Referat Davlat Moliyasi Choriyev Shahruz Soliq va byudjet siyosatining kelgusi yildagi asosiy yo‘nalishlari




Download 0.81 Mb.
Sana29.10.2022
Hajmi0.81 Mb.
#28535
TuriReferat
Bog'liq
Davlat Moliyasi Choriyev Shahruz
21 SHAHRUZ, Rekursiv jarayonlarni tashkil etish-fayllar.org, Buxoro xonligida chorvachilik va dehqonchilikning rivojlanishi

O‘zbekiston Respublikasining yaqin va o‘rta istiqboldagi byudjet-soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari mavzusida

Referat


Davlat Moliyasi
Choriyev Shahruz
Soliq va byudjet siyosatining kelgusi yildagi asosiy yo‘nalishlari
Joriy yilning 22 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2021 yilgi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari, shuningdek, soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasining 2021 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari doirasida quyidagilar nazarda tutilmoqda:

  • yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 108,0 foizni, sanoat ishlab chiqarish mahsulotining o‘sishi - 108,3 foizni, qishloq xo‘jaligi mahsuloti - 106,0 foizni, kapital qo‘yilmalar hajmi - 109,6 foizni, xizmatlarning o‘sishi 116,9 foizni tashkil etadi;

  • korxonalar tasarrufida qushimcha mablag‘lar qoldirilishi orqali ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik qayta jihozlash imkonini berish maqsadida xo‘jalik sub'yektlarining foyda solig‘ining bazaviy stavkasini 8 foizdan 7,5 foizga, shuningdek qurilish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasini 6 foizdan 5 foizga kamaytirish;

  • tadbirkorlik faoliyati sohasi xodimlarning ish haqi fondini kengaytirish hamda ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan jismoniy shaxslar daromadlarini legallashtirishga shart-sharoitlar yaratish maqsadida mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklari uchun yagona soliq to‘lovi stavkasini 25 foizdan 15 foizga pasaytirish;

  • kam ta'minlangan aholi qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish maqsadida, jismoniy shaxslar daromad soliq stavkalarining to‘rt pog‘onali shkalasini joriy qilish orqali asosiy guruhlar daromadlari bo‘yicha stavkalarni 1 foizga oshirish hisobiga birinchi guruh daromadlari (eng kam oylik ish haqining bir barobari miqdorigacha) uchun nol stavka belgilanishi.

Shuningdek, kelgusi yilda Davlat byudjetining ijtimoiy xarajatlari YAIMga nisbatan 12,8 foizni, ta'limga ajratilgan xarajatlar 7,3 foizni, sog‘liqni saqlashga ajratilgan xarajatlar 3,1 foizni, kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordam va kompensatsiya to‘lovlari 1,3 foizni tashkil etishi kutilmoqda.
Byudjet siyosati, uning turlari, maqsad va vazifalari.
Byudjet siyosatining taktikasi va strategiyasi

Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasi byudjet siyosatining


rivojlanish bosqichlari O’zbekiston Respublikasining yaqin va o’rta istiqboldagi byudjet-soliq
siyosatining asosiy yo’nalishlari
Tayanch so’z va iboralar: siyosat; byudjet siyosati; byudjet
daromadlari bo’yicha siyosat; byudjet xarajatlari bo’yicha siyosat; davlat
krediti siyosati; byudjet taqchilligini boshqarish siyosati; byudjetlararo
munosabatlarni tashkil etish siyosati; byudjet strategiyasi; byudjet taktikasi.
Byudjet siyosati, uning turlari, maqsad va vazifalari. Byudjet
siyosatining taktikasi va strategiyasi
Siyosat – bu jamiyat ustqurmasiga taalluqli tushuncha bo’lib, davlatning o’z
funksiyalari va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan rivojlanish yo’nalishlari
va chora-tadbirlari yig’indisidir. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan siyosat
o’zaro bog’liq elementlardan iborat bo’ladi:
birinchidan,rivojlanishning u yoki bu bosqichida jamiyat hayotini yaxshilash
va rivojlantirish uchun zarur bo’lgan asosiy vazifalar va maqsadlar aniqlanadi va
belgilab olinadi;
ikkinchidan, istiqboldagina yaqin kelajakdagi vazifalar va maqsadlarga
erishish uchun eng qulay, eng yaxshi natija beradigan zarur chora-tadbirlar ishlab
chiqiladi;
uchinchidan,belgilangan vazifalarni amalga oshiruvchi shaxslar, ijrochi
organlar, alohida vakolatli tashkilotlar aniqlanadi, kadrlar tanlanadi va joy-joyiga
qo’yiladi.
Byudjet siyosati davlat va jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida
turlicha bo’lishi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasiga qarab o’zgarib turishi
mumkin. Byudjet siyosati:
 byudjet daromadlari bo’yicha siyosat;
 byudjet xarajatlari bo’yicha siyosat;
davlat krediti siyosati;
 byudjet taqchilligini boshqarish siyosati;
Byudjet siyosati – byudjet munosabatlarini tashkil etish tamoyillarining bajarilishini
ta‘minlash, davlat va jamiyat oldida turgan maqsad va vazifalarni davlat byudjeti orqali
amalga oshirish usullari, chora-tadbirlari va maqsadli faoliyatlari yig‘indisidir.

 byudjetlararo munosabatlarni tashkil etish siyosati kabilarning uyg’unligi
asosida amalga oshiriladi.
Demak, byudjet siyosati – davlat moliya siyosatining tarkibiy qismi bo‗lib,
umumdavlat moliyaviy resurslarini shakllantirish va jalb etish,
taqsimlash, ulardan maqsadga muvofiq foydalanishga qaratilgan davlatning chora-
tadbirlari va asosiy yo’nalishlari yig’indisidir.
Byudjet siyosatining asosiy vazifalari qatorida quyidagilarni ta‘kidlash
muhim:

 davlat byudjetining barqaror daromad bazalarini mustahkamlash;
 iqtisodiyot ustivor tarmoqlarining rivojlanishini rag’batlantirish;
 fan-texnika taraqqiyotining jadallashuviga ta‘sir ko’rsatish;
 mamlakatda kambag’allik va ijtimoiy tengsizlikka barham berish;
 rivojlanish istiqboli yuqori bo’lmagan hududlarning rivojlanishiga shart-sharoitlar yaratish;
 bu hududlardagi aholining yashash sharoitlarini yaxshilash va shu yo’llar
bilan siyosiy va ijtimoiy beqarorlikning oldini olish;
 davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlarning sifatli va aholi
ijtimoiy muhofazasining manzilli bo’lishini ta‘minlash;
 byudjet siyosatining muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta‘minlovchi
maqbul byudjet mexanizmini ishlab chiqish va uning samarali ishlashini
ta‘minlash va shu kabilar
Byudjet siyosati o’z-o’zidan yaxshi yoki yomon bo’lishi mumkin emas.
Byudjet siyosatining ahamiyatini baholash uchun jamiyatning ehtiyoji qanchalik
qondirilayotganligini, qo’yilgan maqsadlar va vazifalar qanchalik darajada
muvaffaqiyatli amalga oshirilganligini to’g’ri belgilash, holis baholash lozim.
Byudjet siyosatining mazmuni ko’p qirrali bo’lib, qo’yidagilarni amalga
oshirish orqali hayotga tatbiq etiladi:
1. Byudjet munosabatlarini rivojlantirishning ilmiy asoslangan
Kontsepsiyalarini ishlab chiqish.Bu kontsepsiyalar quyidagilarni o’rganish asosida
ishlab chiqiladi:
 iqtisodiy qonunlar talablarini o’rganish;
 milliy xo’jalik holatini har tomonlama tahlil qilish;
 ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarining bundan
keyingi rivojlanish istiqbollarini o’rganish;
 aholining talab va ehtiyojlarini o’rganish.
2. Istiqbolda va joriy davr mobaynida byudjetdan foydalanishning asosiy
Yo’nalishlarini belgilab olish. Bunda iqtisodiy va moliyaviy siyosatda belgilangan
Byudjet siyosatining asosiy maqsadi –
jamiyatda yaratilgan boylik va ne‘matlarning jamiyat a‘zolari o‘rtasida
maksimal darajada adolatli taqsimlanishini ta‘minlashdan iborat.
maqsadlarga erishish yo’llaridan kelib chiqiladi, xalqaro omillar inobatga olinadi

va moliyaviy resurslarni yanada ko’paytirish imkoniyatlari ko’rib chiqiladi.
3. Qo’yilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan amaliy
xatti-harakatlar qilish, chora-tadbirlar belgilash, maqbul byudjet mexanizmining
dastak va vositalarini ishlab chiqish.
Faqat hozirgi kundagi joriy davrga mo’ljallangan, kundalik ehtiyojlarni
qondirishga qaratilgan siyosat samarasizdir shuningdek, uzoq davrni mo’ljallab,
istiqbolni ko’zlab ishlab chiqilgan kontsepsiyalar va yo’nalishlar, ular qanchalik
olijanob, jozibali bo’lmasin, davlatning tegishli amaliy xatti-harakatlari, ta‘sirchan
dastak va vositalari bilan ta‘minlanmasa, inqirozga yuz tutadi, ko’zlangan
maqsadlar amalga oshirilmay qoladi.
Davlat oldida turgan va muayyan davrda hal qilinishi lozim bo’lgan
vazifalarning xarakteriga, murakkabligiga va ko’zlangan davrning uzoqligiga ko’ra
byudjet siyosati:
 byudjet strategiyasi;
 byudjet taktikasidan iborat.
Byudjet strategiyasi uzoq muddatli maqsadlarni tanlash va maqsadli
dasturlarni zarur moliyaviy resurslar bilan ta‘minlash, ularni iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlanishning asosiy yo’nalishlariga safarbar qilishni nazarda tutadi.
Masalan, mustaqillikning dastlabki yillarida byudjet strategiyasining asosiy
vazifalaridan biri – byudjetning barqarorligini ta‘minlash, ortib borayotgan byudjet
defitsitini jilovlash bo’lgan bo’lsa, bu vazifani bajarish uchun: ma‘muriy-
buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tish davri uchun
xos bo’lgan yangi byudjet qonunchiligini ishlab chiqish; mustaqil davlatning yangi
soliq tizimini shakllantirish; byudjetning xarajatlar qismini qayta tuzish; byudjet
daromadlari va xarajatlarini balanslashtirish kabi chora-tadbirlar belgilandi va
ma‘lum muvaffaqiyat bilan amalga oshirildi.
Byudjet siyosatining strategiyasi va taktikasi o’zaro bog’liqdir. Strategik
vazifalarni hal qilish uchun taktika qulay shart-sharoit yaratadi. Taktika iqtisodiy
Byudjet strategiyasi – ijtimoiy va iqtisodiy strategiya belgilab
bergan uzoq istiqbolga mo‘ljallangan va yirik ko‘lamdagi
vazifalarni bajarishga qaratilgan bo‘lib, u rivojlanishning asosiy
konsepsiyalarini ishlab chiqish, byudjet munosabatlarini tashkil
etishning umumiy tamoyillarini ishlab chiqishni, uzoq muddatga
mo‘ljallangan rivojlanish istiqbollarini belgilashni ko‘zda tutadi.
Byudjet taktikasi – strategiya belgilab bergan
vazifalarni jamiyat rivojlanishining aniq bosqichida va
aniq sharoitlarida moliya-byudjet munosababatlarini
tashkil etish usullari orqali amalga oshiriladi.

Download 0.81 Mb.




Download 0.81 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Referat Davlat Moliyasi Choriyev Shahruz Soliq va byudjet siyosatining kelgusi yildagi asosiy yo‘nalishlari

Download 0.81 Mb.