|
Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlarning qondirilish darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlik
|
bet | 4/13 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 108,18 Kb. | | #232928 | Turi | Referat |
Bog'liq Mustaqil ishi Ijtimoiy iqtisodiy ehtiyojlar, ularning tarkibi Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlarning qondirilish darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlik.
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, ishlab chiqarish imkoniyatlarini va binobarin ehtiyojlarni qondirishning darajasini oshirish zarurligi iqtisodiyot oldiga quyidagi muammolarni qo‘yadi.
1. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning optimal variantlarini (eng zarur va tejamli turlarini) tanlab olish va resurslarni ko‘proq ishlab chiqarishga jalb qilish.
2. Mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergab, samarali foydalanish.
3. Fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib, yangi energiya, material, xomashyo turlari, ularning manbalarini topib, foydalanishga jalb qilish, resurslar unumdorligining oshishiga erishish. Bu muammolarni hal qilish zaruriyati kishilardan chuqur iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lishni taqozo qiladi.
Ehtiyoj va uning turlari. Iqtisodiy resurslar.
Jamiyatning tuzilishi qanday bo`lishidan kat'i nazar uning a'zolari o`z ehtiyojlarini qondirishlari shart, chunki hayot kechirish ehtiyojlarning qondirilishini talab etadi.
Hayotiy ehtiyojlarning turlari ko`p. Ular iqtisodiy, sotsial, madaniy, siyosiy, ma'naviy va hatto sof fiziologik ehtiyojlardan iboratdir. Bularning orasida eng ustuvor ahamiyatga ega bo`lgani sotsial-iqtisodiy ehtiyojdir.
Sotsial - iqtisodiy ehtiyojlar-kishilarning yashashi, mehnat qilishi va ma'lum iqtisodiy mavqega ega bo`lishi uchun iste'mol etilishi zarur bo`lgan mahsulotlar va xizmatlar majmuidir. Bu faqat tirikchilik ehtiyoji emas, balki insonning shaxs sifatida kamol topish zarurati hamdir. Uning jismoniy ehtiyojlardan farqi shuki, mehnat vositasida va tabiat ishtirokida qondiriladi, ya'ni u ishlab chiqarish faoliyatini talab qiladi. Ehtiyoj avvalam bor yakka tartibda bo`ladi, chunki har bir odamning xususiyatiga qarab ehtiyoj farqlanadi.
Shunday ehtiyojlar borki, ular yakka bo`lsada, birgalikda qondirilishi mumkin. Bunday vaqtda guruhiy ehtiyojlar paydo bo`ladi. Bu esa ma'lum guruhga birlashgan kishilarning umumiy ehtiyojidir. Bunga misol qilib oilaviy ehtiyoj, mehnat jamoasi, va siyosiy uyushmalarning ehtiyojlarini keltirishimiz mumkin.
Umumjamiyat ehtiyoji ham borki, u birinchidan, barcha turdagi yakka va guruhiy ehtiyojlarning majmuidan iborat bo`lsa, ikkinchidan, jamiyatni yaxlit organizm sifatida yashab turishi uchun zarur ehtiyojdir. Masalan, tabiiy resurslarni avaylash, mudofaa qilish, iqtisodiy zahiralar hosil qilish, jamiyatni boshqarib turish va boshqalar.
Jamiyatdagi ehtiyojlar o`zining turidan qat'i nazar, ularning mavjud bo`lishi, qondirilishi va o`sishi bir kancha omillarga bog`liq bo`ladi, ya'ni :
jamiyat iqtisodiy taraqqiyotida erishilgan darajaga;
jamiyatning sotsial- iqtisodiy tuzumiga ;
hayot kechirishning tabiiy-jug`rofiy sharoitiga ;
tarixiy - milliy an'analar va odatlar bilan bog`lanib ketishiga.
Agar iqtisodiyot qoloq bo`lsa ehtiyojlar doirasi tor bo`ladi, aksincha, iqtisod yuksak bo`lsa, ehtiyoj keng va xilma xil bo`ladi.
Jamiyatning ehtiyoji turli ijtimoiy toifa va guruhlarga mansub kishilar ehtiyojining yaxlitligidir. Shu sababdan, u jamiyatning ichki tuzumiga bog`liq. Agar jamiyat mulkdor va mulksizlarga, boy va kambag`allarga ajralgan bo`lsa yoki jamiyatda ijtimoiy tenglik bo`lib, u chuqur tabaqalashmasa, uning asosini o`rtacha mulkdorlar sinfi tashkil etsa, shunga qarab ehtiyojlar har xil bo`ladi. Demak, inson ehtiyoji abadiy. Inson bor ekan, uning ehtiyoji mavjud. Ehtiyojlar xilma-xilligi boisi insonning ehtiyojlari boshqa bir insonning ehtiyojlariga o`xshamaydi.
Ammo ehtiyojda bir qator yirik belgilar borki, ularga qarab ehtiyojlarni guruhlarga bo`lish mumkin. Bunga ehtiyojning xarakteri, uning nimaga qaratilishi asos qilib olinadi. Shu jihatdan qaralganda sotsial-iqtisodiy ehtiyojlar uch qismga bo`linadi.
moddiy ehtiyojlar;
sotsial-ma'naviy ehtiyojlar ;
mehnat ehtiyoji.
Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular inson paydo bo`lishi bilan yuzaga kelgan. Ular tabiiy ehtiyojlardir. Moddiy ehtiyojlar eng zarur va hayotiy bo`lib, oziq - ovqat, kiyim - kechak, turar - joy, transport, aloqa, gigiena ehtiyojlaridan iboratdir. Ularning qondirilishi yashashning birlamchi shartidir.
Sotsial-ma'naviy ehtiyojlar asosan xizmatlardan masalan, o`qituvchi, vrach, san'at arbobi xizmatlaridan iborat bo`lib, ular ma'lum faoliyat shakliga ega, ularning yaqqol moddiy ko`rinishi yo`q.
Mehnat ehtiyojining mavjudligi faqat mehnatsiz nozu-ne'matlar yaratib bo`lmasligida emas, balki mehnatsiz inson shaxsi kamol topa olmasligidadir. Mehnat ehtiyoji insonni o`zida mujassamlashgan moddiy shaklda bo`lmaydi, u ishlashga bo`lgan ishtiyokda ifoda etiladi.
|
| |