-rasm. Yoshga bog‘liq holda tana proportsiyalarining o‘zgarishi




Download 32,72 Kb.
bet3/7
Sana19.12.2023
Hajmi32,72 Kb.
#124051
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ish 1

2-rasm. Yoshga bog‘liq holda tana proportsiyalarining o‘zgarishi.
Jinsiy yetilish davri boshlanguniga qadar (pubertatoldi davri) gavda proporsiyalarida jinsiy farqlar kuzatilmaydi, jinsiy yetilish davrida esa (pubertat davri) o‘smirlarning oyoq qo‘llari qizlarnikiga nisbatan uzunroq, gavda kaltaroq, chanoq suyagi torroq bo‘ladi.
Gavdaning uzunligi bilan kengligi orasidagi proporsiyalar farqini uch davrga bo‘lish mumkin: 4 yoshdan 6 yoshgacha; 6 yoshdan 15 yoshgacha va 15 yoshdan voyaga yetgan holatgacha bo‘lgan davrlar. Agarda pubertatoldi davrida umumiy o‘sish asosan oyoqlarni o‘sishi hisobiga ortsa, pubertat davrda esa – gavdaning hisobiga ortadi.
Tananing ayrim qismlarini hamda ko‘plab boshqa organlarning ham o‘sish tasviri tananing uzunligini o‘sish chizig‘ i bilan mos keladi. Lekin, ayrim organlar va tananing qismlarida o‘sish boshqacha tipda bo‘ladi, masalan, jinsiy organlarning o‘sishi jinsiy yetilish davrida tezlik bilan yuz beradi, limfatik to‘qimalarning o‘sishi bu davrda tugagan bo‘ladi. 4 yoshli bolalarda boshning o‘lchamlari voyaga yetgan odamlar bosh o‘lchamining 75-90 % ga yetadi. Skeletning boshqa qismlari 4 yoshdan keyin ham jadal o‘sishda davom etadi.
Jinsiy yetilish davrida faqatgina jadal o‘sishgina yuz bermay, balki ikkilamchi jinsiy belgilarni shakllanishi ham jadal davom etadi.
Organizmning ayrim tizimlarining o‘sish jarayonida geteroxroniya hodisasi faqatgina ularning o‘sish tempini oshirish paytida kuzatilmaydi. Fiziologik tizimlarning ayrim qismlari ham notekis yetiladilar.
Asab tizimi doimo yaxlit bir butun singari faoliyat ko‘rsatadi, lekin uning ayrim qismlari turli muddatlarda va turli templarda rivojlanadi va shakllanadi. Masalan, asab tizimining markazga intiluvchi yoki afferent tolalari, ya’ni tananing periferik qismidan impulslarni markaziy asab tizimiga olib boruvchi qismi bola tug‘ilishidayoq yetarlicha shakllangan bo‘ladi va 6-7 yoshda to‘liq va oxirigacha yetiladi. Shu bilan birga asab tizimining markazdan qochuvchi, yoki efferent ya’ni markaziy asab tizimidan impulslarni ishchi organlar – muskullar va bezlarga olib boruvchi qismi faqatgina 23-25 yoshgacha kelib to‘lig‘icha yetiladi.
O‘sishning notekisligi – bu evolyusiya davomida shakllangan moslashishdir. Hayotning birinchi yilida tananing uzunasiga juda tez o‘sishi tana og‘irligining ortishi bilan bog‘liq bo‘lsa, kelgusi yillarda o‘sishning sekinlashishi organlar, to‘qimalar, hujayralarning faol tabaqalanish jarayonlarini namoyon bo‘lishi bilan ta’minlanadi.
Yuqorida qayd qilganimizdek, rivojlanish morfologik va funksional o‘zgarishlarga olib kelsa, o‘sish esa to‘qimalar, organlar va butun tananing og‘irligining ortishiga olib keladi. Bola mutadil rivojlanganda bu jarayonlar bir-biri bilan uzviy bog‘langan bo‘ladi. Ammo, o‘sishning jadal davri tabaqalanishning jadal davrlari bilan mos kelmasligi mumkin.
Kuchli tabaqalanish o‘sishning sekinlashishini chaqiradi. Bosh va orqa miyalarning massasining o‘sishi asosan bola 8-10 yoshga yetganida deyarlik voyaga yetgan odamnikiga tenglashib tamomlanadi, asab tizimining funksional jihatdan takomillashishi yana ancha uzoq muddat davom etadi.
Harakat analizatorlarining yetilishi qator harakat funksiyalarini takomillashishi bosqichlarini bosib o‘tganidan keyin asosan 13-14 yoshda tugaydi. Shu bilan birga 15-18 yoshlar davomida muskul to‘qimalarining yana jadal o‘sishi va tabaqalanishi yuz beradi.
Rivojlanishning geteroxroniyasi tezlashgan va tanlangan o‘sishning va ontogenezning aynan shu bosqichida barcha organlarga nisbatan organizm uchun zarur bo‘lgan tuzilmalarning va ularning funksiyalarini tabaqalanishini ta’min etadi.
Ayrim morfologik hosilalarning yoki funksiyalarning rivojlanishini qiyosiy jihatdan o‘rganishda kuzatiladigan geteroxronizm, bola organizmining, uning hayotining ayrim bosqichlaridagi gormonik rivojlanishni yo‘qolishini yoki buzilishini ko‘rsatkichi hisoblanmaydi. Har bir yosh davrlariga xos bo‘lgan xususiyatlar bilan bir qatorda rivojlanishning shaxsiy xususiyatlari ham tipik hisoblanadi. Bu xususiyatlar salomatlik, hayot sharoiti asab tizimining rivojlanish darajasiga bog‘liq holda o‘zgarib turadi. Rivojlanishdagi keskin xususiy o‘zgarishlar odatda hayotning birinchi yilida, qachonki ular tug‘ma xususiyatlar va tarbiyalash sharoiti bilan birga bo‘lganda namoyon bo‘ladi.

Download 32,72 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 32,72 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Yoshga bog‘liq holda tana proportsiyalarining o‘zgarishi

Download 32,72 Kb.