|
Referat: Mavzu: O’zbekistonda ip texnalogiya Topshirdi: Mirzahmedov Javohir. Toshkent 2024 mundarija
|
bet | 2/6 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #240963 | Turi | Referat |
Bog'liq o\'zbekistona ip texnalogiyaI BOB. IP-texnologiya
1.1 IP-texnologiya
Kompyuterlar Internet orqali bir-birlariga ma’lumotni uzatishga qodir. E-pochta (E-mail) bularning eng sodda misolidir. Chunonchi, tovushni ham raqamli ma’lumotga aylantirish hamda uni xuddi boshqa ma’lumot turlari kabi kompyuterlarning bir-birlari orasida uzatilishi ham mumkin. IP-telefoniya – bu ma’lumotni uzatish tarmog‘i bo‘ylab tovushni uzatishdir. Bunday tovush uzatishning an’anaviy holatidagi analogli telefon bog‘lanishining asosiy farqli joyi shundaki, tovushni raqamli signallarga aylantirib, uni ma’lumot ko‘rinishida uzatish demakdir. IP-telefoniya (VoIP qisqartma ingliz so‘zidan olingan bo‘lib, “Voice over Internet Protocol”-ya’ni “Tovushni Internet bayonnomasi bo‘ylab uzatish” degan ma’noni bildiradi) -Internet bilan birgalikda hayot tarziga kirib borayotgan texnologik yangilik hisoblanadi. IP-telefoniyaning negizida telefon so‘zlashuvlarini an’anaviy telefon so‘zlashuvidan ko‘ra 2-3 martaga arzonlashtiruvchi texnologiyalardan hisoblanadi. Uning boisi shundaki, tovush signalining asosiy qismi Internet tarmog‘ida raqamli ko‘rinishda o‘tadi. Shuning uchun ham an’anaviy telefon liniyalarida sodir bo‘ladigan xizmatdan ko‘ra ozroq xarajat va sifatli aloqa xizmatlari imkoniyatini yaratib beradi.
IP - telefoniya telefon tarmog‘ining amallarini oddiy telefon tarmog‘iga qaraganda osonlashtiradi va arzonlashtiradi.
Masalan:Telefon bog‘lanuvchi tezligi baland bo‘lsa, bittadan ko‘p qo‘ng‘iroqlarni uzatish mumkin. Shuning uchun IP - telefoniya qo‘shimcha telefon tarmog‘iday ishlatiladi, uyda yoki ofisda.
IP-telefoniyada bunday xossalar mavjud:
-konferentsiya;
-qo‘ng‘iroq pereadresatsiyasi (boshqa manzilga uzatish);
-nomerni avtomatik holda takrorlash;
-qo‘ng‘iroq qilayotgan abonentning nomerini aniqlash.
Bu xossalar bepul ko‘rsatiladi, oddiy tarmoqlarda esa bular pul turadi.
Xavfsiz qo‘ng‘iroqlar, standartli protokol bilan (SRTP). IP-telefoniyada ko‘pincha qiyinchiliklar yo‘qotilgan. Signalni raqalash osonlik bilan bajariladi, bunda signalni shifrovka qilish va signalni ma’lumotlar oqimi bilan identifikatsiya qilish lozim.
|
| |