Jarrohlik haqida tushuncha Aseptika va antiseptika
Reja:
1) O`zbekiston Respublikasida jarroxlik faninig tarixi va uning asoschisi.
2) Aseptika haqida ma`lumot.
3) Sterealizatsiyaning usullari.
4) Antiseptika va uning turlari.
5) Antiseptik vositalar haqida tushuncha.
“Xirurgiya’’(Jarroxlik) so`zi qo`lda bajarish, hunar mohirlik degan ma`noni bildiradi. Hozirgi kunda xirurgiya deganda bemorlaqrni konservativ va operatsiya usulida davolash tushuniladi. Hozirgi zamon xirurgiyasida faqat mexanik ta`sir k`orsatish vositalaridan emas, balki fizik, kimyoviy, biologik va tibbiyotninig nazariy fanlari (anatomiya, fiziologiya, biologiya, mikrobiologi -ya,immunologya, farmokoliya) ning eng yangi yutuqlariga asoslangan turli boshqa usullardan foydalaniladi.
Xirurgik operatsiya ko`p hollarda nihoyatda murakkab bo`ladi va u o`z ichiga faqat davolanishniga emas, balki selektiv diagnostikani ham qamrab oladi. Operatsiyalar paytida murakkab apparaturalardan foydalaniladi, ko`pincha ultratovush va lazer, magnit maydoni va mikrooptika, radiaktiv izotoplar va bo`yoq, kontrast moddalarni eritish bilan bir qatorda sun`iy qon aylanishi va gemodializ, gemosorbsiya va plazmoferez ususllari qo`llaniladi.
Yunonistonning ulug` shoiri Gomer: “bitta mohir shifokor ko`p sonli jangchilardan ustun turadi”-, deb yozgan edi.
Eramizgacha bo`lgan kuxna 5 asrda Yunonistonning atoqli olimi Gippokrat ilmiy tibbiyotga va xirurgiyaga asos solgan. u yirirgli jarohatlarni davolash, qon to`xtatish usullarini ishlab chiqdi, operatsiyaga tayyorgarlik ko`rishga ozodallikka qat`iy rioya qilish, toza yomg`ir suvini ishlatishni tavsiya etadi. Suyak sinishlarni davolashda u shinalar, taxtakach ishlatadi, massaj, gimnastikani joriy etadi.
Eramizning 2 asrida yashagan Galen o`zidan boy ilmiy meros qoldirdi. U fiziologiya, anatomiya, amaliy xirrurgiya doir talaydigan qimmatli ma`lumotlar qoldirdi.
Buxorolik buyuk olim va vrach 100 dan ortiq ilmiy asarlar muallifi Abu Ali ibn Sino (980-1037) xirurgiyaninig rivojlanishiga katta hissa qo`shgan. Uning “Tib qonunlari” “Kitob-ash shifo” kabi olamshumul asarlari alohida diqqatga sazovordir. Sharq tabobatinnig ilmiy asoschilaridan biri bol`gan Abu Ali ibn Sino o`zininig ‘Tib qonunlari” kitobida og`riq va va og`riqsizlantirish, shikastlanishlar, yiringli, yallig`lanish jarayonlari soxasida o`zininf chuqur bilimlarini namoyish eta olgan.
Tibbiyot tarixi bilimdoni olim V.D Petrovning e`rirof etishicha, “ Tib qonunlari” o`z davrida odamnig odamning soh`ligiga va kasallikalariga taaliqli bilimlarni tol`a to`kis o`ziga qamrab olgan butn bir tibbiy qomusdir,- deb ta`riflangan.
Turkistonda 1 davolash muassasasi 1861 yilda Toshkentda ochilgan harbiy lazaret edi. 1872 yilda Samarqandda 20 o`rinli shahar kasalxonasi ochilgan. 1903 yilning 15 aprelida Toshkentda Qizil Krestninig xirurgik kasalxonasida, 1906 yilda esa Toshkent shahar kasalxonasi qoshida xirurgik bo`lim tashkil etilgan. 1917 yilninih sentyabrida hukumat dekreti b`oyicha Turkiston universiteti tarkibida tashkil qilingan tibbiyot fakulteti O`rta Osiyoda oluy tibbiy ta`limning vujudga kelishiga zamin xozirladi. 1930-40 yillarda Samarqandda, keyinchalik Andijon, Buxoro va Nukusda tibbiyot oliy uquv yurtlari tashkil etilgan. O`1zbekiston respublikasi xirurgiyasininig rivojiga katta xissa qo`shgan professorlar: M.Ostrov, I. Orlov, S. Ma`sudov, L, Vasilenko, P. Sitrovskiy, K. Tagirov A. Sulaymonov, M. Shamsiyev S. Raximov, V. Avakov va boshqalar....
ASEPTIKA xaqida ma`lumot.
Aseptika deb, operatsion jaroxatga mikroblar tushishininig oldini olishninig ta`minlaydigan tadbirlar kompleksiga aytiladi. Shu maqsadda tashkiliy tadbirlar, fizik omillar, ayrim antiseptik va kimyoviy prepetarlardan foydalaniladi.
Mikroblar va ularninig sporalarini yo`qotish sterelizatsiya deyiladi.
Kuydirib sterelizatsiya qilish- kuydirishda sterelizatsiya yahshi bo`lmaydi va a sboblarni ishdan chiqaradi. Shu maqsadda sterelizator qopqog`iga yoki tog`orachaga asboblarni qo`yib, ozroq miqdorda 96 % li spirt qo`yiladi va yoqiladi. Spirt yonib bo`lgandan so`ng asboblarni ishlatish mumkin.
Quruq isssiq bilan ster-a qilish - metaldan yasalgan asboblarni ster-a qilishda birmuncha keng tarqalgan. Shu maqsadda quruq issiqlik beradigan shkafdan foydalaniladi. Shkaf bekitiladi va elektr tarmog`iga ulanadi, 10-15 daqiqa o`tkach shkafdagi harorat 120-140 % gacga ko`tariladi. ster-a muddati 30 minut. Bu usulda ster-a ishonchli bo`ladi va asboblar ishdan chiqmaydi.
Avtokavlash- bosim ostida bug` bilan ster-a qilishdir.
operatsiya uchun choyshablar, bog`lov materiallari, rezina qo`lqoplar asboblar, qon quyish uchun sistemalar va boshqalarni a vtokavlash mumkin. Avtokavlash tuzilishi va turi jihatidan har hil bol`adi. U odatda qo`sh devorli metall qozondan iborat bol`ib, devorlari oraqsiga suv qo`yiladi. Ster-a qilinadigan materiallar maxsus biksga solinib avtokavlavga qo`yiladi. Bosim bilan bug` harorati orasida uzviy fizikaviy bog`lanish mavjud: ! atm,da 120% gacha, 1.5 atm.da 127% ga, 2 atm.da 134% ga teng.
1 atm. bosimda ster-ya 1 soat, 1.5 atm.da 0.45 soat, 2 a tm.da 30 minut davom ettirilishi kerak.
Qaynatib ster-sh- bu usul bilan odatdda metaldan yasalgan asboblar, shisha va rezina buyumlar ster-ya qilinadi Asboblar cho`tka va suv bilan tozalab yuvilgandan so`ng 2% li eritmasida suv qaynab chiqqan vaqtdan boshlab 45 minut davomida qaynatiladi.
Kimyoviy ster-ya- kesadigan asboblar ishqorli suvda yuvilgandan so`ng, oqar suvda chayiladi, qaynab turgan suvda 5 daqiqa solib sterillanadi, keyin spirtda 30 daqiqa yoki tarkibida 3 xil modda bo`lgan eritmada 3 soat saqlanadi. turli maqsadlarda ishlatiladigan yariqatiiq kateterlar maxsus bug` formalinli sterelizatorlarda – sterillash formalin bug`lari bilan 2 sutka mobaynida bajariladi. Shu maqsadda sterelizator tubiga 2-3 ta formalin tabletkasi yoki 20-30 ml suyuq formalin quyiladi. bir qancha asboblarni sterillashda ularni dezinfeksiyalaydigan 1:5000 nisbatdagi diotsit eritmasiga (5 l suvga 100 gr. soda ) 3-4 soatga solib qo`yladi.
Rezina qo`lqoplarni ‘Sovuq
usulda sterillash qo` yidagilardan iborat:
a) tarkibida 3 xil modda bo`lgan eritmada 3 soat mobaynida ster-yalash
b) 2% li xloramin eritmasida 1 soat mobaynida ster-sh.
g) 1:1000 sulema eritmasida 1 soat mobaynida ster-sh.
g) 1:1000 diotsit eritmasida 3 min. sterillash.
Nur bilan sterillash.
mikrob tushishininig oldini olish uchun gamma nurlari izotoplari kuchli bo`lishi, ya`ni 2.5 mlrd ga teng bo`lishi kerak.
Bu usul katta energetik kuchga ega bo`lib, ster-yaninig kuchi materiallarninig hamma chuqurligiga etib boradi. Ama
liyotda beta va gamma nurlanish qo`llaniladi.
ultratovush bilan sterillash bu usulda ster-torlar kuchli antiseptik bilan tol`diriladi va ultratovush tol`qinlari ta`sirida xirurgik asboblar plastmassa buyumlar ster-ya qilinadi. So`nggi vaqtlarda asboblar, rezina ashyolar va optik buyumlarni sterillashda maxsus apparatlar ham qo`llaniladi.
ANTISEPTIKA va uning turlari
Antiseptika deganda jaroxatdagi mikroblarni yuqotish yoki sonini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar tushuniladi.Antiseptikaning fizik, mexanik, kimyoviy, biologik va aralash turlari farqlanadi.
Fizikaviy antiseptika – vositalariga drenaj, sterial tampon, sharchalar, qizdiruvchi ultrabinavsha lampalar va infraqizil lazer apparatlari kiradi. Bundan fizikaviy vositaviy yordamidajaroxatdagi zahar va yiringlar o`z vaqtida sorish va oqim yo`nalish hosil qilish usullari yordamida chiqarib tashlanadi.
Mexanik ant-ka jaroxat va uning atrofini mexanik yo`l bilan tozalash, yot jismlarini olib tashlash, nekrozga uchrashgan va ulishi muqarrar bo`lgan to`qimalarni kesib olib tashlash, jaroxatga birlamchi ishlov berish va tikish kiradi.
kimyoviy ant-kada mikroblarni yo`qotish yoki jarohatda uning rivojlanishini to`xtatish xususiyatiga ega bolgan turli kimyoviy yo`l bilan olinadigan turli antiseptik moddalarni ishlatish kuzda tutiladi.Bunda malhamlar,kukunlar, emulsiyalar, yod, spirt, kimyoviy tarkibga ega bo`lgan va tibbiyot amaliyotiga ishlatiladigan barcha dorilar kiradi.
biologik ant-kaga turli biologik dori moddalarni kiradi.
Bulardan maxsus vaksinalar, immun glabulinlar,qon plazma va anatoksinlar bemor organizmga kiritilganida uning umumiy immuniteti hamda mikroorganizmlarga bo`lgan kurashuvchanlik qobiliyati ortadi va natijada mikroblar organizmdan yo`qoladi. Antibiotiklar, bakteriofaglar va anatoksinlar va anatoksinlar mikroblar to`qimasiga ta`sir qilib qilib uni yo`q qiladi yoki neytrallanadi.
Aralash ant-ka-yuqorida keltirilgan ant-ka turlarini tibbiyot amaliyotida qullashning foydasi va imkoniyati kamligi tufayli ular doimo birgalikda kompleks holatida ishlatiladi. Shuning uchun aralash ant-ka amaliyotida juda ko`p ishlatiladi.
ANTISEPTIK VOSITALAR
Hozirgi vaqtda sonli antiseptiklar qo`llaniladi:
1.GALLOIDLAR.Xloridlar 0.5 % eritmasi xirurg qulini zararsizlantirish, rezina qo`lqoplar,katetarlar drenajlar ster-ya qilish, inf-ya tushgan jaroxatlarni tozalash va davolash, yiringli bo`shliqlarni yuvish uchun ishlatiladi.
Xloramin “B”- 2% li eritmasi xuiddi shu maqsadda ish—di.
Yodning spirtdagi eritmasi -5% li, opretsiya maydoniga, jarohat chetlariga surtish uchun dezinfeksiya qiladigan vositadir.
Yodanat – yodning suvdagi 1% li eritmasi sifatida operatsiya maydonini mikrobsizlantirish uchun ishlatiladi.
Lyugol eritmasi – yod va kaliy yodninig spirt yoki suvdagi eritmasi, ketgutni ster-ya qilish va shilliq pardalarga surtish uchun ishlatiladi.
2.OKSIDLOVCHILAR: Vodorod peroksid eritmasi-3-5% li yiringli jarohatlarni yuvish, yoqimsiz hidni yo`qotadigan vosita sifatida ishlatiladi.
KALIY PERMANGANATning 0.1-0.05 % li eritmasi jarohat, tomoq va og`izni chayish 2-5% li eritmasi yara va kuygan yuzalarga surtish uchun ishlatiladi.
Borat kislotasi- ko`k yiring tayoqchasidan zararlantirish jarohatlarni yuvish uchun 2-3 % li eritmasi qo`llaniladi.
3. Og`ir metall tuzlari. Simob dixlorid – simob ning 1:1000 eritmasi parvarish buyumlari, qo`lqoplarni dezinfeksiya qilish uchun qo`lllaniladi. (sulama eritmasi)
Diotsid- kuchli antiseptik ta`siri bor. Qo`l yuvishda asboblarni materiallarni (chok) ster-ya qilishda ishlatiladi.
PROTARGOL ning 1-3 % li erit-si qovuq yallig`langanda unga yuborish uchun bitiruvchi, antiseptik va yallig`lanishga qarshi vosita sifatida qo`llaniladi.
kollargol 0.2 5 e-si yiringli jarohatlarni yuvish uchun dez-ya va yallig`lanishga qarshi vosita sifatida ishlatiladi.
4.Spirt Etil spirti dez-chi va oshlovchi ta`siri bor. 70 va 96 % li eritmalari qo`lga va oper-ya maydoniga surtish uchun ishlatiladi.
5. FORMALDEGIT –Formalin – formaldegidning suvdagi 36.5-37.5 li eritmasi –asboblarni zararsizlantirish uchun 0.5 % li e-si qo`lllaniladi. Uch xil moddadan tashkil topgan eritma tarkibiga kiradi.
6.FENOL yoki karbol k- k-ta 2-3 % li e-si parvarish buyumlarini zararsizlantirish, asboblar, rezina qo`lqoplarni sterillash uchuin qo`llaniladi.
7.Buyoq moddalar. Rivanol- yiringli jarohatlarni davolash, yiringli bo`shliqlarni yuvish uchun ishlatiladi.
Brilliant yashili spirtdagi 0.1-0.2 % li e-si kuyishda va terinnig yiringli kasalliklarda antiseptik vosita sifatida ishlatiladi.
8. NITROFURAN preparatlari
Furatsilin 1:1000 e-si yiringli jarohatlarni davolash, bo`shliqlarni yuvish uchun qo`llaniladi. Anaerob floraga faol ta`sir etadi.
Furagin 0.1% li e-si jarohatni va og`iz bo`shligini yuvishda kuchli antiseptik eritma hisoblanadi.
9.SULFANIAMID preparatlar. Streptosid- yallig`lanish jarayonlarida ishlatiladi. Kuniga 4-5 marta 0.5-1 gr. ichiladi. Sulfadimetoksin -0.5 gr. tabl. ichish uchun buyuriladi.
10.ANTIBIOTIKLAR
ular mikroblar, o`simliklar, hayvon to`qimalaridan va sintetik yo`l bilan olinadi.
- Pennitsilin guruhi – bitsillin, ampitsilin
-sefalosporinlar –sefaloridin, sefazolin,sefamizin
- tetratsiklin guruhi – morfoisiklin, sigmomitsin,...
- srteptomitsin guruhi- srteptomitsillin...
- makrolidlar guruhi- eritromitsin, kanamitsin, gen-n
- aminoglikozitlar g-hi- monomitsin, neomitsin, kolimitsin,
-Levomitsitin g-hi-sintomitsin, levomitsitin..
-Zamburug`larga qarshi antibiotiklar- nistatin, levorin, amfoteritsin.
|