Reja: Adabiy tur va janrlar haqida tushuncha "Adabiy turlar va janrlar" moduli taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari




Download 85.5 Kb.
bet4/5
Sana24.11.2023
Hajmi85.5 Kb.
#104976
1   2   3   4   5
Bog'liq
Adabiy tur va janrlar
8 - maktab Otalar yig‘ilishi bayonnomasi (1), ЭКОЛОГИЧЕСКИЕ ПРОЕКТЫ В ОБРАЗОВАНИИ, 2.Код постмодернизма., ТЕОРИИ ЗЕМЕЛЬНОЙ РЕНТЫ, СИСТЕМА УПРАВЛЕНИЯ Ф.ТЕЙЛОРА, 1.FORS TILINING TARIXIY TARQQIYOTI , tabiat burchagi, РАТ ma\'ruzalar 2023, Bolalarning mustaqil musiqiy faoliyati, Audio tahrirlash dasturlari, 3-amaliy mashg\'ulot
Ellik yoshgacha pulsizlikdan qiynalasan.

  • Keyin-chi?

  • Keyinmi?.. Ko’nikib ketasan”.

    Hikoya (arabcha so’z, ma’nosi: “1) biror narsaning og’zaki bayoni, tafsiloti; 2) nasriy yo’l bilan yozilgan kichikroq badiiy asar”) – Izzat Sultonning asosli ta’kidlashicha, latifa mazmuniga kirgan voqeadan kattaroq, ammo povestga mazmun beruvchi voqeadan kichikroq sarguzashtni, ko’pincha kishi hayotida bo’lgan bir epizodni tasvirlaydi. Darvoqye, u “... minglab bo’laklarga bo’lingan romandir... kishilik taqdirining poyonsiz poemasidan bir epizod... shunday voqea va hodisani tanlab oladi va o’zining tor ramkasida ifoda etadi” (V.Belinskiy). Hikoyanng eng ixcham ko’rinishi novella (it. novella - yangilik) deb yuritiladi. “Xarakterning muayyan vaziyatdagi holati voqeaning keskin burilish nuqtasida, dinamik syujet, kuchli dramatizm, kutilmagan yechim asosida ko’rsatish - hikoya (novella) uchun eng xarakterli xususiyatdir” (T.Boboyev). Abdulla Qahhorning “Anor”, “Bemor”, “O’g’ri” kabi asarlari hikoya janri talablariga to’liq javob berishi bois, ular mumtoz hikoyalar sanaladi. Ularda kitobxon uchun yangilik bo’la oladigan turmush voqealari realistik va qiziqarli tasvirlangan.
    Novella janri inson hayotining tipik bir lahzasini tasvirlagani uchun, shu lahzani shunchalik yorqin ifodalashi kerakki, unda hamma so’zlar badiiy “yuk” tashishi, “so’z isrofgarchiligiga sabab bo’ladigan ortiqcha detallar ham bo’lmasligi” lozim. Bu haqiqatni so’z san’atining buyuk ustasi Abdulla Qodiriy “O’qish-o’rganish” maqolasida A.P.Chexovning “Chinovnikning o’limi” nomli g’oyatda siqiq, quyuq yozilgan hikoyasi misolida asoslaydi. U yozadi:
    “Hikoyani “ser suv” (ko’p suvli) qiladigan narsalardan biri ko’rsatish o’rniga so’zlab berishdir. Agar Ochumilovning “Baqalamun” ekanini uning so’zlari orqali ko’rsatilmasa, avtor tomonidan ta’riflansa, dunyo-dunyo so’z ketar edi. Chexov buni aytib bermasdan, Ochumilovning o’z so’zi bilan ko’rsatadi.
    Ochumilovning dastlabki fikri:
    - Itni o’ldirish kerak, quturgan bo’lsa ham ajab emas”.
    It generalga qarashli, deyilgandan keyin:
    -It nozik, sen ho’kizday, bo’yingni qara! ”
    Yana it generalniki emas, deyilgandan keyin:
    -Generalning itlari qimmatbaho narsalar edi. Bu bo’lsa, egasiz daydi itga o’xshaydi. Epaqalik yungi ham yo’q. Shunday bema’ni itni ham saqlaydimi kishi!”

    Download 85.5 Kb.
  • 1   2   3   4   5




    Download 85.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Adabiy tur va janrlar haqida tushuncha "Adabiy turlar va janrlar" moduli taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari

    Download 85.5 Kb.