O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta ta’lim Vazirligi
Qo`qon Davlat pedagogika instituti
Matematika va Informatika yo`nalishi
REFERAT
MAVZU :O’quv-metodik ta’minotga oid materiallar bilan tanishish
Bajardi : Isakova Mahliyo Ulug’bekovna
Qabul qildi Madraximov Shuxratjon
REJA
I.Kirish
II.Asosiy qism
1.O’quv-metodik ta’minot
2. Metodik tizim.
3.Elektron o’quv-metodik qo’llanmalar
III.Hulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar
Taʼlim – ta’lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko‘nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta’lim va kasbiy bilim, malaka hamda ko‘nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon, bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Taʼlim jarayonida maʼlumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Taʼlim tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi oʻquv yurtlarida oʻqitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish. va boshqa sohalarda maʼlumot berish jarayonini ham bildiradi. Taʼlimning mazmuni va mohiyati jamiyatning moddiy va madaniy taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy maʼlumotga boʻlgan ehtiyoj, kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, taʼlim haqidagi pedagogik gʻoyalarga qarab kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida Taʼlimning mohiyati, metodi, tashkiliy shakllari oʻzgarib borgan. Taʼlim jamiyat qurilishining muhim muammolarini hal qilish – jamiyatning moddiy-texnika bazasini yaratish, ijtimoiy munosabatlarni tarkib toptirish, yangi kishini tarbiyalashga yordam beradi. Taʼlim mazmuni uning maqsadiga muvofiq, ijtimoiy shartsharoit, fan va texnika, sanʼat holati va shu kabini hisobga olgan holda belgilanadi. Kasb-hunar kollejlari, oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlaridagi Taʼlimning mazmuniga umumiy maʼlumotdan tashqari muayyan kasb va mutaxassislik uchun zarur boʻlgan maxsus bilim, malaka va koʻnikmalar ham kiradi. Taʼlim mazmuni oʻquv reja va dasturlari, darslik va boshqalarda yoritiladi. Taʼlimda qoʻyilgan maqsadga erishish uchun turli metod, vosita, tashkiliy tizim va shakllar (maʼruza, suhbat, tajribalar oʻtkazish, koʻrgazmali qurollarni qoʻllash, kuzatish, mashq va shu kabi)dan foydalaniladi. Oʻquv jarayonida texnik vositalar (kino, televideniye, radio, kompyuter, EHM va boshqalar)ni keng qoʻllash taʼlim metodini ishlab chiqishga katta taʼsir koʻrsatadi. Taʼlimni tashkil etishning umumiy taʼlim, alohida (individual) taʼlim, tashkiliy taʼlim, sinfdars taʼlimi, kurs tizimi taʼlimi va boshqa turlari mavjud. Hozirgi sharoitda ijtimoiy talablar, oʻquvchilarning imkoniyati va ehtiyojlariga muvofiq taʼlim tobora takomillashtirilib, yangi metod va shakllari ishlab chiqilmoqda. Xususan, taʼlimning keng umumiy maʼlumot asosida kasbiy ixtisoslashishning ahamiyati tobora oshmoqda, ommaviy kommunikatsiya vositalari – radio, televideniye, film, kompyuter, vaqtli matbuotdan, shuningdek, oʻz ustida ishlashning turli shakllaridan foydalanilmoqda. O'zbekistonda jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi. Oʻzbekistonda maktabda oʻqish majburiy hisoblanadi. Ta’lim tizimi yagona va uzluksiz bo'lib, ta’lim turlariga ko'ra quyidagilardan iborat:
-maktabgacha ta’lim va tarbiya;
-umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
-professional ta’lim;
-oliy ta’lim;
-oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
-kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
-maktabdan tashqari ta’lim.
Ta’lim berishda o’quv –metodik ta’minotning quyidagicha turlari mavjud
Shuningdek, o’quv-metodik ta’minot tarkibiga davriy nashrlardagi,oliy va o’rta maxsus ta’lim va xalq ta’limi vazirliklari nashrlaridagi uslubiy materiallarni va me’yoriy hujjatlarni kiritish mumkin. Hozirgi davrdagi o’quv-metodik ta’minotning muhim bir bo’lagi bu elektron o’quv-metodik materiallardir.
Elektron o‘quv-metodik materiallarga quyidagilarni misol qilish mumkin:
- elektron ma’lumotnomalar;
- elektron o‘quv qo‘llanmalar;
- elektron darsliklar;
- elektron ensiklopediyalar va boshqalar.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son qaroriga
1-ILOVA
Umumiy o‘rta ta’limning
DAVLAT TA’LIM STANDARTI
1-bob. Asosiy qoidalar
1. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti (keyingi o‘rinlarda davlat ta’lim standarti deb ataladi) davlat ta’lim standartining maqsad va vazifalarini, asosiy prinsiplarini, tarkibiy qismlarini, davlat ta’lim standartlarini joriy etish hamda davlat ta’lim standartlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
2. Davlat ta’lim standartini ishlab chiqish quyidagi hujjatlarga asoslanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va amalda joriy etish to‘g‘risida” 1998-yil 5-yanvardagi 5-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standartini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013-yil 8-maydagi 124-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori;
O‘zDSt 1.0-98. “O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar”;
O‘zDSt 1.1-92. “O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. O‘zbekiston Respublikasi standartlarini ishlab chiqish, muvofiqlashtirish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblari”;
O‘z DSt 1.5-93. “Standartlashtirishga doir normativ hujjatlarni ko‘rib chiqish, tekshirish, o‘zgartirish kiritish va bekor qilish tartibi”;
O‘z DSt 1157:2008. Hujjatlarni unifikatsiyalashtirish tizimi. Tashkiliy-farmoyish hujjatlar tizimi. Hujjatlarni rasmiylashtirishga bo‘lgan talablar.
O‘z DSt 1.8:2009. Asosiy qoidalar. Tavsiyalar.
3. Davlat ta’lim standartini bajarish O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
2-bob. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartining maqsad va vazifalari
4. Davlat ta’lim standartining maqsadi — umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
5. Davlat ta’lim standartining vazifalari quyidagilardan iborat:
umumiy o‘rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
ta’lim va uning pirovard natijalari, o‘quvchilarning malaka talablarini egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek ta’lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;
davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash.
3-bob. Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartining asosiy prinsiplari
6. Davlat ta’lim standarti quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:
o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi;
umumiy o‘rta ta’lim mazmunining insonparvarligi;
davlat ta’lim standartining ta’lim sohasidagi davlat va jamiyat talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi;
umumiy o‘rta ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi;
umumiy o‘rta ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitligi;
umumiy o‘rta ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya texnologiyalariga asoslanilganligi;
o‘quvchilarda fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun tayanch va fanlarga oid umumiy kompetensiyalarni rivojlantirishning ta’minlanganligi;
rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida me’yorlarni belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish.
4-bob. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartining tarkibiy qismlari
7. Davlat ta’lim standarti quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi;
umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi;
umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari;
baholash tizimi.
8. Umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi (keyingi o‘rinlarda — tayanch o‘quv reja deb ataladi) umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan o‘quv fanlari nomi, o‘quv yuklamasining minimal hajmi hamda ularning sinflar bo‘yicha taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi.
9. Tayanch o‘quv reja umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining dars jadvalini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
10. Tayanch o‘quv reja umumta’lim fanlari bo‘yicha belgilangan ta’lim mazmunini o‘quvchiga yetkazish uchun ajratilgan o‘quv soatlari (davlat ixtiyoridagi va maktab ixtiyoridagi soatlar)ning minimal hajmini belgilaydi.
11. Pedagog kadrlar salohiyati hamda moddiy-texnika bazasi yetarli bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarining ruxsati bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik kengashlariga dars jadvalini tuzishda tayanch o‘quv rejadagi umumiy soatlar hajmidan oshmagan holda, ma’lum bir fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish maqsadida 15%gacha o‘zgartirish kiritish huquqi beriladi.
12. Umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi (keyingi o‘rinlarda — o‘quv dasturi deb ataladi) tayanch o‘quv rejaga muvofiq o‘quv fanlarining sinflar va mavzular bo‘yicha hajmi, mazmuni, o‘rganish ketma-ketligi va shakllantiriladigan kompetensiyalari belgilangan hujjat hisoblanadi.
O‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Qonunchilikda belgilangan holatlarda, o‘quv rejalari va dasturlari xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilishi mumkin.
13. Umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim mazmunining majburiy minimumi va yakuniy maqsadlariga, o‘quv yuklamalari hajmiga hamda ta’lim sifatiga qo‘yiladigan talablardan iborat bo‘lib, u quyidagilardan tashkil topadi:
bilim — o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish;
ko‘malaka — o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish;
kompetensiya — mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati.
14. Baholash tizimi — davlat ta’lim standarti bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning malaka talablarini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi darajasini hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasasining faoliyati samaradorligini aniqlaydigan mezonlar majmuidan iborat.
5-bob. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartini joriy etish tartibi
15. O‘zbekiston Respublikasida davlat ta’lim standartini joriy etish, muvofiqlashtirish, unga metodik rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun o‘rnatiladigan davlat ta’lim standartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
16. Davlat ta’lim standartini joriy etish, shu jumladan umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan minimal talablarni, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablarini tasdiqlash pedagogik tajriba-sinov ishlari muvaffaqiyatli yakunlanib, ularga ekspert baho berilgach amalga oshiriladi.
17. Davlat ta’lim standartiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
6-bob. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti talablariga rioya etilishini nazorat qilish
18. Davlat ta’lim standarti talablariga rioya qilish ustidan nazoratni amalga oshirishning maqsadi — davlat ta’lim standarti talablarini bajarish darajasini aniqlash, zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida ta’lim sifatini ta’minlashdan iborat.
19. Davlat ta’lim standarti talablariga rioya qilish ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan quyidagi ko‘rinishlarda amalga oshiriladi:
davlat ta’lim standarti talablari asosida barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan malaka talablariga baho berish;
tayanch o‘quv reja va o‘quv dasturlarining bajarilishini tahlil qilish;
umumiy o‘rta ta’lim muassasasida davlat ta’lim standartlari talablari bajarilishi va ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillarni, foydalanilgan pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining natijaviyligini tahlil qilish.
20. Umumiy o‘rta ta’lim sifatini nazorat qilishning turlari quyidagilardan iborat:
ichki nazorat — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasasining monitoring guruhi tomonidan amalga oshiriladi;
tashqi nazorat — ta’lim sohasidagi vakolatli davlat organlari, hududiy xalq ta’limi boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi;
davlat-jamoatchilik nazorati — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hududiy xalq ta’limi boshqaruvi organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi;
milliy va xalqaro darajada baholash — Hukumatning tegishli qarori hamda xalqaro shartnomalar asosida xalq ta’limi boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va xalqaro tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi.
21. Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi o‘quvchilarining bilimi sifatini nazorat qilishning reyting tizimi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
22. Davlat ta’lim standarti talablarining bajarilmaganligi uchun javobgarlik qonun hujjatlariga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim muassasasi rahbariyatiga yuklanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son qaroriga
2-ILOVA
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining
DAVLAT TA’LIM STANDARTI
1-bob. Asosiy qoidalar
1. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standarti (keyingi o‘rinlarda davlat ta’lim standarti deb ataladi) davlat ta’lim standartining maqsad va vazifalarini, asosiy prinsiplarini, tarkibiy qismlarini, davlat ta’lim standartlarini joriy etish hamda davlat ta’lim standartlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
2. Davlat ta’lim standartini ishlab chiqish quyidagi hujjatlarga asoslanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va amalda joriy etish to‘g‘risida” 1998-yil 5-yanvardagi 5-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 6-iyuldagi 200-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standartini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013-yil 8-maydagi 124-son qarori;
O‘zDSt 1.0-98. “O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar”;
O‘zDSt 1.1-92. “O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. O‘zbekiston Respublikasi standartlarini ishlab chiqish, muvofiqlashtirish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblari”;
O‘z DSt 1.5-93. “Standartlashtirishga doir normativ hujjatlarni ko‘rib chiqish, tekshirish, o‘zgartirish kiritish va bekor qilish tartibi”;
O‘z DSt 1.8:2009. Asosiy qoidalar. Tavsiyalar;
O‘z DSt 6.01.1:2007. O‘zbekiston Respublikasining texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborotlarini kodlashtirish va tasniflashning yagona tizimi. Asosiy qoidalar;
O‘z DSt 6.01.2:2007. O‘zbekiston Respublikasining texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborotlarini kodlashtirish va tasniflashning yagona tizimi. Tasniflagichni ishlab chiqish va joriy etish tartibi;
“Ta’limning xalqaro standart klassifikatsiyasi” YUNESKO, 1997.
3. Davlat ta’lim standartini bajarish O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun majburiydir.
2-bob. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartining maqsad va vazifalari
4. Davlat ta’lim standartining maqsadi — o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, belgilangan talablarga javob beruvchi, ma’naviy barkamol, kasb mahoratiga ega bo‘lgan, mehnat va ta’lim xizmatlari bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdan iborat.
5. Davlat ta’lim standartining vazifalari quyidagilardan iborat:
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga hamda ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari turlariga nisbatan qo‘yiladigan maqbul talablarni belgilash;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga va uning pirovard natijalariga, o‘quvchilarning bilimi va kasbiy malaka darajasini baholash tartibiga, shuningdek, ta’lim faoliyati sifati ustidan nazorat qilishga nisbatan qo‘yiladigan talablarning huquqiy asoslarini takomillashtirish;
davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash.
3-bob. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartining asosiy prinsiplari
6. Davlat ta’lim standarti quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:
o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlarining ustuvorligi;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi;
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, fan, texnika va texnologiyalarning istiqbolli rivojlanishi hamda jamiyat talablarining zamonaviy holati hisobga olinganligi;
ta’lim, fan va ishlab chiqarishning integratsiyasi mujassamligi;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining xalqaro ta’lim standartlariga hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslanganligi;
o‘quvchilarda fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun tayanch va fanlarga oid umumiy kompetensiyalarni rivojlantirishning ta’minlanganligi.
4-bob. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartining tarkibiy qismlari
7. Davlat ta’lim standarti quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining tayanch o‘quv rejasi;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan umumiy talablar;
akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablari tuzilmasi;
kasb-hunar kollejlarining tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablari tuzilmasi;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklarning umumdavlat tasniflagichini ishlab chiqishga qo‘yiladigan talablar.
1-§. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining tayanch o‘quv rejasi
8. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limning tayanch o‘quv rejasi (keyingi o‘rinlarda — tayanch o‘quv reja deb ataladi) fanlar bo‘limlari nomi, o‘quv yuklamasining minimal hajmi hamda ularning kurslar bo‘yicha taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi.
9. Tayanch o‘quv reja ta’lim mazmunidan kelib chiqib, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari yo‘nalishlari bo‘yicha alohida tuziladi hamda ularning o‘quv rejalarini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
10. Tayanch o‘quv rejasining birinchi va ikkinchi bosqichida har bir o‘quv yili 40 haftadan iborat bo‘lib, bir semestr 20 haftani o‘z ichiga oladi. Uchinchi bosqich o‘quv yili 38 haftani tashkil etib, birinchi semestri 20 haftani, ikkinchi semestri 18 haftani o‘z ichiga oladi.
11. Tayanch o‘quv rejalarida umumiy 4470 soatdan 100 soati ta’lim muassasasi pedagogik kengashi qaroriga asosan o‘quv fanlarini o‘qitishga ajratiladi.
12. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarining umumiy haftalik yuklamalari 54 soatni, shundan 37-38 soati auditoriya yuklamasi va 17-16 soat mustaqil ishni tashkil etadi.
Barcha o‘quv mashg‘ulotlari uchun ikki akademik o‘quv soati davomiyligi 80 daqiqa etib belgilanadi.
13. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining pedagogik kengashlariga ishchi o‘quv rejalarini tuzishda namunaviy o‘quv rejalari asosida umumiy soatlar hajmi doirasida ayrim bo‘limlar uchun ajratilgan soatlar miqdoriga o‘zgartirish kiritish huquqi beriladi.
14. O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida guruhlarda o‘quvchilar soni 26 nafar va undan ortiq bo‘lganda ikkita kichik guruhga bo‘lgan holda quyidagi tartibda o‘qitishga ruxsat etiladi:
o‘zbek tili (ta’lim o‘zbek tilida olib borilmaydigan guruhlar uchun);
rus tili (ta’lim rus tilida olib borilmaydigan guruhlar uchun);
chet tili;
informatika va axborot texnologiyalari fanining amaliy mashg‘ulotlari;
chuqurlashtirilib o‘rganiladigan fanlar (ta’lim yo‘nalishlari) bo‘yicha akademik litseylarda amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlari;
jismoniy tarbiya (har bir guruhda kamida 15 nafar yigit yoki qiz bo‘lganda) mashg‘ulotlari;
40. Nazorat qilishning bosh vazifasi davlat ta’lim standartining buzilishini aniqlash, oldini olish va bartaraf qilishdir.
41. Davlat ta’lim standarti talablarining buzilganligi uchun javobgarlik qonun hujjatlariga muvofiq ta’lim muassasasi rahbariyatiga yuklanadi.
42. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sifatini nazorat qilishning turlari quyidagilardan iborat:
ichki nazorat — o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi tomonidan amalga oshiriladi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan reyting nazorat tizimi haqidagi nizom asosida o‘tkaziladi;
tashqi nazorat — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida amalga oshiriladi;
davlat-jamoat nazorati — ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi va u bilan kelishilgan holda nodavlat notijorat tashkilotlari va kadrlarga talabgorlar tomonidan amalga oshiriladi;
yakuniy davlat attestatsiyasi — O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Informatika o‘qitish metodikasi kursini o’rganish natijasida bo‘lajak fan o‘qituvchisi quyidagi bilimlar va ko‘nikmalar ega bo’ladi: Darslik — muayyan o‘quv fanining mavzulari tizimli, chuqur va to‘liq yoritilgan, tegishli fan mazmunini belgilangan hajmda mukammal o‘zlashtirishga qaratilgan, mazmunan va shaklan ta’lim turlariga (o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim (bakalavriat, magistratura)) moslashtirilgan, o‘quvchi va talabalarda fanga taalluqli bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanishiga, ijodiy qobiliyatlar rivojlanishiga xizmat qiladigan, rasmiy tasdiqlanadigan asosiy o‘quv nashridir.
O‘quv qo‘llanma — darslikni qisman to‘ldiruvchi, muayyan fan dasturi bo‘yicha tuzilgan va mavzularni zaruriy hajmda tizimli yoritib beradigan, fan asoslarining mukammal o‘zlashtirilishini ta’minlovchi, mazmunan va shaklan ta’lim turlariga (o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim (bakalavriat, magistratura)) moslashtirilgan, nazariy yoki amaliy mashq va mashg‘ulotlarga mo‘ljallangan, o‘quvchi va talabalarda fanga taalluqli bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanishiga xizmat qiladigan, rasmiy tasdiqlanadigan o‘quv nashridir.
Uslubiy qo‘llanma — professor-o‘qituvchilar va bilim oluvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda bir darsning maqsadi, dars o‘tish vositalari va ulardan foydalanish usullari, darsning mazmuni, amaliy mashg‘ulotlar, qo‘shimcha topshiriqlar va boshqalar haqida tavsiyalar bayon qilinadigan, ta’lim muassasalarining kengashi (pedagogika kengashi) tavsiyasi asosida chop etiladigan nashr;
Darslik — muayyan fanga doir bilim asoslarini maʼlum tartibda bayon etadigan va yuqori maʼnaviy-gʻoyaviy, ilmiy uslubiy saviyada yozilgan kitob; oʻquv adabiyotining asosiy va yetakchi turi. Darsliklar 2 asosiy guruhga boʻlinadi: oʻquvchilar uchun darsliklar va talabalar uchun darsliklar. Oʻzbekistonda oʻquvchilar uchun moʻljallangan darsliklardan umumiy oʻrta taʼlim maktabi, ixtisoslashtirilgan maktab, akademik litsey, kasb-hunar kolleji, maxsus taʼlim maktablari va maxsus internat maktablarning oʻquvchilari; talabalar uchun nashr etilgan darsliklardan oliy oʻquv yurtlari talabalari mustaqil hamda oʻqituvchilar rahbarligida foydalanadilar.
Darsliklar muayyan fanga oid asosiy fakt, ilmiy tushuncha, qonun va nazariyalar mazmunini tegishli oʻquv yurtining dasturi hajmida taʼlim vazifalari hamda oʻquvchi (talaba)larga mos tarzda ochib beradi. Darsliklar taʼlimtarbiya vazifalarining imkoni bor darajada hal etilishiga, yaʼni bilimning muntazam, mustahkam va ongli oʻzlashtirilishiga, oʻquvchi (talaba)larda fanning muayyan sohasiga qiziqish uygʻotishga, ularda ilmiy tafakkurning tarkib to-pishiga yordam beradi. Darslikning tili ra-von va tushunarli boʻlishi, oʻquvchilar nutqining oʻsishiga yordam berishi lozim.
Download 40 Kb.
- informatika va axborot texnologiyalari fan va o‘quv predmeti sifatida, informatika va axborot texnologiyalarini ta’lim tizimida o‘qitishning metodik tizimi, uning asosiy komponentalarining xarakteristikalari; o‘qitishning maqsadi va vazifalari; pedagogik funksiyalari; o‘qitishning tuzilmasi va mazmuni;
- davlat ta’lim standartlari; o‘qitishda uzviylik va uzluksizlik; o‘quv va metodik adabiyotlar tahlili; dasturiy ta’minot; o‘quv jarayonini rejalashtirish; o‘qitishda asosiy didaktik prinsiplar; o‘qitishning tashkiliy shakllari; o‘qitishni nazorat qilish va natijalarini baholash usullari; reyting tizimi, testlash; o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovasion metodikalar va interfaol usullar; informatika va axborot texnologiyalari xonasi va unda mashg‘ulotlar o‘tkazish metodikasi; informatika va axborot texnologiyalari kursining asosiy bo‘limlarini o‘qitish metodikasi.
Informatika o‘qitish metodikasi kursini bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat:
informatika va axborot texnologiyalarining ta’lim tizimida tutgan o‘rni va roli, informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasining pedagogika, psixologiya fanlari bilan bog‘liqligi, informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodlari va texnologiyalari tarixi, informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha yaratilgan darsliklar, qo‘llanmalarning xususiyatlariga doir bilimga;
informatika o‘qitish metodikasining matematika va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi, informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodlari, texnologiyalari, ularning nazariy asoslari, umumiy o‘rta ta’limda informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishning maqsadi, mazmuni va vazifalari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishning maqsadi, mazmuni va vazifalari, informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishda didaktik tamoyillar, informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishda uning qismlari va boblariga xos xususiyatlari, informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha darsdan tashqari ishlarni ko‘nikma, informatika va axborot texnologiyalariga o‘quvchilarda mehr uyg‘ota olish ko‘nikmasiga
informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishning zamonaviy metod va texnologiyalarini qo‘llay olish, informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishda ilg‘or metodik tajribalarni umumlashtira olish, informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha mustaqil tahsil olishga o‘quvchilarni yo‘llash, informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishda o‘quvchilarda axborot madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish, informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘quvchilar bilimini baholay olish, informatika va axborot texnologiyalari darslari, tarbiyaviy ishlar bo‘yicha talab qilingan barcha hujjatlarni yuritish, informatika va axborot texnologiyalari darslarini rejalashtirish malakasiga ega bo‘lishi lozim. Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi fanida quyidagi asosiy masalalar ko’rib chiqiladi: informatikani o’qitishning maqsadi va vazifalari; o’quv predmeti sifatida informatikaning mazmunini aniqlashtirish; informatikaning o’quv materiallarini qanday ketma-ketlikda joylashish va o’quvchilarga etkazish yo’llari; informatikadan o’quv materialini to’liq va chuqur o’rganish uchun qanday usul, shakl va vositalardan foydalanish kerak va hokazo.
Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi oldiga an’anaviy savollar uchligi qo’yiladi: 1) informatikani nima uchun o’rganish kerak (ya’ni, maqsad va vazifalarni aniqlash)? 2) nimani o’rganish kerak (ya’ni, mazmunni aniqlash)? 3) informatikani qanday o’rgatish kerak (ya’ni, tanlab olingan o’qitish shakli doirasida ta’limning samarali usul va vositalarini aniqlash)?
Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasini o’rganishning maqsadi o’qituvchilarda shaxsiy metodik tizimini ishlab chiqish va shakllantirishdan iborat.
Informatikada nimani va qanday o’qitish kerak degan savolga javob olish uchun, avvalo ushbu fan rivojining hozirgi bosqichda informatikani o’qitish vazifalarini aniq belgilab olish lozim. Ushbu vazifalar barcha umumilmiy fanlar uchun umumiydir. Shuning bilan birga uzluksiz ta’lim tizimida informatikani o’qitish kontseptsiyasi va davlat ta’lim standartlariga asosan bu vazifalarni informatikani o’qitishdagi o’ziga xos tomonlarini tahlil etish lozim.
Informatika o’qitish mazmunini aniqlashda informatikaning fan va ikkinchi tomondan o’quv predmeti ekanligi haqidagi tasavvurlardan kelib chiqish kerak. Informatika fani va o’quv predmeti bir-biridan avvalam bor mazmunining hajmi va chuqurligi bilan farq qiladi. Informatika o’quv predmeti informatika fanidan o’quvchilarda informatika haqida bir butun, yaxlit bilimlar tizimini hosil qiladigan va kelajak amaliy faoliyatlarida zarur bo’ladigan ma’lumotlarnigina oladi.
Informatika o’quv predmeti sifatida o’quv dasturlari va darsliklarda o’z aksini topadi. Informatika o’quv predmeti tarkibiga kiritilgan o’quv materialining hajmi to’g’risidagi masala hal etilgandan so’ng, ushbu o’quv materiali o’quvchilarga qanday ketma-ketlikda yetkazib berish maqsadga muvofiq ekanligini aniqlash lozim. Informatika o’qitish uslubiyotining hususiyatlaridan biri o’quvchilarni informatikaning mazmunini va unga xos ilmiy izlanish usullarini egallash, amaliy bilimlar va ish ko’nikmalarini olishning usul va yo’llarini belgilash lozim. Bularga o’quv materialini o’rganish usullari va zamonaviy pedagogik va psixologik tadqiqotlar asosida o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish shakllari kiradi.
Informatikadan mashg’ulotlarni samarali o’tkazish uchun tegishli material baza, ya’ni maxsus jihozlangan informatika xonasi bo’lishi lozim. Havfsizlik texnologiyalar konfiguratsiyasining samaradorligi zamonaviy talablarni hisobga olgan holda ushbu masalalarni birlashtirish informatika o’qitish uslubiyotining yana bir masalasini tashkil etadi.
Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasining asosiy masalalari qatoriga informatika kursining barcha bo’limlarini bayon qilish mahoratini nuqtai nazaridan qarab chiqish kiradi. Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi Informatika o’quv predmetini o’qitish uchun o’quv-metodik, dasturiy, tashkiliy va texnik ta’minotni tadqiq etish va ishlab chiqish bilan shug’ullanadigan, pedagogika va informatika fanining bir shaxobchasi sifatida qarash mumkin.
«Informatika» kursining o‘quv-metodik ta’minoti
O‘quv-metodik ta’minot sohasida informatika o‘qitish metodikasi o‘z oldiga o‘quvchilar uchun qiziqarli darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini, o‘qituvchilar uchun esa uslubiy ishlanmalarni yaratishni maqsad qilib qo‘yadi.
O‘quv-metodik ta’minot o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalarni o‘z ichiga oladi. Bunda asosiy o‘rin darslik va o‘quv qo‘llanmalariga ajratilgan. Qolgan o‘quv-metodik ta’minot asosiy darslik bilan yaqindan bog‘langan bo‘lib, darslikdagi g‘oyalarni tushuntirish va rivojlantirishga xizmat qilishi lozim. Oʻquv dasturi — taʼlim tizimidagi har bir oʻquv fanining mazmuni va oʻtilish tartibini, oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan bilim hamda koʻnikmalar hajmini belgilab beradigan rasmiy pedagogik hujjat. Oʻzbekistonda Oʻquv dasturi tegishli vazirliklar qoshidagi ilmiy metodik kengashlar tomonidan tasdiqlanadi. Har bir Oʻquv dasturi uqtirish xati, oʻquv fani mazmunining qisqa bayoni, oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalariga qoʻyiladigan talablar singari 3 qismdan iborat. Oʻquv fanining maqsad va vazifalarini belgilab berish Oʻquv dasturining muhim belgisidir. Chunki ayni shu narsa yaratiladigan oʻquv darsligi muallifiga muayyan nuqtai nazarni tanlash, oʻqituvchiga esa pedagogik moʻljalni toʻgʻri belgilash imkonini beradi. Taʼlim amaliyotida Oʻquv dasturi yaratishning konsentrik (markazlashgan) hamda tizimli usullari bor. Konsentrik yoʻl bilan tuzilgan Oʻquv dasturida taʼlimning mazmuni yoki oʻquv materiallari oʻqitishning keyingi bosqichida yuksakroq darajada takrorlanishi koʻzda tutiladi. Boshlangʻich sinflarda oʻtiladigan oʻquv fanlari boʻyicha Oʻquv dasturilari shu usudda tuziladi. Tizimli usuddagi Oʻquv dasturilarida oʻquv materiallari fan mantigʻiga muvofiq soddadan murakkabga qarab ketmaket joylashtiriladi. Maktabning boshlangʻich sinfdan keyingi bosqichlarida qoʻllaniladigan bu usudda ortiqcha takrorlarga yoʻl qoʻyilmaydi, har bir mavzuning oʻz oʻrnida oʻtilishi koʻzda tutiladi. Taʼlimning Oʻquv dasturi tomonidan belgilangan mazmuni darslik, oʻquv qoʻllanmalari, koʻrgazmali qurol va metodik tavsiyalarda toʻla namoyon boʻlad
O‘quv-metodik ta’minot tarkibiga davriy nashrlardagi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim va xalq ta’limi vazirliklari nashrlaridagi uslubiy materiallarni va me’yoriy hujjatlarni kiritish mumkin.
O‘quv-metodik ta’minotning hozirgi davrdagi muhim bir bo‘lagi bu, elektron o‘quv- metodik materiallardir.
O‘quv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodlari.
O‘zbekiston Respublikasi o‘quv jarayonida elektron darsliklar keng qo‘llanilmoqda. O‘quv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratish kontseptsiyasi, an’anaviy materiallardan foydalanishdan tashqari, quyidagi elektron o‘quv-metodik materiallarni ishlab chiqishni nazarda tutadi:
elektron ma’lumotnomalar;
elektron o‘quv qo‘llanmalar;
elektron darsliklar;
elektron entsiklopediyalar;
elektron plakatlar
elektron laboratoriya ishlari
• elektron xrestomatiya va hokazo.
Elektron ma’lumotnoma foydalanuvchiga zarur vaqtda kerakli axborotni kompakt shaklda tezkor olish imkoniyatini beradi. Odatda elektron ma’lumotnoma terminlarning ro’yxatidan iborat bo’lib, ro’yxatning har bir elementi giperaktiv hisoblanadi, ya’ni uni faollashtirish natijasida termin mazmuni, tarjimasi yoki izoxi keltirilgan giperssilkaga murojaat etiladi. Elektron ma’lumotnomaning mavjudligi ixtiyoriy O‘quv-uslubiy adabiyotlar uchun zaruriy shart hisoblanadi.
Elektron dasturning maqsadi - o’quv materialini hamma yutuqlarini saqlab qolish emas, balki kompyuter orqkali tasvir uchun ko’rgazmalarni tanlash. Tasviriy material turi va soni qaysi tartibda tanlanadi. Bizningcha, o’quv matni tushunilishi qiyin joyida tasvir kiritiladi, qo’shimcha ko’rgazmali tasvir orqali mavzuviy-mazmuniy bloklarining uyg’unlashishi va tartiblashishi uchun. Kompyuter texnologiya elektron dasturga hamma axborotni sig’dirish maqsadi qo’yilmaydi. Bu o’quvchini matn parchasini o’rganishdan chalg’itadi. Talabaga beqiyos ozodlik berish havfli. Rasmdan lug’atga, boshqa gipermatnga ko’chish maqsadga muvofiq emas. Lekin, uni ozodlikdan mahrum etish ham kerak emas. Ongli kelishuv zarur o’qitish usulidagi bir chiziqlik yoki modullik yaratilishi kerak. Gipermatnda harakatli rasmlar ko’pligi, dinamikasi bir chiziqlik bilim olishni susaytiradi, bu animatsiya to’liq bilim olishga halaqit beradi. Bir mavzuda nechta tasvir bo’lishi kerakq Bu nazariy o’quv dasturining mazmuni va xarakteriga bog’lik. Ko’rgazmalarga boy betlar yoki elektron matnlar keraklimiq Bir marta tasvir qo’rib, ko’p marta elektron matnni o’qigandan yaxshiroq.Misol uchun siz yumuq ko’z bilan notanish xonaga kirib, yoningizdagidan xonani tasvirlashni so’raysiz, unga 3-5 sekund ichida ko’rgani ma'qul. Xonani tasvir vositasi orqali qanday tasavvur etsa bo’ladiq Tasvir soni va beti aniq belgilanmaydi, quyidagi faktorlari asoslanadi:
O’quv matnini mazmuni va xarakteriga ko’ra;
O’quv uslubiga ko’ra;
O’quv muassasasiga ko’ra.
|