Karbamid eritmasidan tayyor mahsulot olish




Download 94 Kb.
bet5/5
Sana14.05.2024
Hajmi94 Kb.
#233133
TuriReferat
1   2   3   4   5
Karbamid eritmasidan tayyor mahsulot olish

Karbamid sintezi reaktsiyasida I molь ((NH2)2CO ga 1 molь H2O, ya’ni 1 kg karbamidga 0,3 kg suv to’g’ri keladi. Bu eritmani vakuum ostida bug’latilib, deyarli suvsiz suyuqlanma hosil qilinadi.


Yig’gich 1 dagi (8 — rasm) 74-76% li eritma mexanik qo’shimchalardan tozalash uchun filьtr-press 2 va bak 3 orqali ikki bosqichli bug’latish jikozlaridan o’tadi. Biuret hosil bo’lishini kamaytirish maqsadida bug’latish jarayoni minimal xarorat va minimal vaqtda yupqa qatlamli (oqimli) bug’latish jixozlarida amalga oshiriladi. Suyuqlanma kontsentratsiyasi avval 20-40 KPa bosim va 118-125°S xaroratda 92-95% gacha, so’ngra esa 2,5-6,5 KPa bosimda va 135-140°S xaroratda 99,5-99,8% ga yetkaziladi.
Atmosferaga

8 - rasm. Donadorlangan karbamid olish sxemasi:


1 - karbamid eritmasi uchun idish (yig’gich); 2 - press-filьtr; 3,16 - baklar; 4 - birinchi bosqich bug’latish jixozining isitish kamerasi; 5 - separator; 6 - bug’langan eritma yig’gich; 7 - yuza kondensatori; 8 – tomchi tutgich; 9 - vakuum-nasos; 10 - barometrik bak; 11 - ikkinchi bosqich rotorli bug’latish jixozi; 12 — barometrik kondensator; 13 — bug’ oqimli ejektor; 14 — donadorlash minorasi; 15 — donadorlagich; 17 — ventilyator; 18 — lentali transportyor; 19 — donachalarni qaynovchi qatlamda sovuggich; 20 - elevator; 22 - chang va yirik donachalarni baki; 23 -markazdan qochma nasos.
Birinchi bosqich qizdiruvchi kamera 4 va bug’ separatori 5 dan iborat. Ikkinchi bosqich bug’latish jixozi esa 11 rotor turiga ega. Bunda vertikal bug’latish quvurida (bug’ kuylagi ichida) rotor bo’ladi. U radial joylashgan plastinkalari bo’lgan vsrtikal o’qdan iborat. Uning aylanishi natijasida bug’lanuvchi eritma yuza bo’ylab yupqa qatlam xolida taqsimlanadi.
Karbamid suyuqlanmasi bug’latish jarayonining 2-bosqichidan donadorlash minorasi 14 ustidagi idish 16 ga yuboriladi. U bug’ bilan isitib turiladi. Suyuqlanma idishdan donadorlarich 15 ga tushadi. Sochilayotgan tomchilar qarama-qarshi oqimli xavo ta’sirida donadorlanib quriydi. Donachalar 60-70°S dan 40-50°S xaroratgacha
«qaynovchi qatlam» jixozida sovutiladi. Donachalar o’lchami 1-4 mm bo’lgan mahsulot minora ichidagi yoki yonma-yon joylashgan ikki elakli elagichda ajratiladi va qoplarga joylanib omborga yuboriladi. O’lchami 1 mm dan kichik va 4 mm dan katta bo’lgan donachalar (yoki kukun) bak 22 da yig’iladi. Ularni suvda eritilib tsiklga qaytariladi.
«Stamikarbon» stripping jarayon usuli buyicha 1 t karbamid ishlab chiqarish uchun 0,58 t NH3 (100% li), 0,75 t CO2 (100% li), 4,82 GDj bug’, 65 m3 sovituvchi suv va 480 MDj elektroenergiya sarf bo’ladi.
Tayanch so’zlar va iboralar.
Mochevina (karbamid), ammoniy karbamat, parchalash, sistema, distilyayatsiya, ammoniy karbonat, biuret, to’la-suyuqlik retsikli, qolonna, stripping, donadorlangan karbamid.



Sinov savollari.
  1. Karbamid olishni kim va qachon kashf qilgan?


  2. Karbamid hosil bo’lishi qanday asosiy bosqichlardan iborat?


  3. Karbamid olish qanday sharoitda olib boriladi?


  4. Karbamidni olishni qanday usullari bor?


  5. To’la suyuqlik retsiklida karbamid olish qanday bosqichlardan iborat?


  6. Karbamid ishlab chiqarishda qanday jihozlar ishlatiladi?


  7. Stripping jarayoni nima?


  8. Karbamidni donadorlash sxemasida qanday asosiy jihozlar ishlatiladi?



Adabiyotlar


  1. Технический анализ и контроль производства неорганических веществ. 2издание Под ред. Торочешкникова М. М., Высшая школа 1976 г. с. 241 – 248, 256 – 258.


  2. Горошев А.П. Технический анализ, стр. 362-371, Госхимиздат,1953.


  3. Шрайбан С.С Контроль производства хлора и каустика, стр. 57-66, ОНТИ,1934.


  4. Ismatov A.A. va boshqalar. Noorganik materiallar kimyoviy texnologiyasi,-T:


O‘zbekiston, 2002, 336 б.
http://fayllar.org
Download 94 Kb.
1   2   3   4   5




Download 94 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Karbamid eritmasidan tayyor mahsulot olish

Download 94 Kb.