Avtoto‘ldirish (avtomatik to‘ldirish) markeri
MS Excel 2013 dasturida shunday bir maxsus imkoniyat borki, bu avtomatik to‘ldirish deb ataladi. Avtomatik to‘ldirish diapazon yacheykalariga sonli qiymatlarni va matn elementlarini kiritishni osonlashtiradi. Buning uchun to‘ldirish markeri ishlatiladi. U faol yacheykaning o‘ng burchagida joylashgan kichiq kvadratdan iborat. Ayrim hollarda yacheyka ichidagi ma’lumotlarni qo‘shni yacheyka (diapazon)ga ko‘chirishga ham to‘g‘ri keladi. qo‘shni yacheyka yoki diapazonga ko‘chirish usullaridan biri tanlangan yacheykalar to‘plamini to‘ldirish markerini olib o‘tishdir. Bunda Excel berilgan yacheykalardagi ma’lumotlarni olib o‘tishda ajratib ko‘rsatilgan yacheykalarga nusxasini ko‘chiradi.
To‘ldirish markerining asosiy xususiyati — uning yordamida qator yoki ustunlarga berilgan kattaliklarni kamayib va o‘sib boradigan sonlar yoki sanani oson va tez kiritishni ta’minlashdir.
Masalan, S ustunga birinchi unta juft sonlarni kiritish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
· S1 va S2 yacheykalarga mos ravishda birinchi 2 ta juft sonni kiritish.
|