a) jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi




Download 108,18 Kb.
bet3/13
Sana14.05.2024
Hajmi108,18 Kb.
#232928
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mustaqil ishi Ijtimoiy iqtisodiy ehtiyojlar, ularning tarkibi

a) jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi. Iqtisodiyoti rivojlanishdan orqada qolgan mamlakatlarda ehtiyojlar doirasi tor bo‘lsa, aksincha, iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarda uning doirasi keng va xilma-xil bo‘ladi;
b) jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum. Agar jamiyatdagi tuzum bozor iqtisodiyoti yoki kapitalistik tartiblar asosida qurilgan bo‘lsa, undagi ijtimoiy guruhlar boylar va kambag‘allar, mulkdor va mulksizlarga bo‘linib, ularga mansub kishilar ehtiyojlari o‘rtasida katta farq mavjud bo‘ladi. Yuqori daromad oluvchilar juda sifatli, noyob mahsulotlar va xizmatlarga ehtiyoj bildirsa, kambag‘allarning ehtiyojlari o‘z hayotini saqlash uchun juda zarur mahsulotlar va xizmatlar bilangina cheklanadi;
d) tabiiy-geografik sharoitlar. Ular ham ehtiyojlarning miqdori va turiga ta’sir qiluvchi omillardir. Nisbatan sovuq iqlim sharoitida, issiq iqlim sharoitiga qaraganda hayot kechirish uchun oqsil va yog‘ga boy oziq-ovqat, issiq kiyim-kechak, uy va transport vositalariga ko‘proq ehtiyoj bo‘ladi;
g) tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar. Masalan, tarixan shakllangan milliy va diniy marosimlar, urf-odatlar, Navro‘z bayrami, ro‘za va hayitlar o‘ziga xos ehtiyojlarni yuzaga keltiradi.
e) aholi sonining o‘sishi, uning tarkibidagi o‘zgarishlar ham ehtiyojlarga ta’sir etuvchi asosiy omillardan hisoblanadi.
f) xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o‘rtasidagi aloqalar, ayniqsa, ular o‘rtasidagi mahsulot va axborot ayirboshlash yangi ehtiyojlarning keng tarqalishiga olib keladi.
Alohida kishilarning ehtiyojlari ularning yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, kasbi, mehnatning tabiati kabi omillarga bog‘liq. Masalan, keksa kishilar yoshlardan farq qilib, yengil hazm bo‘ladigan ovqatga, dori-darmonga, shovqin-suronsiz yashash muhitiga ko‘proq ehtiyoj sezadilar. Ko‘p bolali oilalarda bolalar kiyimi, o‘yinchoqlarga ehtiyoj yuqori bo‘lsa, farzandsiz oilalarda bunday ehtiyojlar bo‘lmaydi. Alohida kishilar ehtiyojlariga kuchli ta’sir qiluvchi omillar shundan iboratki, murakkab, og‘ir va yengil mehnat turlari bilan shug‘ullanuvchi kishilar ehtiyojlari bir-biridan tubdan farq qiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to‘liq qondirish mumkin emas. Jamiyatda har bir ma’lum davrda ko‘plab qondirilmagan ehtiyojlar bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan yangi buyumlarning paydo bo‘lishi, keng reklamaning ta’siri va savdoning rag‘batlantirishi natijasida ehtiyojlar o‘zgaradi va ko‘payib boradi. Shunday ekan, jamiyatning, ya’ni uni tashkil qiluvchi shaxslar, muassasa va korxonalar ehtiyojlarining cheksizligi, ularning to‘xtovsiz yangilanib va o‘sib borishi tabiiydir. Bu ehtiyojlarning to‘xtovsiz o‘sib borishi iqtisodiy qonunda o‘z ifodasini topadi. Bunday qonun nafaqat ehtiyojlarning miqdoran o‘sib borishini, balki ularning tarkiban yangilanib turishini, eskilarining o‘rniga yangilarining kelishini bildiradi. Ehtiyojlarning o‘sib borishi qonuni ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o‘rtasidagi uzviy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni aks ettiradi. Ishlab chiqarish ehtiyojlarni qondirishga qaratiladi va uning rivojlanishi yangi ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Ishlab chiqarish baynalminal tus olishi bilan ishlab chiqarish va ehtiyoj o‘rtasidagi bog‘liqlik xalqaro miqyosda aks etadi. Ma’lum bir mamlakatda paydo bo‘lgan ehtiyoj boshqalariga tarqalib, xalqaro xususiyatga ega bo‘ladi. Masalan, kompyuter bir mamlakatda paydo bo‘lib, tez orada unga ehtiyoj dunyo miqyosida tarqaldi. Xalqaro aloqalar rivojlanib borgani sari ehtiyojlarning milliy xususiyatlari bilan bir qatorda uning millatlararo, baynalminal belgilari rivoj topib boradi.
Iqtisodiy resurslar, ishlab chiqarish va ehtiyojlarni qondirish darajasi o‘rtasidagi doimiy va mustahkam aloqadorlikni quyidagicha ifodalash mumkin:



Download 108,18 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 108,18 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



a) jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi

Download 108,18 Kb.