|
Reja: Axborot xavfsizligini ta’minlash
|
bet | 1/4 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 47,5 Kb. | | #136144 |
Bog'liq 1111111111111111111111111axborot
Axborotni himoyalash texnologiyasi axborotlarga bo’lgan xavflar axborot xavfsizligi tizimlari kompyuter virusi va uning turlari
Reja:
Axborot xavfsizligini ta’minlash
Login tushunchasi
Parol tushunchasi
Avtorizastiya tushunchasi
Ro’yxatdan o’tish tartibi
Axborot xavfsizligini ta’minlash. Axborot xavfsizligini ta’minlash – bu foydalanuvchining axborotlarini himoyalashga quyilgan me’yor va talablarni bajarishidir. Axborot xavfsizligi esa bu axborot foydalanuvchilariga va ko’plab axborot tizimlariga zarar keltiruvchi tabiiy yoki sun’iy xarakterga ega tasodifiy va uyushtirilgan ta’sirlardan axborotlarni va axborot kommunikastiya tizim ob’ektlarining himoyalanganligidir.
Login tushunchasi. Login – shaxsning, o’zini axborot kommunikastiya tizimiga tanishtirish jarayonida qo’llaniladigan belgilar ketma-ketligi bo’lib, axborot kommunikastiya tizimidan foydalanish huquqiga ega bo’lish uchun foydalaniluvchining maxfiy bo’lmagan qayd yozuvi hisoblanadi.
Parol tushunchasi. Parol – uning egasi haqiqiyligini aniqlash jarayonida tekshiruv axboroti sifatida ishlatiladigan belgilar ketma-ketligi. U kompyuter bilan muloqot boshlashdan oldin, unga klaviatura yoki identifikastiya kartasi yordamida kiritiladigan harfli, raqamli yoki harfli-raqamli kod shaklidagi mahfiy so’zdan iborat.
Avtorizastiya tushunchasi. Avtorizastiya – foydalanuvchining resursdan foydalanish huquqlari va ruxsatlarini tekshirish jarayoni. Bunda foydalanuvchiga hisoblash tizimida ba’zi ishlarni bajarish uchun muayyan huquqlar beriladi. Avtorizastiya shaxs harakati doirasini va u foydalanadigan resurslarni belgilaydi.
Ro’yxatdan o’tish tartibi. Ro’yxatdan o’tish – foydalanuvchilarni ro’yxatga olish va ularga dasturlar va ma’lumotlarni ishlatishga huquq berish jarayoni. Ayrim veb-saytlar foydalanuvchilarga qo’shimcha xizmatlarni olish va pullik xizmatlarga obuna bo’lish uchun ro’yxatdan o’tishni, ya’ni o’zi haqida ayrim ma’lumotlarni kiritishni (anketa to’ldirishni) hamda login va parol olishni taklif qiladilar. Foydalanuvchi ro’yxatdan o’tgandan so’ng tizimda unga qayd yozuvi (account) yaratiladi va unda foydalanuvchiga tegishli axborotlar saqlanadi.
|
| |