• Moddalar Oqava suvdagi miqdori
  • Oqava suvlar tarkibida quyidagi zararli moddalar va birikmalar bo‘lishi mumkin




    Download 277,11 Kb.
    bet2/4
    Sana04.12.2023
    Hajmi277,11 Kb.
    #111011
    1   2   3   4
    Bog'liq
    kompleks
    Azimjonova D. (1), 5111400, BITIRUV MALAKAVIY ISHI, 12000-KURS ISHI YUZI, 20, 1-kurs test, 2-kurslarga test, 1711512692-4, 1-Mustaqil ish To’plamlar va ularning berilish usullari. Missola
    Oqava suvlar tarkibida quyidagi zararli moddalar va birikmalar bo‘lishi mumkin.
    - Texnologik jarayonlarda qo‘llanilayotgan kislotalar va ishqorlar.
    - Reagentlarda erigan temir, mis, nikel, rux, kaliy, alyuminiy,kobalt, kadmiy,surma va boshqa metallar ionlari.
    - Tsionidlar – suvlarni asosiy ifloslantiruvchi moddalar turkumiga kirib boyitish fabrikasida flotoreagentlar sifatida keng qo‘llaniladi, shuningdek tsianidlar ruda va boyitmalarda oltinni ajratib olishda asosiy reagent xisoblanib, oltin ajratish fabrikalarida keng qo‘llaniladi shuningdek tsianidli eritmalarda rangli metallar bo‘lishi (mis, rux va boshqalar komplekslar hosil qilib, inson hayoti uchun zaharli hisoblanadi).
    - Ftoridlar ham boyitish fabrikasida flotatsiya jarayonida reagent sifatid qo‘llaniladi va ular jumlasiga ftor kislotasi, natriyning ftor kremniyli tuzi miso bo‘ladi.
    - Foydali kazilmalarni flotatsion boyitish jarayonida, reagent sifatida neftmahsulotlaridan keyin, fenol va krezollar, mis, mis-molibden hamda molibden volfram rudalari uchun foydalaniladi.
    Xullas boyitish fabrikalaridan chiqayotgan oqava suvlar tarkibi jixatidan zararli moddalarga juda boy bo‘lib, atrof – muxitdagi suvlarni sezilarli darajada zaharlaydi, u esa o‘z navbatida ekologiya va insoniyat hayotiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Shuning uchun fabrikadan chiqayotgan oqava suvlarni tozalash muxim ahamiyatga ega, undagi zararli moddalarni miqdori mumkin qadar kam bo‘lib, sanitar normativlarida belgilangan kontsentratsiyadan oshmasligi shart,jumladan:
    Moddalar Oqava suvdagi miqdori
    Moddalar Oqava suvdagi miqdori quyidagi ko‘rsatgichdan oshmasligi shart, mg/l
    Kislota 0,25
    Kobalt 1,0
    Tsianidlar 0,1
    Mis 0,1
    Ftoridlar 1,5
    Molibden 0,5
    Nikel 0,1
    Simob 0,005
    Qo‘rg’oshin 0,1
    Ksantogenatlar 0,001
    Strontsiy 2,5
    Volfram 0,1
    Surma 0,05
    Temir 0,5
    Titan 0,1
    Kadmiy 0,01
    Rux 1,0
    Atrof muhitni oqava suvlardan zararlanish darajasini kamaytirish usullaridan biri bu boyitish texnologiyasida qo‘llanilayotgan suvlarning aylanma harakatini ta’minlashdir, ya’ni fabrikadan chiqayotgan oqava suvlarni texnologik jarayonga qaytarishdan iboratdir. Qaytarma oqava suvlar toza suvlardan farq qilib, ular texnologik jarayon ko‘rsatgichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Jumladan: mis-molibdenli rudalarni boyitish fabrikasidan chiqayotgan suvlar tarkibi dispers zarrachalar va kerosindan tozalash ishqordan foydalaniladi, natijada oqava suvlardan kaltsiyning miqdori ortib ketishi flotatsiya jarayonini buzadi. Oqava suvlarning zararli darajasini kamaytirishning yana bir usuli, bu jarayonda qo‘llanilayotgan reagentlarni tejamkorligini tejashdan iboratdir, samarali usullardan yana biri, bu oqava suvlarni chiqishini kamaytirish, avariya xolatlarining oldini olish va xokazolar kiradi.
    Boyitish fabrikalarida oqava suvlarni tozalash buyicha alohida bo‘limlar faoliyat ko‘rsatadi, ularda oqava suvlarni tozalashning bir qator usullari ishlab chiqilgan bo‘lib, ularga quyidagilar misol bo‘ladi: Oqava suvlarni tindirish, bu jarayon 4 soatdan 10 soatgacha davom etib disspers zarrachalar cho‘ktiriladi. Buning uchun turli organik va noorganik koagulyantlardan foydalaniladi, ularning vazifasi mayda dispers zarrachalarning to‘plashdan iborat bo‘lib, natijada jipslashgan zarrachilarni cho‘kish tezligi oshadi va jarayon tez kechadi. Bunday koagulyantlarga ohakli suv Sa(ON)2, temir sulfati
    FeSO4 7N2O; temir xloridi va poliakrilamidlar, uniflok misol bo‘ladi.
    Oqava suvlarni kislotadan tozalashda neytrallash usuli qo‘llaniladi, neytrallash ohak, so‘ndirilgan ohak, dolomit, magnezit, soda va boshqa reagentlar yordamida amalga oshiriladi.

    Download 277,11 Kb.
    1   2   3   4




    Download 277,11 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oqava suvlar tarkibida quyidagi zararli moddalar va birikmalar bo‘lishi mumkin

    Download 277,11 Kb.