Razvedka hujumini amalga oshirishni o‘rganish




Download 11,48 Mb.
bet4/6
Sana11.12.2023
Hajmi11,48 Mb.
#115528
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Khobulov.Kiberxavfsizlikamaliy5-6-7
Новый документ 2021 Yan 16 15.31[1]
Amaliy qism
Tarmoqlararo ekran parametrlarini o‘rnatish va sozlash. Birinchi navbatda, tarmoqlararo ekranning holatini buyruqlar qatoridan ko‘rish kerak. Buning uchun win + R tugmalarini birgalikda bosiladi, so‘ngra cmd buyrug‘ini kiritiladi va Enter tugmasi bosiladi. Shundan so‘ng 6.1-rasmdagi oyna ochiladi. Unga quyidagi kodni kiriting: "C:\Windows\System32>netsh advfirewall set allprofiles state off" va Enter tugmasini bosing (6.1-rasm).

6.1-rasm. CLI kodini o‘rnatish
Agar kodning oxiridagi «off» holatini «on» holatiga almashtirilsa, tarmoqlararo ekranni faollashtiriladi (6.2-rasm).
6.2-rasm. Tarmoqlararo ekranni faollashtirish
Tarmoqlararo ekranni ochish juda oddiy. Buning uchun "Пуск" tugmasi bosiladi, qidiruv satriga «firewall» so‘zi kiritiladi hamda tugmacha bosiladi yoki 6.3- va 6.4-rasmda ko‘rsatilgan buyruqlar satri orqali kirish mumkin. Shundan so‘ng, quyidagi oyna ochiladi (6.5-rasm).

6.3-rasm. Buyruqlar satri orqali firewallga kirish

6.4-rasm. Buyruqlar satri orqali firewallga kirish

6.5-rasm. Windows Defender tarmoqlararo ekranning asosiy oynasi
Bu yerda siz asosiy sozlamalarni sozlashingiz mumkin va qo‘shimcha funksiyalarni sozlash uchun «Advanced settings» bo‘limiga o‘tishingiz kerak (6.5-rasm).

6.6-rasm. Firewallni faollashtirish oynasi
Firewallni faollashtirishni yana bir usuli 6.6-rasmda ko‘rsatilgan bo‘lib, bunda firewallni turli holatlar uchun yoqish, o‘chirish mumkin.

6.7-rasm. Tarmoqlararo ekranning asosiy va qo‘shimcha sozlamalari
2. Sozlamalarga muvofiq ruxsat berilgan va ta’qiqlangan harakatlarni bajarish. Tarmoqlararo ekran kiruvchi yoki chiquvchi trafikni filtrlash orqali kompyuter xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi. Buning yordamida internetga kirishni ma'lum dasturlardan tashqari har kimga cheklash yoki u o‘rnatilgan kompyuterga faqat tashqi tarmoqdan yoki faqat ichki tarmoqdan, faqat ma'lum bir portda, aniq ip-manzillardan ulanishingizga ruxsat berishingiz va boshqa harakatlarni amalga oshirishingiz mumkin.
Tarmoqlararo ekran bu qoidalar to‘plamidir. Qoida - bu ulanishga ruxsat berish yoki rad etish tavsifi. Ular kiruvchi va chiquvchi bo‘lishi mumkin, mos ravishda ushbu kompyuterga yoki ushbu kompyuterdan tarmoqqa ulanishni tartibga soladi.
Masalan, saytga tashqi tarmoqdan kirishni xohlasangiz, tarmoqlararo ekran qoidasini sozlashingiz kerak.
Buning uchun Win + R tugmachalarini bosing va buyruq satriga firewall.cpl buyrug‘ini kiriting. Keyin chap ustunda «Advanced settings» ni tanlaymiz (6.8-rasm).

6.8-rasm. Tarmoqlararo ekranning qo‘shimcha parametrlari
.

Dastur uchun cheklash yoki qoida yaratishda siz «Outbound Rules» bo‘limiga o‘tishingiz kerak (6.9-rasm).



6.9-rasm. «Outbound Rules» bo‘limini tanlash
Ushbu bo‘limning «Actions» qatoridan «New rule» ni tanlang. Tizim siz yaratmoqchi bo‘lgan qoida turini tanlashingizni so‘raydi. Siz «Program» bo‘limini tanlashingiz va «Next» tugmachasini bosishingiz kerak (6.10-rasm).

6.10-rasm. Yaratilgan qoidaning turini tanlash


Keyingi oyna ochiladi. Ushbu oyna orqali siz barcha dasturlar yoki bitta dastur uchun qoida yaratishingiz mumkin. Buning uchun «This programm path » ni tanlang va qoida yaratmoqchi bo‘lgan dasturning exe faylining manzilini bering. Buning uchun «browse» tugmasi orqali kerakli dasturni tanlang (6.11-rasm).

6.11-rasm. Kerakli dasturni tanlash


Keyingi oynada siz harakatni tanlashingiz kerak, bizning holatimizda «Block the connection» ni tanlashimiz kerak (6.12-rasm). Keyin yaratilgan qoida bilan bog‘liq profillarni tanlaymiz (6.13-rasm).

6.12-rasm. Harakatni tanlash

6.13-rasm. Profilni tanlash
Yaratilgan qoidani tugatish uchun siz qoidaga nom berishingiz va «Готово» tugmachasini bosishingiz kerak (6.14-rasm).

6.14-rasm. Qoidani nomlash jarayoni
Yaratilgan qoida tarmoqlararo ekran qoidalari ro‘yxatida bo‘ladi. Uni istalgan vaqtda nusxalash, ko‘chirish, o‘chirish yoki tahrirlash mumkin (6.15-rasm).

6.15-rasm. Biz yaratgan qoida bo‘yicha harakatlar
Biz yaratgan qoidaning ishlashiga ishonch hosil qilish uchun Google Chrome ni ochamiz. Yaratilish paytida biz ushbu dasturning ishlashini to‘sib qo‘yganimiz sababli, dastur tarmoqlararo ekran tomonidan bloklanganligi to‘g‘risida ogohlantiruvchi oynaga ega bo‘lamiz (6.16-rasm). Agar siz yaratilgan qoidani qoidalar ro‘yxatidan o‘chirib tashlasangiz, dastur yana ishlaydi va oxirgi so‘ralgan sahifani ochadi (6.17-rasm).

6.16-rasm. Dasturning tarmoqlararo ekran tomonidan bloklanishi

6.17-rasm. Google Chrome dasturi ishlamoqda


Download 11,48 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 11,48 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Razvedka hujumini amalga oshirishni o‘rganish

Download 11,48 Mb.