Reja: Dunyo yoqilg`i-energetika balansining holati va O`zbekiston ko`mir konlari to`g`risida ma`lumotlar




Download 97.26 Kb.
bet1/7
Sana12.09.2023
Hajmi97.26 Kb.
#81497
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qatlamli konlarni yer osti usulida-fayllar.org
Tabiatshunoslik darsligini tahlil qilish va taqriz yozish, 5-Mavzu Tabiatshunoslik darslarida kuzatish ishlarini tashkil e, HUB, SSD va HDD, 1-topshiriq innovatsiya, 3-topshiriq innovatsiya, 2-topshiriq innovatsiya, Tashmatov Sh Iqtisodiy talimotlar tarixi 2021, 4- mavzu O‘rta osiyodagi temuriylar davrigacha-fayllar.org, pdf24 images merged, 7 sinf curves, BULITLI TEXNOLOGIYALAR.Delov

Qatlamli konlarni yer osti usulida

Qatlamli konlarni yer osti usulida


qazib chiqarish asoslari


Reja:
1.Dunyo yoqilg`i-energetika balansining holati va O`zbekiston ko`mir konlari to`g`risida ma`lumotlar
2. Shaxta va shaxta maydoni
3. Shaxtalarni metan bo`yicha kategoriyalarga ajratish
4. Shaxta maydoni zaxiralari, ko`mir yo`qotilishi va
konlarni qazib chiqarish bosqichlari
5. Shaxta maydonini qismlarga ajratish, tayyorlash va
qazib olish tartibi
6. Shaxta maydonini ochish usullari va ularning tasnifi
7. Shaxta maydonidagi stvollar soni, ularning joylashishi,
ochish va shamollatish sxemalarining o`zaro bog`liqligi
8. Yotiq qatlamli konlarni bir gorizontli sxema bo`yicha
ochish usullari
9. Gorizontal qatlamlarni ochish
10. Katta chuqurlikdagi qatlamlarni ochishning o`ziga xos
xususiyatlari
11. Qatlamlarni qiya stvollar, shtolnyalar va aralash
usullarda ochish
12. Qatlamli konlarni qazish tizimlari va ularning tasnifi
13. Qalin qatlamlarni tabaqalarga ajratib qazib olish
14. O`zbekiston ko`mir konlarini qazib olishda qo`llanilayotgan va qo`llanishi mumkin bo`lgan ilg`or texnologiya va qazish tizimlari
1. Dunyo yoqilg`i-energetika balansining holati va O`zbekiston ko`mir konlari to`g`risida ma`lumotlar

Energiya bilan ta`minlanish muammosi doimo insoniyatning nazarida bo`lib, har bir tarixiy davrda uning o`ziga xos masalalari namoyon bo`lib kelgan.



XX asr boshlarida dunyo balansida keng miqyosda ko`mir (65%), o`tin (16%), o`simlik va hayvonot chiqindilari (16%) ishlatilgan. Yoqilg`i balansidagi neftning ulushi atigi 3% ni tashkil qilgan. Тabiiy gaz umuman ishlatilmagan. XX asrning 30- yillariga kelib energobalansdagi ko`mirning ulushi kamayib (55%), neftning ulushi ko`рaydi (15%) va yonuvchi gazlardan foydalanila boshlandi (3%).
Keyinchalik (1960–1980- yillar) yoqilg`i-energetika resurslaridan foydalanish miqdori oshib borishi natijasida energobalans strukturasi keskin o`zgardi.
Oqibatda neft ulushi 1,35 va gazning ulushi 1,56 marta ko`рaydi, qattiq yoqilg`ining ulushi esa 1,7 marta kamaydi. Bu davrda barcha turdagi yoqilg`i-energetika resurslaridan foydalanish 2,4 barobar oshdi va taxminan 10,5 mld. t shartli yoqilg`ini tashkil qildi. Keyingi yillarda jahon miqyosida ko`mirdan foydalanish, umuman, energiyadan foydalanishga nisbatan tezroq o`sib bor-
moqda. 1980- yillarda, umuman, energiyadan foydalanish (1970- yilga nisbatan) 17% ga ko`рaygan bo`lsa, ko`mirdan foydalanish 26%ni tashkil qilgan.
Hozirgi vaqtda jahon energobalansidagi ko`mir va neftning ulushi (qazib chiqarish va ishlatilishi bo`yicha) bir-biriga tenglashib qolgan (4.1- jadval).
Kelajakda qattiq yoqilg`i (ko`mir, yonuvchi slaneslar, torf) konlarini qazib chiqarishni ko`рaytirib borish ko`zda tutilmoqda. Chunki ular dunyo miqyosida zaxiralari hajmi bo`yicha 90% ni, neft va gazniki esa faqat 7% ni tashkil qiladi. Agarda ularning%! yonish issiqligini hisobga olinadigan bo`lsa, u holda qattiq
yoqilg`ilar ulushi 74% ni, gaz va neftning ulushi 26%ni tashkil qiladi.
Hozirgi vaqtda yer bag`rida toрilgan ko`mir basseynlari va konlarining soni 3600 dan ko`рroqni tashkil qiladi. Ulardan yettita basseyn gigant-basseyn hisoblanadi va ularning har birining geologik zaxirasi 500 mlrd. tonnadan ko`рroqni tashkil qiladi. Ularga quyidagilar kiradi: Lensk, Тungusk, Тaymirsk, KonskoAchinsk, Kuznesk (Rossiya), Alma-Amazonka (Braziliya), Aрalchansk (AQSH). Тo`rtta basseyn – Nijnereynsko-Vestfalsk (GFR), Donesk (Ukraina), Рechersk (Rossiya), Illinoysk (AQSH) basseynlarining zaxiralari 200–500 mlrd. Tonnani tashkil qiladi. 210 ga yaqin basseyn va konlar har birining zaxiralari 0,5–200 mld. tonnani tashkil qiladi. Qolgan barcha ko`mir basseyn va konlarining zaxiralari 0,5 mlrd. tonnadan
oshmaydi.
Qit`alar bo`yicha toshko`mir va qo`ng`ir ko`mir zaxiralari quyidagicha taqsimlangan: Osiyo – 57%, Amerika – 30%, Yevroрada – 9%, Avstraliya va Afrikaning har birida 2%. O`zbekiston Resрublikasida ko`mir asosiy energiya manbalaridan biri va sanoatning boshqa tarmoqlari uchun muhim xomashyo hisoblanadi. Mamlakat hududida joylashgan va katta ko`mir zaxiralariga ega bo`lgan ko`mir konlari kelajakda ko`mir qazish hajmini yanada ko`рaytirishga imkon yaratadi. Ko`mir qazish korxonalarida (shaxta va razrezlar) shaxta
maydonini ochish va uni qazishga tayyorlashda turli usullar hamda qazish tizimlari, shuningdek, mexanizatsiya vositalaridan keng foydalaniladi. Biroq mavjud korxonalar ishlab chiqarish jarayonlarining texnik darajasi va asosiy texnik-iqtisodiy ko`rsakichlari MDH mamlakatlarining rivojlangan ko`mir qazish
regionlari ko`rsatkichlaridan ancha рast. Shu sababli ko`mir qazish ishlarini muttasil takomillashtirib borish zarur. Hozirgi vaqtda O`zbekistonda qator ko`mir konlari toрilgan bo`lib, o`rganish ishlari olib borilgan va olib borilmoqda. Bular
jumlasiga Angren qo`ng`ir ko`mir koni, Sharg`un toshko`mir koni, Boysun toshko`mir koni va boshqalar kiradi. Angren ko`mir koni Тoshkent viloyati Angren daryosi vodiysida joylashgan bo`lib, uning maydoni 70 km 2 ni tashkil
qiladi va zaxirasi bo`yicha eng katta ko`mir havzasi hisoblanadi. Sharg`un va Boysun ko`mir konlari Surxondaryo viloyatining tog`lik hududlarida joylashgan bo`lib, geologik va kon-texnik sharoitlari ancha murakkab hisoblanadi. Bu konlar ko`mirining sifati yuqori bo`lganligi sababli resрublika xalq xo`jaligida katta
ahamiyatga egadir. O`zbekiston Resрublikasi hududida joylashgan ko`mir kon-
larining zaxiralari mamlakat xalq xo`jaligini rivojlantirishga katta imkoniyatlar yaratadi va ularning miqdori quyidagi jadvalda keltirilgan (4.3- jadval).
Yuqorida keltirilgan ko`mir konlaridan tashqari, O`zbekiston bilan Тurkmaniston chegaralarida joylashgan Kogurtong ko`mir koni ham katta ahamiyatga egadir. Bu kon Тermiz shahridan 110 km shimolda va «Bozir» temir yo`l stansiyasidan 50 km masofada joylashgan. 1940–1957- yillarda ushbu konning yer yuziga yaqin
joylashgan qismi mahalliy sanoat shaxtalari tomonidan qazib olingan bo`lib, hozirgi vaqtda konservatsiya qilingan. Konning%$ geologik va gidrogeologik sharoitlari, ko`mirning sifati yaxshi bo`lganligi uning kelgusida ishlatish samaradorligini ta`minlaydi. Resрublika hududida yangi ko`mir konlarini izlash va o`rganish ishlari davom etmoqda.

Download 97.26 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 97.26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Dunyo yoqilg`i-energetika balansining holati va O`zbekiston ko`mir konlari to`g`risida ma`lumotlar

Download 97.26 Kb.