• 2. O‘QUV AMALIYOTI MASHG‘ULOTINING TEXNOLOGIK XARITASI VA UNI ISHLAB CHIQISH BOSQICHLARI 2-bosqich Asosiy Asosiy qismda o‘qituvchining faoliyati qo‘yidagicha taqsimlanadi
  • O‘quv amaliyoti mashg‘ulotining texnologik xaritasi xam 3 bosqichdan iborat bo‘ladi




    Download 2.79 Mb.
    bet2/3
    Sana07.03.2023
    Hajmi2.79 Mb.
    #44552
    1   2   3
    Bog'liq
    4.3.-дарс (2)
    Mustaqil ish
    O‘quv amaliyoti mashg‘ulotining texnologik xaritasi xam 3 bosqichdan iborat bo‘ladi:
    1-bosqich. O‘quv mashg‘ulotiga kirish
    Ushbu bosqichda o‘qituvchining vazifalari ta’lim oluvchilarning davomatini tekshirish, mashg‘ulotga tayyorgarligini nazorat qilish, amaliy mashg‘ulotning nomi, rejasi, maqsadi va kutilayotgan natijalari bilan amaliy mashg‘ulotning baholash mezonlari bilan tanishtirish, shuningdek xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilishni eslatishdan iborat bo‘ladi .
    Ta’lim oluvchilar esa mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘radilar, xavfsizlik texnikasi, sanitariya va gigiena talablariga rioya qilgan holda maxsus kiyimda keladilar. Xavfsizlik texnikasi jurnaliga imzo qo‘yadilar va o‘qituvchi tomonidan berilgan ma’lumotlarni tinglaydilar.
    2. O‘QUV AMALIYOTI MASHG‘ULOTINING TEXNOLOGIK XARITASI VA UNI ISHLAB CHIQISH BOSQICHLARI
    2-bosqich Asosiy
    Asosiy qismda o‘qituvchining faoliyati qo‘yidagicha taqsimlanadi:
    1.O‘qituvchi ta’lim oluvchilarni “Kirish yo‘riqnomasi” bilan tanishtiradi va buning uchun 40-50 daqiqa vaqt ajratish nazarda tutiladi.
    O‘qituvchi tezkor so‘rov, savol-javob, aqliy hujum orqali o‘quvchilar bilimlarini faollashtiradi.
    2. Yangi o‘quv materiali bayoni:
    O‘qituvchi yangi o‘quv materiallar bayonida o‘quv amaliyoti mavzusi bo‘yicha umumiy ma’lumotlar beradi va ish jarayonini tushuntiradi. “Joriy yo‘riqnoma” yangi o‘quv materiali bo‘yicha amaliy mashq bajarishni tushuntiradi va bu faoliyat uchun 125-135 daqiqa vaqt ajratish nazarda tutiladi.
    3. Ta’lim oluvchilarni ish joylariga taqsimlab, amaliy ish yuzasidan yo‘riqli texnologik xarita (ilova qiladi)hamda mustaqil ish bajarish uchun xom ashyo tarqatadi va ko‘rsatmalar beradi.
    4. Ta’lim oluvchilar tomonidan mustaqil ishlarni bajarilishini nazorat qilib boradi va ish jarayonida o‘quvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolarni ko‘rsatadi
    5. Yakuniy yo‘riqnoma bilan tanishtiradi va buning uchun 10-15 daqiqa vaqt ajratish nazarda tutiladi. Mashg‘ulot tugaganidan so‘ng ish joylarini talab darajasiga keltiradi va o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarni qabul qilib oladi.
    Ta’lim oluvchilar bu bosqichda savollarga javob beradilar, tinglaydilar, chizadilar va yozib oladilar. O‘z ish joylariga turadilar, mashg‘ulot rahbari ko‘rsatmalari va yo‘riqli texnologik xaritaga rioya qilgan holda bajaradilar. O‘qituvchi tomonidan ko‘rsatilgan xatolarni to‘g‘rilaydilar. Foydalanilgan jihozlarni mashg‘ulot rahbariga topshiradilar va ish joyini tozalaydilar

    Download 2.79 Mb.
    1   2   3




    Download 2.79 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘quv amaliyoti mashg‘ulotining texnologik xaritasi xam 3 bosqichdan iborat bo‘ladi

    Download 2.79 Mb.