Ma`lumotlar kodlash, raqamli tizim




Download 234,3 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana05.12.2023
Hajmi234,3 Kb.
#111570
1   2
Bog'liq
2-ma\'ruza (4)

Ma`lumotlar kodlash, raqamli tizim. 
Raqamli dasturiy boshqariladigan EMT va komplekslar elektr yuritma dasturiy 
boshqariladigan universal tizimdir. U dastgoxlardlagi turli buyumlarni qayta ishlashda 
keng qo’llanishga ega bo’lib, detallarni qayta ishlash sifati va mexanik unimdorligini 
sezilarli darajada oshishni ta'minlaydi.
RDB li elektr yuritmalar qo’llanilganda buyumlarni qayta ishlash bo’yicha barcha 
texnologik ma'lumotlar buyum yoki qayta ishlovchi instrumentning tezligi va siljishi 
ishlab berishdagi operasiyaning ketma - ketligi va boshqalar raqamlar ko’rinishida 
beriladi. Barcha raqamlarning majmuasi ushbu buyumga ishlov berish dasturini tashkil 
etadi. Dastur oldindan mos ravishda xisoblandi, kodlashtirilgan u yoki bu turdagi dastur 
tashuvchiga yoziladi. Buyumga ishlov berish oldidan dastur elektr yuritmaning dasturiy 
qurilmasiga kiritiladi.
U operatorning bevosita qatnashi ishsiz buyumga ishlov berishni ta'minlaydi. 
Boshqa buyumga ishlov berish uchun faqat dasturni almashtirish talab qilinadi. 
U yordamchi operasiyalarni (instrumentni olib kelish va chetlashish detalni 
o’lchash, keltirish kattaliklarini xamda kesish tezliklarini o’rnatish va boshqalar) chiqarib 
tashlashi xisobga ishlov berish vaqtini sezilarli kamaytiradi.


Shunday qilib, RDB li dasturiy boshqarish tizimi (DBT). Dasturiy boshqariladigan 
elektr yuritmaning ma'lum bir ko’rinishidir. RDB lik tizimlar analogi, (uzluksiz) va 
diskretli (impulsli) tizimlarga bo’linadi. Analogli RDB tizimlarda buyumlarga ishlov 
berish dasturlarini tashkil qiluvchi raqamlar majmuasi qandaylir uzluksiz o’zgaruvchi 
analogli fizikaviy kattalikka (o’zgarmas tok kuchlanishi sinusoid kuchlanishning fazasi 
yoki amplitudasi va boshqalar) o’zgartiriladi. Bu kattalik elektr yuritma uchun kirish, 
boshqaruvchi ta'siri bo’ladi. Diskretli RDB tizimlarida dastur boshqaruvchi impulslar 
ketma-ketligi sifatida berilib, ularning xar biriga buyum yoki instrumentning ma'lum bir 
siljishi mos keladi. Bunda impuls sonlari siljish qiymatini, ularning chastotasi esa siljish 
tezlanishini aniqlaydi.
RDB li tizimlar quyidagi ikki rejimlardan biridan ishlaydi: pozisiyalash bo’yicha 
va konturli bo’yicha ishlov berish. Pozision (koordinatali) RDB tizimlari buyumga yoki 
uning to’g’ri chiziqli siljishiga nisbatan instrumentni aniq o’rnatishni ta'minlaydi. 
Bunday rejimlar frezerlash bir necha teshiklarni formalashda yoki yo’nishda, shuningdek 
buyumlarni randalash va silliqlashda kerak bo’ladi. Bunda instrument yoki buyum 
instrument o’rnatilgan (pozitsiyalashgan) nuqtalar orasidagi eng qisqa to’g’ri chiziqli yo’l 
bo’yicha siljiydi. 
Konturli (funksional) RDB li tizimlar buyum, instrument yoki buyumni ixtiyoriy 
trasktoriyada siljishini ta'minlaydi, bu turli konfigurasiyaga ega bo’lgan buyumlarga 
konturli ishlov berishda talab qilinadi.
RDB li tizimlar yopish yoki ochiq bo’lishi mumkin. Yopiq tizimlarda datchiklar 
yordamida instrument yoki buyumning xaqiqiy o’rin joyi o’lchanadi va bu malumot 
teskari aloqa ko’rinishda taqqoslovchi qurilmaga beriladi. Ushbu qurilmada u, dasturiy 
qurilma signali bilan solishtiriladi. Xaqiqiy o’rin joyi topshiriqqa nisbatan farq qilganda 
elektr yuritmaning boshqarish tizimiga, instrument yoki buyumni o’rin joyini kerakli 
korreksiya qilishni ta'minlovchi, qo’shimcha boshqarish signali beriladi. Shu orqali yopiq 
RDB tizimlari, buyumlarga ishlov berishni yuqori aniqligini ta'minlaaydi.
Ochiq RDB tizimlarida instrument yoki buyumning xarakati nazorat qilinmaydi va 
topshiriqqa nisbatan bevosita solishtirilmaydi. Shuning uchun, tizim ko’rsatkichlarini 
yoki qandaydir tashqi ta'sirlarni, misol uchun, yuritma validagi qarshilik momentni, 
tasodifiy o’zgarishi dasturga ishlov berish aniqligini kamayishini chaqiradi. Shu bilan bir 
qatorda ochiq tizimlar yopiqlarga nisbatan sozlash va ishlashda soddaroqdir. RDB tizimi 
dastgoxlarda buyumga ishlov berish jarayoniga bir necha bosqichlardan iborat bo’lgan 
bunda tastur tashuvchini tayyorlash oldin keladi. Buyumga ishlov berish dasturini tuzish 
uchun boshlang’ich ma'lumotlar sifatida quyidagi texnologik kattaliklar bo’ladi: 
tayyorlamaning o’lchovlari (chala maxsulot) va buyumning chizmasi, tayyorlamaning 
materialli, instrumentning xarakteristikalari, buyum tayyorlashning aniqlik darajasi, 
ishlov berishning ko’rinishi va xarakteri.
Dastur tuzishning 1-chi bosqichida maxsus chizma tayyorlanadi. Bunda buyum 
to’g’ri burchakli koordinatalar tizimida ko’rsatiladi. (xajm bo’yicha ishlov berilganda 3-
koordinata xam beriladi) so’ngra qabul qilingan koordinatalar tizimida instrument 
(buyum)ning siljishi dasturlanadi, bunda pozision RDB tizimlari orasidagi siljishlar 
dasturlanadi, konturli RDB tizimlari uchun esa - instrument (buyum) markazini kerakli 
troektoriya bo’yicha siljishi dasturlanadi. Dastur tayyorlashning keyingi bosqichida 
buyumga ishlov berishning texnologik kartasi tuziladi. Unda kesim tezligi berilishi va 
chuqurligi va koordinata o’qlari bo’yicha siljish kattaliklari ko’rsatilgan xolda instrument 
(buyum) ning barcha siljishlarining ketma-ketligi aniqlanadi. Ma'lumotlarning kiritishga 
qulay bo’lishi va dastur tashuvchining uzunligini kamaytirish uchun texnologik kartadagi 


barcha ma'lumotlar kodlashtiriladi. RDB tizimlarida ikkilangan va ikkilanmagan- 10 li 
kodlar eng ko’p tarqalgan. Bunda ikkilangan va 10 li sanoq tizimdan foydalaniladi. 
Dastur tashuvchiga dastur aloxida. "Bo’laklar" (bloklar) ko’rinishida yoziladi. Xar bir 
blok texnologik siklining ushbu bosqichidagi buyumga ishlov berishi to’g’risidagi barcha 
ma'lumotlarni o’z ichiga oladi. Kordinata o’qlari bo’yicha siljish tezligi va yo’nalishi, 
ishlov berish rejimlari. Sovutish rejimlari va boshqalar. Bu ma'lumot aloxida "So’zlar" 
yordamida ifodalanib, ularning xar biri yoki koordinata o’qlari bo’yicha siljish qiymatini 
yoki uning tezligi va yo’nalishini yoki qandaydir yordamchi kamandalarni aniqlaydi. 
Buyumga ishlov berish dasturini o’z ichiga olgan xolda tayyorlangan DT., elektr 
yuritmaning kirish qurilmasiga o’rnatiladi (2.2-rasm).
Kirish va dasturga ishlov bersh qurilmasi (KDIB.Q) da foto o’quvchi F.O’. va 
kuchaytirgich - shakllantirgich ksh yordamida dastur tashuvchi DT dagi kodlash 
tirilgan axborot aloxida kadrlar bo’yicha qo’yiladi va elektrik signallarga 
qo’yiladi. O’qilayotgan bir kadr to’g’risidagi ma'lumot bufer (oraliq xotiraga yozilguncha 
R.D.B) tizimining ishchi xotirsi va keyingi bloklarida oldingi kadrlar to’g’risidagi 
axborotlarga ishlov berish amlg oshiriladi. Ishchi xotira bo’shatilishi mobaynida unga 
bufer xotirasidan ma'lumotlar o’tkaziladi, bu orqali dastgoxni boshqarish jarayonini 
uzluksizligi ta'minlanadi. 
2.2-rasm: Dasturiy boshqariladigan EYu ning tuzilmaviy sxemasi. 
 
Bufer va ishchi xotir qurilmasi XQ tarkibiga keyingi xotiradan elektrik signallar 
interpolyator (deshifrator) И kirishiga beriladi. U ushbu kodlashtirligan signallarni elektr 
impulslar ketma - ketligi (bular unitar kod deb ataladi) ga o’zgartiradi va ularni elektr 
yuritma kirishiga beradi, elektr yuritma impulslar ketma - ketligini qayta ishlashini 
amalga oshirib, dastgox ijro organini siljishi ta'minlaydi. Bunda, impulslar soni siljish 
kattaligini ularning qaytalanish chastotasi esa siljish tezligini aniqlaydi. Xotira qurilmasi 
XQ boshqarish pulti BP bilan bog’langan. 
RDB tizimi shuningdek, mos ravishda turli elektro mexanik va elektromagnit 
qurilmalarni-elektromagnit nuqtalar, dastgoxlarning turli mexanik vositalarining 
elektromagnitlari, rele va kontaktorlarning g’altaklarini xamda boshqarishni ta'minlaydi. 
2.2-rasmda ular shakli ravishda elektro avtomatika bloki EB tarzida ko’rsatilgan. 
2.3-rasm. EHM asosidagi dasturiy qurilmali EYu ning tuzilmaviy sxemasi 2.2- 
rasmdagi RDB sxemasi detalga ishlov berish texnologik jarayoni ko’rsatkichlarining 
datchiklari (TJD bloki) bilan to’lg’azilishi mumkin. Bunday xolatda RDB tizimi yopiq 
tizim bo’lib, detalga ishlov bershning yuqori sifatini ta'minlaydi, bundan tashqari RDB li 
elektr yuritma sxemasi dasturlarni kiritish va o’chirishni nazorat qilish, dastgox elektr 
qurilmalarini ishlardagi ximoya, blokirovka va signallashtirishni ta'minlovchi bir qator 
bloklar va jixolarga xam ega bo’ladi. 


2.3- rasm: EHM asosidagi dasturiy qurilmali EYu ning tuzilmaviy sxemasi 
O’zining texnikaviy imkoniyatlari va xususiyatlariga ko’ra RDB ning tuzilmasi 4 
guruxga bo’linadi.Ular xalqaro tasnifga ko’ra quyidagicha belgilanadi; HNC, SNC, CNC 
va DNS. HNC (Hond numericad control) tizimi boshqarish pulttidan dasturlarni dastagi 
berilgandagi tezkor boshqarishini ta'minlaydi. SNC (Stored numericad control) tizimi 
dasturlarni saqlash uchun xotira qurilmasiga ega va ishlov berish oldidan bir marta 
qo’yiladigan dasturli bir xil turdagi chala maxsulotlar partiyasiga ishlov berishni 
ta'minlaydi. CNC (Computer numericad control) tizimi o’zishini dasturlash va 
boshqarishning talab qilingan algoritmini ishlab chiquvchi mikro EHMni qo’llashga 
asoslangan. DNC (Pirect numericad control) tizimi SNC va CNC tizimlarga ega bo’lgan 
RDB li bir gurux dastgoxlarni bevosita raqamli boshqarishni amalga oshirishni 
ta'minlaydi. DNS tizimi shuningdek, o’zining tuzilmasida EHM dan foydalanishni ko’zda 
tutadi.
Xozirgi paytda mikroprosessorlar va kompyuterlar qo’llanilgan RDB tizimlari 
keng tarqalgan (2.3-rasm). 
Kompyuterga boshqaruvchi dastur dastur tashuvchi DT dan yoki boshqaruvchi 
pultdan BP dan dastur kirituvchi blok DKB va kirsh - chiqish qurilmasi KChQ 1 orqali 
kiritiladi. So’ngra u kompyuterning xotira qurilmasiga keladi. Doimiy xotira qurilmasi 
DXQ dasturning o’zgarmas qismi, dekotlashtirish, interpolyasiyalash va kerakli xisoblar 
uchun ma'lumotlar saqlandi. 
Tezkor xotira qurilmasi TX ga (DZU) boshqauvchi dastur ma'lumotlaridan 
tashqari texnalogik jarayonning borishi, ximoya blokirvkalarning xolati to’g’risidagi 
teskar aloqa datchiklari TAD dan olinadigan joriy ma'lumotlar keltiriladi. Bular asosida 
elektr yuritma EYuG ga va dastgoxning elektroavtomatika EA qurilmasiga boshqaruvchi 
tasirlash ishlab chiqariladi. Kompyuterning dastgox elektr qurilmalari bilan bog’lanishi 
kirish - chiqish qurilmalari KChQ 2 - KChQ 4 orqali amalga oshiriladi. Kompyuter 
ko’rsatilgan bloklardan tashqari mikroprosessorlar MP va taymer T ni oladi.
RDB tizimlarida kompyuterlarni qo’llash ularni funksional imkoniyatlarini 
keskin kengaytiradi: 
dastgoxni ishlshga dasturiy yo’l orqali ta'sir ko’rsatish; 
dastgox bilan operatorni diyalog rejimida muloqat T ni amalga oshirish; 
dastgox va RDB tizimi diagnostikasini olib borish;
universal - xompazision, xom konturli detallarga ishlov berish rejimlarini amalga 
oshirishini ta'minlaydi. 
Bundan tashqari kompyuter turli koordinatlar bo’yicha instrument (yoki detalni) 
ni xarakatini ta'minlovchi bir nechta elektr yuritmalarni boshqarishni ta'minlaydi. 


Sanoq tizimi deb, predmetlar majmuasini maxsus belgilar bilan belgilashni 
tushuniladi. Raqamli qurilmalarda ikkili sanoq tizimi deb ataluvchi tizim ishlatiladi. 
Bundan tashqari EHM va mikroprosessor sistemalarida o’n oltilik sanoq tizimi deb 
ataluvchi tizim ham ishlatiladi. Demak, raqamli texnologiyani tushunish uchun bir sanoq 
tizimidan ikkinchi tizimga va aksincha teskarisiga o’tkazishni bilish kerak. 
Nazorat savollari: 
1. Raqamli boshqariluvchi EMT va komplekslarni avzalligi nimada? 
2. DBT elektr yuritmaning tuzilish sxemasini izoxlang. 
3. EHM asosida dasturiy boshqariluvchi EYuni vazifasi nima? 

Download 234,3 Kb.
1   2




Download 234,3 Kb.
Pdf ko'rish