Elektr zanjirlarining ish rejimlari




Download 0,84 Mb.
bet2/10
Sana10.01.2024
Hajmi0,84 Mb.
#133787
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Referat mavzu Elektr zanjirning kompleks uzatish funksiyasini h

Elektr zanjirlarining ish rejimlari
4.1-rasmda o‘zgarmas tok zanjirining oddiy sxemasi keltirilgan. Elektr zanjirlarining ish rejimlari, ya’ni ularning elektr holatlari mazkur zanjir ayrim elementlarining toki, kuchlanishi, quvvatlarining qiymatlari bilan aniqlanadi.

4.1 – rasm 4.2 – rasm
Nominal (normal) rejim degani elektr mashinalarining, apparatlarning, asboblar-ning, simlarning ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan ko‘rsatilgan nominal quvvat bilan ishlashidir.
Salt ishlash rejimi deganda tashqi zanjir manbadan ajratilgan va uning qarshiligi (iste’molchi qarshiligi) amalda cheksizga teng bo‘lib (RI = ) zanjirdan tok o‘tmaganligi (I=0) dagi holat tushuniladi. Bu holatda manba ichidagi kuchlanishning pasayishi nolga teng bo‘lib, uning qismalaridagi kuchlanish manbaning EYUK siga teng bo‘ladi, Uc=E (4.2-rasm, a).
Qisqa tutashuv rejimi deb manbaning tashqi qismalarida kuchlanish nolga teng bo‘lgan zanjir yoki zanjir elementlarining qarshiliksiz o‘zaro ulanib qolishiga aytiladi. (4.2-rasm, b). Bunda Uq=0, Iq>>In, bunda Uq, Iq, In – lar mos ravishda qisqa tutashuv kuchlanishi, toki va nominal tok.
Kelishilgan rejim - bu rejimda manba tashqi zanjirga eng katta quvvat berib ishlaydi.
Elektr zanjirlarining real elementlari hisoblash va analiz qilishda almashlash sxemalari bilan ifodalanadi. Manbani almashlash sxemasi ikki xil bo‘lishi mumkin.
1. EYUK manbasi.
2. Tok manbasi.
Ideal EYUK manbasida EYUK ning qiymati iste’molchining tokiga bog‘lik bo‘lmaydi: E=sonst, R=0 tashqi qismalaridagi kuchlanish U tokka bog‘lik bo‘lmaydi va qiymat jihatdan EYUK ga teng bo‘ladi U=E (4.3-rasm, a). 4.3 – rasm, b dagi U(I) bog‘lanish grafigi tashqi VAX deyiladi.

4.3 – rasm


Ideal tok manbasida tokning qiymati kuchlanishga bog‘liq bo‘lmaydi va qiymati bo‘yicha manbaning qisqa tutashuv toki Iq ga teng bo‘ladi. (4.3-rasm, v). Ideal manbaning AVX si (4.3-rasm, g) da ko‘rsatilgan. 4.4-rasm, a,b da EYUK va tok manbalarining almashlash sxemalari keltirilgan. Ko‘rsatilgan sxemalar uchun 4.4-rasm, b dan a sxemasiga o‘tish va qayta 4.4-rasm, a dan b ga o‘tish formulalari quyidagicha ifodalanadi:

Download 0,84 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0,84 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr zanjirlarining ish rejimlari

Download 0,84 Mb.