III BOB. IP tarmoqlarida adresga yoʻnaltirish




Download 0,69 Mb.
bet4/6
Sana18.05.2024
Hajmi0,69 Mb.
#240963
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
o\'zbekistona ip texnalogiya

III BOB. IP tarmoqlarida adresga yoʻnaltirish.
3.1 IP adres
IPv4 protokolining IP adresi 4 bayt uzunlikka ega va ikkita mantiqiy qismdan iborat: tarmoq adresi va tarmoqdagi tugun adresi (kommutator, marshrutizator). Adres qiymati oʻnlik shaklda baytma-bayt yoziladi, baytlar esa nuqtalar bilan ajratiladi, masalan 128.2.2.30. Bu adresni ikkilik shaklda ham yozish mumkin-10000000 10000010 00000010 00011110. IP adreslar makoni tarmoq va uning tugunini aniqlash uchun qaratilgan baytlarga bogʻliq ravishda 5 sinfga boʻlinadi. IP adres tuzilmasida raqamlar taqsimlanishi.
IP adresining birinchi baytining katta bitlari sinfni aniqlab beradi (A-0, V-10, S-110, D-1110, E-11110). A sinfda tarmoqning 0 raqami ishlatilmaydi, 127 raqami esa dasturlarni testdan oʻtkazish va tugunda oʻzaro hamkorlik jarayonini aniqlash uchun ishlatiladi. 127.0.0.1 adres boʻyicha ma'lumotlar uzatilganda ma'lmotlar tarmoqqa uzatilmaydi, ular OSI modeli yuqori pogʻonasi bilan qaytariladi. Bu adres loopback deb nomlanadi.


D sinf adreslari guruhiy uzatish(multicast) uchun ishlatiladi. Ye sinfi ilmiy maqsadlarda ishlatish uchun zahiralangan.
Agarda IP adresning barcha ikkilik razryadlari 1ga teng bo‘lsa (o‘nlik shaklda 255.255.255.255), u holda paket lokal tarmoqning hamma tugunlariga uzatiladi.
Tarmoq raqami va tugun raqami o‘rtasidagi egiluvchan chegarani yozilish shakli bo‘yicha IP adresga o‘xshash-maska ta'minlab beradi. Maska-bu 32 bitli ketma-ketlik bo‘lib, uning katta razryadlari birga, kichiklari nolga teng. Agarda maska IP adres bilan solishtirilsa, uning birlik bitlari bo‘yicha tarmoq raqamini, nolga teng bitlar orqali–tugun raqamini oson aniqlash mumkin. Maska va tugun raqami bitlari yordamida har qanday sinf adresida tarmoq osti uchun bitlarni osongina ajratsa bo‘ladi.
IP adresdan tashqari IP tarmoqdagi tugun o‘z unikal simvol nomiga(domain name) ega bo‘lishi mumkin, u kompьyuter nomidan va kompьyuterlar ierarxik guruhning (tashkilot, muassasa, mamlakatlarga muvofiq zonalar) domen nomlaridan tashkil topishi mumkin. Zona yohud domenlar «daraxt» shaklidagi ierarxik domen tizim nomlarini- DNS tashkil etadi. «Daraxt»ning uchida ildiz domen bor, keyin esa «daraxt» bo‘yicha boshqa pog‘ona domenlari –birinchi, ikkinchi va boshqalari kiritilgan. DNS nomlar DNS serverlarda saqlanadi, ular ma'lumotlarning taqsimlangan bazasini tashkil qiladi. Bazaning asosiy vazifasi tarmoq tugunining simvol domeni nomi asosida IP adresni taqdim etishdir. Bunday yondashuv IP tarmoqda ma'muriyat va boshqaruv jarayonlarini soddalashtiradi.

Download 0,69 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III BOB. IP tarmoqlarida adresga yoʻnaltirish

Download 0,69 Mb.