|
Reja: Elektr toki va uning paydo bo’lishi
|
bet | 7/12 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 277,24 Kb. | | #240753 |
Bog'liq Reja Elektr toki va uning paydo bo’lishiU = U1 = U2 = U3 = … = Un. (1-formula)
2. Iste’molchilar parallel ulangan zanjirdagi tok kuchi. 59-rasmda tasvirlangan elektr zanjirni yig’amiz. Ampermetrlarning ko’rsatishlarini kuzatib, quyidagi xulosaga kelish mumkin: zanjirning tarmoqlanmagan qismidagi tok kuchi uning ayrim tarmoqlaridagi tok kuchlarining yig’indisiga teng:
I = I1 + I2.
Agar bizda ikkita emas, balki n ta iste’molchi bo’lsa, u holda tarmoqdagi tok kuchi n ta iste’molchidan o’tayotgan tok kuchlarining yig’indisiga teng bo’ladi:
I = I1 + I2 + I3 + … + In. (2-formula)
3. Parallel tarmoqlanishdagi qarshilik. Fizik hodisalarni o’rganishda ikkita usuldan foydalaniladi: hodisa maxsus tajribalar asosida o’rganiladigan eksperimental usul va tajribalarning natijalariga tayangan holda olingan bilimlarni tahlil qilish asosida o’rganadigan nazariy usul.
Shu vaqtgacha biz asosan birinchi usuldan foydalanib keldik. Parallel tarmoqlanish qarshiligini topish uchun esa nazariy usuldan foydalanamiz.
Tajribadan ma’lumki, parallel tarmoqlanishdagi tok kuchi uning ayrim tarmoqlaridagi tok kuchlari yig’indisiga teng (2-formulaga qarang).
Tarmoqlarning har biri qarshilikka ega. Bu qarshiliklarni R1, R2, R3, …, Rn bilan belgilaymiz. Bundan tashqari, hamma tarmoq uchlaridagi kuchlanish bir xil ekanligi bizga ma’lum (1-formulaga qarang).
Parallel tarmoqlanishning qarshiligini topish uchun butun tarmoqqa Om qonunini qo’llaymiz:
I = U / R.
Endi esa Om qonunini tarmoqlarning har biriga qo’llaymiz:
|
| |