• Registr guruhlari tasnifi
  • Flag registri
  • Registrlar turlari va tasnifi




    Download 28,86 Kb.
    bet2/4
    Sana15.12.2023
    Hajmi28,86 Kb.
    #119776
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Компютерни ташкил этиш фанидан мустакил иш

     

    Registrlar turlari va tasnifi
    Tezkor xotiraning yacheykalari bilan birgalikda qisqa vaqtli tezkor 
    ma’lumotlarni registrlarda saqlash ham mumkin. Registrlar protsessor tarkibiga 
    kiradi va dasturlash orqali ularga murojaat o‘rnatilishi mumkin.
    Registlarga murojaat xotira yacheykalariga nisbatan tezroq bajariladi, 
    shuning uchun registrlarni ishlatish dastur ishini sezilarli darajada tezlashtiradi. 
    Intel firmasining protsessorlarida registrlar 2 guruxga bo‘linadi: sistemali va 
    amaliy maqsadga yo‘naltirilgan. Quyida foydalanuvchiga mo‘ljallangan amaliy 
    maqsadga yo‘naltirilgan registrlarni ko‘rib chiqamiz.

    Registr guruhlari tasnifi 
    Registr o‘zining strukturaviy tuzilishiga ko‘ra 8 razryadli, 16 razryadli,
    32 razryadli bo‘ladi. Registrlarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: 

    1. Umumiy foydalanishga mo‘ljallangan registrlar 

    2. Segment registrlar

    3. Flag registrlar

    4. Buyruq registrlar 

    5. Soprotsessor registrlari

    6. MMX kengaytmali butun sonli registrlar 

    7. MMX kengaytmali o‘nlik nuqtasi siljuvchan sonlar bilan ishlovchi registrlar 

    Umumiy foydalanishga muljallangan registrlar 8 ta
    * EAX/AX/AH/AL - akkumlyator 
    * EBX/BX/BH/BL - baza registr 
    * ECX/CX/CH/CL  - hisobchi registr 
    * EDX/DX/DH/DL - ma’lumotlar registr 
    * SI/ESI - manba indeksi 
    * DI/EDI - qabul qiluvchi indeks 
    * BP/EBP - baza ko‘rsatgichi 
    * SP/ESP - stek ko‘rsatgich 

    Segment registrlar asosan 6 ta shulardan 3 tasi asosiy, 3 tasi yordamchi, qo‘shimcha 


    * SS - stek segmenti
    * CS - kod segmenti 
    * DS - ma’lumotlar segmenti 
    Qo‘shimchalar: ES,FS,GS-qo‘shimcha segment registri 
    Flag registri 
    Flag registri 1 ta, undagi har bir razryad ma’lum bir vazifani bajarishga 
    mo‘ljallangan. Shunga kura flag razryadlarini 2 guruhga bo‘lish mumkin
    1) Holat flaglari
    2) Boshqarish flaglari 
    Holat flagiga quyidagilar kiradi: 
    00 – razryad CF - o‘tkazish flagi 
    02– razryad PF-qiymatning juftligini tekshiradi
    04– razryad AF-qo‘shimcha o‘tkazish flagi
    06– razryad ZF-nol flag 
    07– razryad SF-ishora flagi 
    11– razryad OF-to‘lib-toshish flagi 
    12-13 – razryadlar IOPL-kiritish chikarish darajasini belgilash flagi 
    14– razryad NT-masala berilishi flagi 

    Download 28,86 Kb.
    1   2   3   4




    Download 28,86 Kb.