|
Faza rotorli asinxron motorni nazorat sinovlari
|
bet | 2/4 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 289,28 Kb. | | #250902 |
Bog'liq Elektr mashinalarini tanlash va tekshirish
Faza rotorli asinxron motor tashqi koʻrikdan oʻtkazilganda, kontakt halqaning holati tekshiriladi (yemirilishi, korroziya dogʻlari), chyotkaning holati va uning kontakt halqa yuzasiga bosimi hamda kontakt xalqani qisqa tutashtiruvchi mexanizm holati tekshiriladi.
Faza rotorning pazlariga izolyatsion chulgʻam joylashtiriladi, stator chulgʻami fazalar soni nechta boʻlsa, shuncha rotor chulgʻami fazalar soni mavjud. Rotor chulgʻami asosan yulduz ulanadi, ayrim hollarda uchburchak ulanadi va val ichidan oʻtuvchi uchta chiqish klemmasiga ega. Kontakt halqa yordamida tashqi ishga tushirish qarshiligini ulash orqali yurgʻiziladi. Chulgʻam qarshiligini tekshirganda atrof-muhit temperaturasi oʻlchanadi. Amaliy sovuq holat deb mashina qismlarining harorati atrof–muhit haroratidan 30 C gacha farq qilgan holatga aytiladi.
Qarshilikni oʻlchashda birlik yoki ikkitalik koʻprik usuli, logometr usuli (ommetr yoki mikroommetr) hamda oʻzgarmas tokda voltmetr–ampermetr usuli bilan oʻlchanadi.
Voltmetr va ampermetr usulida oʻlchash (2.1– rasm) elektr koʻprik usulida oʻlchashga nisbatan aniqroq. Oʻlchov asboblarining aniqlik sinfi yuqori boʻlsa, oʻlchash natijasi yuqori boʻladi. Oʻlchov asboblarini shunday tanlash kerakki, oʻlchash natijalari 20–90% oraliqda boʻlsin.
Qarshilikni oʻlchash va yuqori aniq natija olish uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
– voltmetr qarshilik oʻlchanadigan qismga toʻgʻridan – toʻgʻri ulanadi, kuchlanish zanjiri oʻtkazgichlari tok zanjiri oʻtkazgichlaridan alohida ulanadi;
– yechiladigan kontaktlar soni iloji boricha kam boʻlish kerak va yechilmaydigan kontakt yaxshilab payvandlanadi;
– oʻzgarmas tok manbai sifatida yaxshi zaryadlangan akkumulyator batareyasi ishlatilishi zarur;
– bir xil qarshiliklarni oʻlchashda oʻlchash chegarasi oʻzgartirilmaydi;
– oʻlchash natijalarini hisoblash, uning tugashi bilan amalga oshiriladi;
– har bir qarshilikni oʻlchash har xil tokda yuqoridan pastga qarab amalga oshiriladi. Oʻlchashlarning normal soni 3 ta boʻlishi kerak, yuqori aniqlik talab etilsa, 5 ta boʻladi. Oʻlchash natijalari 2.1 - jadvalga yoziladi. Oʻlchash natijalari darhol hisoblanishi kerak.
Bu yyerda Sv – voltmetrning boʻlinma qiymati;
Sa – ampermetrning boʻlinma qiymati;
nv – voltmetrning boʻlinma boʻyicha oʻzgarishi;
na – ampermetrning boʻlinma boʻyicha oʻzgarishi.
- rasm. Asinxron motorning stator chulgʻami qarshiligini oʻzgarmas tokda aniqlash sxemasi
Tajribani oʻtkazish uchun 2.3 – rasmdagi sxema yigʻiladi va tajriba davomida asinxron mashina isteʻmol qilayotgan tok va quvvat yoziladi. Kuchlanish 1,3UN dan 0,2UN gacha (6÷8 nuqta) oʻzgartiriladi. 1,3UN kuchlanish 5 minut davomida ushlab turiladi, oʻramlararo chulgʻam izolyasiyasini sinash uchun quvvat isroflarini taqsimlash quyidagicha boʻladi:
Stator chulgʻamidagi quvvat isrofi:
R0=3I02r0.
bu yerda r0 – tajriba olinayotgan haroratdagi chulgʻam qarshiligi.
Oʻlchash natijalari 2.2 – jadvalga yoziladi va 2.2 – rasmdagi grafik quriladi.
Oʻzakdagi va mexanik isroflar yigʻindisi: Rr+Rm=Ro – Rmo quvvat isrofi, I – tok kuchi va sosφ= f(U) – quvvat koeffitsiyentining kuchlanishga bogʻliqlik grafigi 2.2 – rasmda koʻrsatilgan. Bu grafik yordamida quvvat isrofining taqsimlanishi koʻrinadi.
|
| |