Xavfsizlikni ta’minlash vositalari




Download 34.05 Kb.
bet4/4
Sana03.06.2022
Hajmi34.05 Kb.
#22797
1   2   3   4
Bog'liq
Hayot Mustaqil ish
1 Mavzu Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar, ularning tavsif, Variant №1 Chiziqli va burchak o`lchagichlar konstruksiyasi Tenz, Microsoft Word, Рақамли қурилмалар, poverhnosti-vtorogo-poryadka
Xavfsizlikni ta’minlash vositalari
Ishlovchilarga zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarining ta’sirini kamaytirish yoki oldini olish uchun ximoya vositalari qo’llaniladi. Ishlovchilarning ximoya vositalari inson organizmiga eng ma’qul sharoitlarni xosil qilishi va quyidagilarni ta’minlashi lozim:
- ish zonasidan xavfli va zararli narsalar, xamda materiallarni uzoqlashtirish yoki xaydash;
- zararli omillar miqdorini belgilangan darajadagi sanitar normagacha kamaytirish;
- ishlovchilarni qabul qilingan texnologiyalar va ish sharoitlarida xamrox bo’lgan zararli va xavfli ishlab chiqarish omillaridan ximoya qilish;
- texnologik jarayon bo’zilganda paydo bo’ladigan salbiy omillardan ximoya qilishi lozim.
Ximoya vositalarini tanlash xar bir aloxida xolatlarda Mexnat xavfsizligi talablariga asosan amalga oshiriladi. Xavfsizlikni ta’minlashprinsiplari va usullarini gavdalantirishda xar xil ximoya vositalari qo’llaniladi.
Ximoya vositalarining qo’llanilishi xarakteri bo’yicha kollektiv ximoya vositalari (KXV) va shaxsiy ximoya vositalariga (ShXV) bo’linadi. Xar biri vazifasiga ko’ra sinflarga bo’linadi. KXV zararli va xavfli omillarga bog’lik xolda: shovqindan, titrashdan, elektrostatik zaryadlardan ximoyalash vositalariga sinflanadi. ShXV asosan ximoyalanadigan inson a’zosi yoki a’zolar guruxiga qarab: nafas a’zolarini, qo’l, bosh, bet (yuzni), kuzni va eshitish a’zolarini ximoya qilish vositalariga bo’linadi. KXV texnik tayyorlanishiga qarab quyidagi guruxlarga bo’linadi: to’siqlar, blokirovkalar, tormozlar, saqlaguvchi moslamalar, Yorug’lik va ovoz signallari, xavfsizlik asboblari, signal ranglari, xavfsizlik belgilari, avtomatik nazorat qurilmalari, masofadan boshqarish vositalari, elektr jixozlarini yerga ulash va nollash qurilmalari, shamollatish (ventilyatsiya), yoritish, isitish, sovutish (kondisionerlash), izolyatsiyalash, germetizasiyalash vositalari kiradi.
Shaxsiy ximoya vositalariga: gidroizolyatsiya kostyumlari, skafandrlar, protivogazlar, respiratorlar, pnevmoshlemlar, pnevmomaskalar, xar xil turdagi maxsus kiyim va poyafzallar, tutgichlar, qo’lqoplar, kaskalar, shlemlar, shapkalar, shlyapalar, shovqinga qarshi shlemlar, quloqqa quygichlar (vklado’shlar), ximoya ko’zoynaklari, saqlaguvchi belbog’lar, ximoyalovchi dermatologic (kremlar) vositalar va boshqalar kiradi.
Ximoya vositalari estetik va ergonomic talablarga javob berishi kerak, alohida, inson faoliyati uchun normal sharoitlarni ta’minlashi lozim. Bir vaqtning o’zida ShXV qo’llashda texnik me’yorlarni xisobga olish kerak, ko’pchilik ShXV ma’lum noqulayliklarni keltirib chiqaradi va inson ish kobiliyatining pasayishiga olib keladi. Talablarni xisobga olishning yo’qligi, qisman ShXV qo’llashda buzilishning sababchisi bo’ladi. Ximoya vositalari ximoya va fiziologik ko’rsatgichlari bo’yicha baholanishi kerak.
Download 34.05 Kb.
1   2   3   4




Download 34.05 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xavfsizlikni ta’minlash vositalari

Download 34.05 Kb.