|
Referat mavzu: Noodatiy fikrlash asoslari (qutichadan tashqarida fikrash) Bajardi: A. Axmedov Qabul qildi: A. Temirxonov
|
bet | 4/4 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 28,52 Kb. | | #111234 | Turi | Referat |
Bog'liq Ахмедов Акрам креатив фикрлашTavsiyalar. Xo‘sh, yoshlarni nostandart fikrlashga o‘rgatish uchun bugungi kun pedagogikamizda qanday usul va vositalardan, metodlardan foydalanish zarur? Bu borada biz quyidagilarni tavsiya qilamiz:
1. O‘qituvchining talabalarga o‘z fikrlash tarzini ro‘kach qilib, ulardan ham shunday fikrlashni talab qilishdan tiyilishi.
2. Talabalarga fikr yuritish uchun imkoniyat berish.
3. Turli-tuman g‘oya va fikrlarni qabul qilish, o‘qitish jarayonida mavjud bilimlarni yodlash va xotirada saqlashdan ko‘ra, masalaning mohiyatini tushuntirishga e’tiborni qaratish.
4. Ilmiy terminlar va tushunchalarning ta’rifi, qonuniyatlar va qoidalarni shunchaki yodlash emas, balki ularning mazmunini anglash va mohiyatini tushunishga urg‘u berish. Bunda uning mohiyatini o‘quvchilarga tushuntirishda muayyan ta’rif, qoida va qonuniyatni analiz (tahlil) va sintez (tavsif) qilish metodi qo‘l keladi.
5. Dars mashg‘ulotlarida o‘quvchilarni har bir fan, kerak bo‘lsa, har bir mavzu borasida hodisa va mohiyatni, sabab va oqibatni anglashiga, fan doirasida va fanlararo o‘zaro bog‘lanish, munosabat va muvozanatlarni tushunishlariga, taqqoslash, solishtirish va mantiqiy xulosalar chiqarishlariga sharoitlar yaratish.
6. Talabalarda mohiyatga etib kelishning yangi yo‘llarini qidirishga rag‘bat uyg‘otish, bunda ularga xatoga yo‘l qo‘yishlari tabiiy hol ekanligini va bundan qo‘rqmaslik kerakligini tushuntirish.
7. Talabalarni yangicha fikrlari bilan kulgiga qolmasligiga ishontirish.
8. Bir nechta masalani bir usulda echishdan ko‘ra, bir masalani bir nechta usullar bilan echishga qaratilgan metodlardan foydalanish.
9. Talabalardagi ijodiy fikrlash tarzining har qanday ko‘rinishlarini rag‘batlantirish.
10. Talabalarning o‘quv jarayonidagi faolligini ta’minlash.
11. Har bir talabaning tanqidiy fikr yuritishga qodir ekanligiga o‘zlarida ishonch hissini uyg‘otish va hokazo.
Aslida bu sanab o‘tilgan har bir taklif o‘qituvchidan izlanishni, har bir dars mashg‘ulotiga puxta tayyorgarlik ko‘rishni talab etadi. Shuning uchun biz o‘qituvchilarning har bir dars mashg‘ulotiga ijodiy jarayon sifatida qarashini va unga tayyorgarlik jarayonida mavjud usul va vositalardan foydalanish bilangina chegaralanmasliklarini, balki shu mavzuni o‘quvchilarga etkazishga yordam beradigan har qanday usul, vosita va shakllardan foydalanishdan qo‘rqmasliklarini aytgan bo‘lar edik. Demak, nostandart fikrlash tarzini barcha faoliyat turlari qatorida dars mashg‘ulotiga ham tatbiq etish maqsadga muvofiq, degan xulosaga kelish mumkin.
Umuman, insondagi nostandart fikrlash tarzining ahamiyati esa talabalarda masalaning mohiyatini anglash, sohada yangilik va kashfiyotlar yaratish, ijodiy fikrlash tarzining rivojlanishi, xato qilishdan qo‘rqmaslik ko‘nikmasining shakllanishi, o‘ziga nisbatan ishonchning ortishi kabi ijobiy oqibatlari bilan xarakterlanadi. Eng asosiysi, nostandart fikrlash ularni o‘qishda hamda ishda kashfiyotlar va yangiliklar sari etaklaydi.
Tayanch so’zlar: nostandart tafakkur, noodatiy fikrlar, mantiqiy fikrlash, ijodiy fikrlash, kreativ fikrlash, noodatiy fikrlash usullari
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Referat mavzu: Noodatiy fikrlash asoslari (qutichadan tashqarida fikrash) Bajardi: A. Axmedov Qabul qildi: A. Temirxonov
|