|
Referat mavzu: Elektr zanjirning kompleks uzatish funksiyasini hisoblash. Reja: Elektr toki Qarshilik
|
bet | 1/10 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 0,84 Mb. | | #133787 | Turi | Referat |
Bog'liq Referat mavzu Elektr zanjirning kompleks uzatish funksiyasini h
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL – XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI
“Kompyuter Injiniringi” fakulteti
“ Kompyuter injiniringi”
Fan: Elektronika va sxemalar
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Elektr zanjirning kompleks uzatish funksiyasini hisoblash.
Bajardi: 710-22 guruh talabasi Valiyev Oyatillo Ikromjon oʻgʻli
Qabul qildi: Ergashev.Sh
Fergana 2023/2024
REFERAT
Mavzu: Elektr zanjirning kompleks uzatish funksiyasini hisoblash.
Reja:
Elektr toki Qarshilik.
Elektr tokining energiyasi va quvvati
Elektr zanjirining ish rejimlari
Manbani tashqi konturga maksimal quvvat berish shartlari
Xulosa va foydalanilgan adabiyotlar
Om qonuni. Qarshilik. Elektr toki - bu zaryad tashuvchi zarrachalarning yo‘naltirilgan tartibli harakatidir. Tok kuchi vaqt birligida o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi orqali o‘tuvchi elektr (zaryad) miqdori bilan aniqlanadi :
I = Q / t Tok kuchining birligi amper ( A) : 1A =1Kl /1s Tok zichligi ( A / mm2 ) J=I/S bu yerda I - o‘tkazgichdagi tok kuchi; ( A) ; S o’tkazgichning ko‘ndalang kesim yuzasi, ( mm2 ) . Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni: Zanjirning bir qismidan o‘tuvchi tok kuchi shu qismdagi U kuchlanishga to‘g‘ri proporsional va uning R qarshiligiga teskari proporsional, ya’ni: I=U/R bu yerda U voltda (V ) ; R - Om birlikda o’lchanadi. Butun zanjir uchun Om qonuni: I = E / ( R + r) tenglama bilan ifodalanadi va bu yerda E - elektr energiya manbasining elektr yurituvchi kuchi, (V ) ; R - tashqi zanjir qarshiligi, ; r – manbaning ichki qarshiligi,
O‘tkazgichning elektr qarshiligi: R=U/I tenglama bilan ifodalanadi. Qarshilikka teskari kattalik o‘tkazuvchanlik G deb ataladi va simens birlikda (Cm) o’lchanadi. 1Cm 1/ ; G=1/R O’tkazgichning elektr qarshiligi: tenglama bilan ifodalanadi, bu yerda: solishtirma qarshilik,( mm 2 / m) ; l o‘tkazgich uzunligi, o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi yuzasi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: Rezistorlarni ketma-ket, parallel va aralash ulash usullari. Ketma-ket ulangan rezistorlar qatorining ekvivalent qarshiligi har bir rezistor qarshiliklarning algebraik yig‘indisiga teng: Rezistorlarni ketma-ket, parallel va aralash ulash usullari. Ketma-ket ulangan rezistorlar qatorining ekvivalent qarshiligi har bir rezistor qarshiliklarning algebraik yig‘indisiga teng: R =R1+ R2+ ...+ Rng Parallel ulash deb rezistorlarning shunday ulanishiga aytiladiki, bunda elektr zanjirining ikki tuguni orasida bir nechta rezistorlar ulangan bo‘ladi.
Bu zanjir teng qismining ekvivalent o‘tkazuvchanligi barcha parallel shoxobchalar o‘tkazuvchanliklari yig‘indisiga teng bo’lib, quyidagicha ifodalanadi: Har bir shoxobchadagi qarshiliklar o‘zaro teng bo‘lsa, ya’ni bo’lib, n ta shoxobcha parallel ulaganda umumiy qarshilik: Ikkita rezistorlar parallel ulanganda ularning ekvivalent qarshiligi: Rezistorlarni aralash ulash deganda rezistorlar yoki zanjir qismlari ketma-ket va parallel ulanishlardan iborat bo‘ladi. O‘tkazgich qarshiligining haroratga bog‘liqligi bu yerda R1 haroratdagi o‘tkazgichning qarshiligi, R2 haroratdagi o‘tkazgichning qarshiligi, qarshilikning harorat koeffitsienti bo’lib, son jihatdan o‘tkazgichni 10C haroratga qizdirishda qarshilikning nisbiy o‘zgarishiga teng.
Zanjirning bir qismida, t vaqt davomida Q zaryadni ko‘chirishga sarflangan ish (energiya W):
tenglama bilan ifodalanadi va bu yerda A bajarilgan ish Joul birligida o’lchanadi E.Yu.K E bilan elektr energiya manbasining bajargan ishi: Yuklama iste’mol quvvati: tenglama bilan ifodalanadi va bu yerda P - quvvat (W ) birlikda o’lchanadi. Manba yoki generatorda ishlab chiqariladigan quvvat: Energiyaning saqlanish qonuni bo‘yicha generatorning quvvati iste’molchilar quvvatlarining algebraik yig‘indisiga teng bo’lib, uni elektr zanjirlaridagi quvvatlar balansi deyiladi va quyidagicha ifodalanadi: O‘tkazgichdan o‘zgarmas tok o‘tganda ajralib chiqqan Q issiqlik miqdori ( J ) : tenglama bilan ifodalanadi va bu yerda Q - issiqlik miqdori kaloriya birlikda o’lchanadi. Kirxgofning birinchi qonuni. Tugunga kiruvchi toklarning algebraik yig‘indisi, tugundan chiquvchi toklarning algebraik yig‘indisiga teng, yoki tugundagi toklarning algebraik yig‘indisi nolga teng bo’ladi va quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
tugundagi toklarning algebraik yig‘indisi nolga teng bo’ladi va quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: Tugunga yo‘naltirilgan (kiruvchi) toklarni shartli ravishda musbat,tugundan chiquvchi toklar “-” manfiy deb qabul qilinadi. Kirxgofning ikkinchi qonuni. Elektr zanjirining berk konturida E.Yu.K larning algebraik yig‘indisi, shu konturdagi qarshiliklarda kuchlanishlar tushuvining algebraik yig‘indisiga teng: Buqonun bo‘yicha tenglama tuzilganda manba yurituvchi elektr kuchi (E.Yu.K) “+” belgi bilan yoziladi, qachonki uning yo‘nalishi konturni aylanish yo‘nalishi bilan mos tushsa kuchlanish yo‘nalishi “+” belgi bilan yoziladi.
|
| |