|
Referat bajardi : Raxmatullayeva Yasmina Tekshirdi : Meyliyeva Nargiza Denov 2024
|
bet | 1/6 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 167,86 Kb. | | #140810 | Turi | Referat |
Bog'liq Iqtisodiy taraqqiyot, iqtisodiy o\'sish va milliy boylik1
Samarqand Davlat universiteti
Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti
Iqtisodiyot tarmoqlar va soxalar yo’nalishi
Dtpi 2-iq S- 2022 – guruh talabasi ning
Iqtisodiyot nazariyasi fanidan
REFERAT
Bajardi : Raxmatullayeva Yasmina
Tekshirdi : Meyliyeva Nargiza
Denov 2024
Iqtisodiy o’sish va milliy boylik
Reja:
Kirish
Iqtisodiy o’sishning mazmuni, turlari va ko’rsatkichlari
Iqtisodiy o’sish modellari va omillari
Milliy boylik va uning tarkibi
Xulosa
Adabiyotlar .
Kirish
Iqtisodchilar iqtisodiy o’sishga quyidacha ta’rif beradi:
• Ma’lum yillar mobaynida real YIMdagi o’sish.
• Ma’lum yillar mobaynida real YIMning aholi jon boshiga o’sishi.
Yuqoridagi ta’rifl arni xohlagan biriga murojaat qiladigan bo’lsak, iqtisodiy o’sishning chorak yoki haryilgi foiz stavkasi sifatida hisoblab chiqiladi.
Ikkinchi ta’rif esa aholi soni hisobga oladi. Aholi jon boshiga real YIM real YIM ni aholi soniga bo’lish orqali aniqlanadi. Keyin esa chiqqan natija avvalgi yildagi natija bilan foizlar hisobida taqqoslanadi.
O’sish iqtisodiy maqsadni belgilab beradi. Umumiy mahsulotni aholiga nisbatan kengayishi ish-haqilarni o’sishiga olib keladi va shuning bilan birgalida aholining turmush darajasini ko’tarilishiga sababchi bo’ladi. Yuqori o’sish bilan rivojlanayotgan iqtisodiyot kishilar ehtiyojlarini yaxshiroq qondirishga va ijtimoiy hamda iqtisodiy muammolarni hal etishga imkoniyat yaratadi. O’z navbatida, ish haqilarni oshishi kishilarga ko’proq dam olish, shaxsiy kompyuterlarni sotib olish va oily ta’limda tahsil olish kabi imkoniyatlarni yaratib beradi. Tobora yuksalib borayotgan iqtisodiyot aholini kam ta’minlangan qatlamini ahvolini yaxshilash, san’atni rivojlantirish va atrof-muhitni himoya qilish kabi muammolarni hal etishda yordam beradi.
|
| |