchadagi o„ng tomonda joylashgan buyruqlar orasidan «Izmenit» (yuqoridan uchinchi) 
    tugmasi yuklanadi. Ekranda «Izmenenie razmernogo stilya: ISO-25» darchasi paydo bo„ladi, 52-rasm.
     

    Avval, undagi «Linii» vkladka-qo„yilmasi yuklanadi va darchaning pastki o„ng tarafida 
    joylashgan «Udlinenie za razmernыe» va «Otstup ot ob`ekta» yacheykalariga tegishlicha, chiqarish 
    chizig`ini o„lcham chizig`idan chiqib turish uzunligi va chiqarish chizig`i bilan kontur chiziq oralig`i tanlab 
    kiritiladi, 4-rasm. Agar, bu qiymatlar tegishlicha 2-3 va 0 bo„lsa, davlat standartiga muvofiq bo„ladi.
    Talabalarning e`tiborini jalb etish va bilim darajalarini
    aniqlash uchun tezkor savollar
    - O„lcham qo„yishda chiqarish va o„lcham chiziqlari, o„lcham qiymati AutoCAD dasturi qanday 
    bajaradi? 
    - o„lcham balandligi va strelkalar uzunligini qanday o„zgartiriladi?


    So„ngra, vkladkada ikkinchi bo„lib joylashgan «Символы и cтрелки » buyrug`i yuklanadi, (5-
    rasm).
     
    4-rasm 5-rasm 
    Bu darchadan foydalanib, strelkaning turlari, kattaligi, markaz o„rnining belgisi o„lchami, yoy 
    uzunligining ramziy belgisi va siniq radiusli o„lchamning burchaklarini chizma o„lchamlaridan kelib 
    chiqqan holda o„zgartirish mumkin. Bunda, darchada taklif etilgan o„lchamlarni o„zgartirmagan holda 
    chizmada kuzatib ko„ramiz va o„zgartirilishi lozim bo„lgan kattaliklarga o„zgartirish kiritiladi. 
    Endi, bu darchadagi «Tekst» vkladka-qo„yilmasi yuklanib, «Vыsota Teksta» va «Otstup ot 
    razmernoy linii» yacheykalariga, matndagi shrift balandligi va harf, hamda raqamlar bilan o„lcham 
    chiziqlari orasidagi masofalar kiritiladi. Bu kattaliklar chizma o„lchamlaridan kelib chiqqan holda 
    qo„yiladi. Masalan, kichik o„lchamli chizmalarda bu qiymatlar tegishlicha 5 yoki 7 va 2 yoki 3 bo„ladi. 
    Agar, o„lchamlar katta bo„lsa tegishlicha 100, 120 va 50, 60 ham bo„lishi mumkin. «Orientatsiya teksta»-
    matnni tekislashdagi «Standart ISO» tugmasi yuklanib, so„ngra «OK» tugmasi yuklanadi, 6-rasm. 
    6-rasm 
    7-rasm 
    Shunda ekranda, dastlabki «Диспетчер размерных стилей» darchasi paydo bo„ladi va undagi 
    «Закрыть» tugmasi yuklanib chizmaga qaytiladi:
    3. O„lcham qiymatlarini va chizmadagi yozuvlarni DST (GOST)ga muvofiq yozilishi uchun 
    menyular qatoridagi «Format» menyusiga kiriladi va undagi «Tekstovыe stili» buyrug`i yuklanadi. Shunda, 
    ekranda «Tekstovыe stili» darchasi paydo bo„ladi, 55-rasm. Undagi «Stepen rastyajeniya» va «Ugol 
    naklona» yacheykalariga harf va raqamlar enining balandlikka nisbatan koeffitsienti va ularni qatorlar 
    asosiga og`ish burchagi, vertikal chiziqqa nisbatan kiritiladi. Agar, bu qiymatlar tegishlicha 0.6 va 15 
    bo„lsa, yozuvlar 75
    0
    ga og`gan holda standartga mos yozilish holatiga o„tib qoladi. 
    O„lchamlar belgilangandan so„ng, «Zakrыt» tugmasi bosiladi, «Tekstovыe stili» darchasi yopiladi 
    va o„lchamlar qo„yishga tayyorgarlik ko„rish bosqichi yakunlanadi. So„ngra, berilgan chizmaga qaytib 
    o„lchamlar qo„yishga kirishiladi. 

    Download 0,67 Mb.
      1   2




    Download 0,67 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Размер” paneli buyruqlari va ulardan foydalanish algoritmlari O„quv mashg`ulotining maqsadi

    Download 0,67 Mb.
    Pdf ko'rish