|
Referat mavzu: Kompyuter tarmoqlari, uning asosiy tushunchalari va turlari bajardi: pp(S)-2-23- guruhi talabasi
|
bet | 1/7 | Sana | 08.07.2024 | Hajmi | 1,1 Mb. | | #266989 | Turi | Referat |
Bog'liq Referat mavzu Kompyuter tarmoqlari, uning asosiy tushunchalari
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI ORIENTAL UNIVERSITY
PEDAGOGIKA FAKULTETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA YO’NALISHI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN
REFERAT
MAVZU: Kompyuter tarmoqlari, uning asosiy tushunchalari va turlari
BAJARDI: PP(S)-2-23- GURUHI TALABASI
KULIBAYEVA ARUNANING
QABUL QILDI: _______________________
Toshkent 2023
Kompyuter tarmoqlari, uning asosiy tushunchalari va turlari
Reja:
Kompyuterdan foydalanish modellari
Lokal kompyuter tarmog’i
Global kompyuter tarmog’i
KOMPYUTER TARMOQLARI VA ULARNING TURLARI
Hozirgi kunda kompyuterlarni yagona tarmoqqa ulab, ular o 'rtasida ma'lumot almashishni tashkil etish mumkin, Xo'sh, tarmoqning o'zi nima? Uning qanday turlari bor? Internet, intranet, elektron aloqa kabi tushunchalar nimani anglatishi, ularning texnik, dasturiy, axborotli ta'minotini nimalar tashkil qilishi, ularning yaratilishi va ishlashi, ahamiyatini anglash hamda bevosita ishlay olish ko 'nikmalariga ega bo'lish hozirgi jamiyatning har bir a'zosi uchun muhimdir. Ushbu bobda mazkur tushunchalar haqida atroflicha flkr yuritiladi,
Kompyuter tarmoqlari
Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Axborot almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa kompyuterlar bilan umumiy tarmoqqa ulanish kerak bo'ladi.
Kompyuterlarning o'zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuyiga kompyuter tarmoqlari deyiladi.
Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyuterlar va axborot ashyolariga bog'liq
Axborot ashyolari deganda arxiv, kutubxona, fondlar, ma'lumotlar ombori va boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar yig'indisi tushuniladi.
Tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlar yordamida kirish mumkin. Kompyuterlarni tarmoqqa ulash usullari ko'rsatilgan.
Kompyuterlar soniga qarab, tarmoqlar lokal, mintaqaviy va global tarmoqlarga bo'linadi.
|
| |