|
Voltaj qiymatini aniqlash
|
bet | 6/12 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 277,24 Kb. | | #240753 |
Bog'liq Reja Elektr toki va uning paydo bo’lishiVoltaj qiymatini aniqlash
Bu maxsus moslama - voltmetr yordamida amalga oshiriladi. U boshqa dizaynga ega bo'lishi mumkin, raqamli yoki ko'rsatgichli bo'lishi mumkin, ammo uning qarshiligi imkon qadar yuqori bo'lishi kerak va oqim minimal bo'lishi kerak. Bu qurilmaning tarmoqdagi ta'sirini va quvvat manbaidan voltmetrga o'tadigan simlardagi yo'qotishlarni minimallashtirish uchun zarur.
Mavzu: Parallel va ketma-ket ulash. O’tkazgichlarning qarshiligini hisoblash. Kondensatorlarni ulash.
Reja:
Iste’molchilarni parallel ulash va uning ahamiyati.
Iste’molchilarni ketma-ket ulash
O’tkazgichlarning qarshiligi va unga issiqlikning ta’siri. Om qonuni.
Kondensatorlarni ulash usullari.
Parallel va ketma-ket ulash. O’tkazgichlarning qarshiligini hisoblash. Kondensatorlarni ulash
Elektr zanjirga ulanadigan asboblarni bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda ulash va uzish zarur bo’lgan hollarda ketma-ket ulash yaramaydi. Masalan, ketma-ket ulash uydagi xonalarni yoritish uchun yaroqsizdir. Chunki bir vaqtda hamma xonalardagi lampalarni yoqish shart emas. Biz bittasini o’chirganimizda ketma-ket ulangan boshqalarini ham o’chirib qo’yamiz. Ketma-ket ulash rozetkalarni va boshqa asboblarni ulash uchun ham yaroqsizdir. Elektr asboblarni zanjirga alohida ulash va uzish kerak bo’lgan hamma hollarda parallel ulashdan foydalaniladi. 57— a rasmda lampa, changyutkich va isitkichning parallel ulanishi, 57- b rasmda esa shunday ulashning sxemasi ko’rsatilgan. Unda 1-isitgich, 2-lampa va 3-changyutgich.
Parallel ulashda tok bir nechta tarmoqqa ajralib ketadi va o’rtasida bir necha orolcha bo’lgan daryoni eslatadi. Parallel ulash haqida gapirilganda, odatda, quyidagi ikki atamadan: “parallel tarmoqlanish” va “parallel tarmoqlanish tuguni” atamalaridan foydalaniladi.
1. Iste’molchilarni parallel ulashda elektr kuchlanish. Parallel ulashda hamma asboblar aynan bir tok manbaiga ulangani uchun ularda kuchlanish bir xil bo’ladi. Buni quyidagicha yozishimiz mumkin:
|
| |