|
Referat mavzu: Noodatiy fikrlash asoslari (qutichadan tashqarida fikrash) Bajardi: A. Axmedov Qabul qildi: A. Temirxonov
|
bet | 3/4 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 28,52 Kb. | | #111234 | Turi | Referat |
Bog'liq Ахмедов Акрам креатив фикрлаш3. Noodatiy fikrlash usullari
Insonlarning fikrlash tarzi uning jamiyatda tutgan o‘rni va darajasiga nisbatan to‘g‘ri proporsionaldir. E’tibor berganmisiz, odatiy fikrlash tarziga ega insonlar odatdagi insonlar kabi hayot kechiradilar. Aksincha, qaysi sohadaki muvaffaqiyatga erishgan insonlarning barchasi odatdagi insonlardan ko‘ra boshqacha fikrlaydilar. Ulardagi nostandart fikrlash tarzi insoniyat uchun hali ma’lum bo‘lmagan echimlarni topishiga sabab bo‘lgan va buning natijasida ular biznesda, ilm-fanda yoki san’atda ulkan muvaffaqiyatlarga erishganlar.
«Tafakkur yuritishga harakat qilgan inson, hech shubhasiz, o‘zi intilayotgan so‘nggi darajadagi baxt-saodatga erisha oladi»
Abu Nasr Forobiy.
Har qanday masalada echimga kelishning ko‘plab yo‘llari mavjud. Aksariyat insonlar qaysidir masalaga duch kelishsa, bu masala o‘zidan oldin qaysi yo‘llar bilan echim topganiga e’tibor qaratishadi va shularning orasidan o‘ziga eng ma’qulini tanlaydilar. CHunki, ta’lim olish jarayoni bizni uzoq yillar davomida shu tarzda tarbiyalagan. Vaholanki, har qanday masalaning yechimida har doim shu paytgacha ma’lum bo‘lganidan tashqari yana boshqa yo‘llar ham mavjud bo‘ladi. Ularni topish esa noodatiy fikrlaydigan, o‘z yo‘lini qidiradigan insonlargagina nasib qiladi. Masalaning yechimida siz topgan yangi yo‘l eng maqbuli bo‘lmasligi mumkin, ammo u sizgagina tegishli ekanligi va yangiligi bilan qadrli bo‘ladi. Yangi topilgan yo‘l biznesda bu yo‘nalishda raqobatchilarning kam bo‘lishi bilan muvaffaqiyatga etaklasa, ilm-fanda esa insoniyat erishgan ilm-fan sarhadlarining kengayishiga xizmat qilishi bilan qadr topadi. Yangi usullar topish kishidagi faraz qilish qobiliyati bilan amalga oshadi. A.Eynshteyn faraz qilish ko‘nikmasini bilimdonlikning eng yuqori pog‘onasi deb hisoblagan, farazsiz yangilik ochish mumkin emasligiga ishongan.
Matematiklar “yigirmata masalani bitta usul bilan echgandan ko‘ra, bitta masalani yigirmata usul bilan echgan yaxshiroq” ekanligini ta’kidlaydilar. Bu, aslida, bir xillikdan qochish bilan birga kreativ yondashuvni, nostandart fikrlashni rag‘batlantirish demakdir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Referat mavzu: Noodatiy fikrlash asoslari (qutichadan tashqarida fikrash) Bajardi: A. Axmedov Qabul qildi: A. Temirxonov
|