Referat mavzu: Loyihalarni boshqarishni nazorat qilish va tartibga




Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana29.03.2024
Hajmi0.82 Mb.
#181125
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Referat mavzu Loyihalarni boshqarishni nazorat qilish va tartib
MTA Majmua(2021), 1, 4-Karno kartadan foydalanib mantiqiy ifodalarni minimallash, Kalendar reja algoritm, Ishchi dastur(Dasturlash I) 24.11.2021, 1 -amaliyot, 4-Lab, Yurtimiz mustaqillikga erishishidan oldin milliy urf odat, 7-8-mavzuDT larni sertifikatlashtirish, Axborotlarni izlash va ajratib olish fanidan mustaqil ish Mavzu, Abdulla Oripov O\'zbekiston (qasida), 2 lab Yarashov Diyorbek, TATU NF Hemis axborot tizimi, Algo 1-299, prezentatsiya


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN 
VA 
INNOVATSIYA VAZIRLIGI 
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON 
MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI 
PSIXOLOGIYA FAKULTETI 
SIRTQI BO’LIMI 
LOYIHALARNI BOSHQARISH 
FANIDAN 
REFERAT 
Mavzu: Loyihalarni boshqarishni nazorat qilish va tartibga 
solish. 
Bajardi: 921-20 guruh talabasi Sultonov.SH 
Qabul qildi : Dilshodbek Najmiddinov 
Jizzax 2023 


REJA 
I .BOB. KIRISH 
II.BOB . LOYIHA BO’YICHA INVESTITSIYA STRATEGIYASINI ISHLAB 
CHIQISH 
a) Investitsiya strategiyasi tushunchasi va uning ahamiyati 
b) Loyiha bo’yicha investitsiyalash maqsadi va strategik yo’nalishlarini (resurslardan 
foydalanish) aniqlash 
c) Loyiha bo’yicha investitsiya strategiyasini ishlab chiqish tamoyillari va bosqichlari 
III.BOB.
INVESTITSION LOYIHANI TAYYORLASHNI TASHKIL QILISH
d) Investitsion sikl, mazmuni va loyihani ishlab chiqish bosqichlari. Loyiha sikli 
bosqichlari 
e) Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish. Loyihaning investitsion g’oyasini 
shakllantirish 
IV. XULOSA
V. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 


I.BOB 
KIRISH 
Jahon iqtisodiyotida investitsiyalarga talab va taklif o’rtasida nomutanosiblik 
tendensiyasi hukm surmoqda. Bugungi kunda investitsiyalar oqimi taraqqiy etgan
mamlakatlardan 
rivojlanayotgan 
mamlakatlar 
iqtisodiyotiga 
faol 
yo’naltirilayotganligining 
guvohi 
bo’lmoqdamiz. 
Natijada 
rivojlanayotgan 
mamlakatlar iqtisodiyotida to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar ulushi keskin oshib 
bormoqda. 
O’z navbatida, investitsiyalar samaradorligini oshirish bilan bog’liq ko’plab 
muammolar mavjudligi investitsiya loyihalarini boshqarishni takomillashtirish 
zaruratini belgilab beruvchi asosiy omillardan biri bo’lib qolmoqda. 
Ayni paytda, jahon amaliyotida xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ularni 
iqtisodiyotning istiqbolli va yuqori texnologiyalarga asoslangan tarmoqlariga 
joylashtirish mexanizmlarini maqbullashtirish, investitsiya loyihalarini umummilliy 
va mintaqaviy darajada venchurli moliyalashtirish amaliyotini rivojlantirish, 
investitsiya muhiti jozibadorligini oshirish va investitsiya faoliyatini moliyaviy 
boshqarish vositalarining o’zaro muvofiqligini taʼminlash muhim ahamiyat kasb 
etmoqda. 
Investitsiya loyihalarini samarali boshqarivi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev “Biz iqtisodiyotimizga sarmoya kiritishga intiladigan 
investorlar uchun hududlar va tarmoqlar boʻyicha investitsiya loyihalarini puxta 
shakllantira olsak, bu masalada ijobiy natijaga erishish mumkin, - deya ta’kidlab 


o’tdilar
1
. Darhaqiqat, Prezident to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 
loyihalarni so’zsiz amalga oshirish, chet ellik investorlarga har tomonlama yordam 
berish hukumatning eng muhim vazifasi bo’lishi kerakligini taʼkidladi. 
Investitsiyalarning asosiy qismini o’zlashtirishni yilning oxirgi oylariga surish 
amaliyotiga chek qo’yib, barcha tarmoqlar va hududlarda buni birinchi yarim yillikda 
kamida 35 foizga, to’qqiz oylikda 70 foizga yetkazish zarurligi qayd etildi. 
2019 yilgi Investitsiya dasturiga 16,6 milliard dollarlik 3 mingdan ziyod loyiha 
kiritilgan. Bu 2018 yilga nisbatan 16 foiz koʻpdir. Jumladan, joriy yilgi Investitsiya 
dasturi doirasida umumiy qiymati 3,2 milliard dollar boʻlgan 140 ta ishlab chiqarish 
quvvatini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. 
Xususan, mamlakatimiz mintaqalarida investitsiya faoliyatini tashkil qilish 
xususiyatlari, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda mintaqaviy venchurli fondlar 
faoliyatini tashkil etish, investitsiya loyihalarini kreditlashda sindikatlangan kreditlarni 
ajratish mexanizmlarini takomillashtirish, investitsiya faoliyatini tashkil etishda ichki 
resurslar, jumladan, aholi jamg’armalaridan foydalanish samaradorligini oshirish kabi 
masalalarga muhim ahamiyat qaratish lozim. 
Tijorat banklari tomonidan yirik investitsiya loyihalarini sindikatli kreditlash 
usulini takomillashtirish banklarning uzoq muddatli resurs bazasini mustahkamlashni 
talab etadi. Buning uchun Markaziy bankning tijorat banklari uzoq muddatli 
depozitlariga nisbatan belgilangan majburiy zaxira stavkalarini pasaytirish hamda 
davlatga tegishli pul mablag’larini iqtisodiyotning tayanch tarmoqlarida sindikatli 
kreditlashni amalga oshirayotgan tijorat banklariga uzoq muddatli depozit sifatida 
joylashtirish 
hamda 
yuqori 
samarali 
loyihalarga 
berilgan 
kreditlarni 
sekyuritizatsiyalash orqali mablag’larni jalb etish banklarning investitsion loyihalarini 
moliyalashtirish imkoniyatlarini oshiradi. 
Shuningdek, ushbu fanning asosiy maqsadi kelajakda investitsiya sohasidagi 
mutaxassislarga investitsiya loyihalarini boshqarishning nazariy asoslarini tushunib 
yetish, uni chuqur o’rganish omillariga asosiy e’tibor qaratish hamda baholashning 
1
Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor 
vazifalar haqidagi Oliy Majlisgа Murojaatnomasi. 2018-yil 28-dekabr. 


samarali usullarini tanlash, muqobil variantlarini to’g’ri taqqoslash va to’g’ri 
moliyaviy qarorlar qabul qilishda mustahkam nazariy va amaliy bilim berish, 
tajribalarni o’rgatish, korxona iqtisodiyotini boshqarish va oqilona investitsion siyosat 
olib borishni o’rgatishdir. 
“Investitsiya loyihalarini boshqarish” fanini o’rganish talabalarda investitsiya 
loyihalarini amalga oshirish bo’yicha qarorlarni qabul qilish, ularni moliyalashtirish, 
monitoringini olib borish, shuningdek, samaradorligini ta’minlash bilan bog’liq 
mustahkam bilimlarni shakllantirish hamda amaliy ko’nikmalarni hosil qilish 
vazifalarini o’zida namoyon etadi. 
O’quv qo’llanma oliy o’quv yurtlari talabalari, kollej o’quvchilari hamda bank- 
moliya sohasi xodimlari va boshqa foydalanuvchilarga mo’ljallangan. 
“Investitsiya loyihalarini boshqarish” fanini o’qitishning asosiy maqsadi 
talabalarda moliyaviy qo’yilmalarning maqbul yo’nalishlarini tanlash, ular 
samaradorligini aniqlash va ta’minlashda muhim ahamiyat egallovchi investitsiya 
loyihalarini boshqarishni tashkil etishning asosiy yo’nalishlari, zamonaviy usullaridan 
foydalanish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakani shakillantirishdan iborat. 



Download 0.82 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Referat mavzu: Loyihalarni boshqarishni nazorat qilish va tartibga

Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish