|
Uch fazali ikki chulgʻamli transformatorning sinovi
|
bet | 3/4 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 289,28 Kb. | | #250902 |
Bog'liq Elektr mashinalarini tanlash va tekshirish
Transformatsiyalash koeffitsiyent hamma fazalarning shaxoblangan chulgʻamlarida aniqlanadi. Transformatsiyalash koeffitsiyentni aniqlash uchun koʻprik va ikki voltmetr usullari ishlatiladi. Ikki voltmetr usulida oʻlchash quyidagicha boʻladi. Transformatorning chulgʻamlaridan biriga kuchlanish beriladi va voltmetrlarning biri bilan oʻlchanadi. Bir vaqtning oʻzida boshqa voltmetr bilan ikkinchi chulgʻamdagi kuchlanish oʻlchanadi. Berilayotgan kuchlanish nominal kuchlanishdan katta boʻlmasligi kerak va undan 1% gacha farq qilishi mumkin.
Ulanish guruhini quyidagi usullardan biri bilan aniqlanadi.
1. Toʻgʻri usul (pryamoy metod);
2. Ikki voltmetr usuli;
3. Koʻprik usuli;
4. Oʻzgarmas tok usuli;
Ulanish guruhini ikki voltmetr usuli bilan oʻlchash uchun A va a klemmalar ulanadi(3.1–rasm). Chulgʻamlardan biriga UUN kuchlanish berilib, ketma-ket Uav, UAV, UVv, USs, UVs, USv oʻlchanadi. Olingan Uv-V, US-s, UB-s, US-v qiymatlar 3.1 - jadvaldagi hisob formulalari boʻyicha olingan qiymatlar bilan solishtiriladi. Agarda oʻlchangan va hisoblangan qiymatlar bir xil boʻlsa, unda ushbu guruhlar toʻgʻri boʻladi.
Chulgʻam qarshiligi voltmetr – ampermetr usuli yoki koʻprik usulida aniqlanadi. Oʻlchash paytida tokning qiymati 0,2IN dan katta boʻlmasligi kerak. Bitta chulgʻam qarshiligi oʻlchanganda qolgan chulgʻamlar ochiq boʻlishi kerak.
Voltmetr – ampermetr usulida qarshiliklar oʻlchanayotganda (R<1Ω) boʻlsa 3.3.a – rasm bilan va (R>1Ω) boʻlsa, 3.3.b. - rasmdagi sxemalar yigʻiladi. 1 [Ω] dan kichik qarshilik oʻlchanayotganda oʻlchanayotgan qarshilikning hisoblangan qiymati, voltmetr qarshiligining 0,5% va undan katta qiymatini tashkil etsa, bu paytda oʻlchanayotgan qarshilik qiymati quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi.
– rasm. Transformatorning guruhini aniqlash sxemalari: a) Y/Y–0 ulanish guruhi uchun, b) Y/Y–6 ulanish guruhi uchun, d) Y/–11 ulanish guruhi uchun
- rasm. Transformatorning ulanish guruhini ikki voltmetr usuli yordamida aniqlash
Tok manbai sifatida sigʻimi 200 A·soat, kuchlanishi 4–12 V li akkumulyator batareyasidan foydalaniladi. Chulgʻam qarshiligini oʻlchashda transformator tom qismida joylashgan chiqishlarining toʻgʻri joylashganini tekshirish kerak. Oʻlchash barcha chulgʻamlar va rostlash pogʻonalarida amalga oshiriladi. Faza chulgʻamining liniya qarshiligi qayta ulagich qurilmasining barcha holatida oʻlchanadi.
1.3– rasm. Voltmetr- ampermetr usulida qarshiliklarni oʻlchash sxemalari:
((R<1Ω) boʻlsa, a – rasmdagi sxema bilan va (R>1Ω) boʻlsa, b – rasmdagi sxema bilan oʻlchanadi)
|
| |