|
Reja: Elektron jadvallar to’g’risidagi asosiy tushunchalar. Ms excel dasturinining imkoniyatlari
|
bet | 1/27 | Sana | 23.07.2021 | Hajmi | 1,82 Mb. | | #15852 |
7- mavzu. Elektron jadvallardan foydalanish texnologiyalari
Reja:
Elektron jadvallar to’g’risidagi asosiy tushunchalar. MS Excel dasturinining imkoniyatlari.
Qator yoki ustunlar kengligini o’zgartirish. Kataklami belgilash. Joriy yoki belgilangan katak formatini o’zgartirish.
Matn kiritish va tahrir qilish. Ma’lumotlami diagramma ko’rinishida taqdim etish.
MS Excel elektron jadvalida kataklarga formulalar kiritish. MS Excelning standart funktsiyalaridan foydalanish.
Microsoft Excel dasturi haqida umumiy ma’lumotlar
MS Excel 2013 dasturi asosan hisob-kitobga oid masalalarni yechishga mo‘ljallangan bo‘lsada, uning tarkibiga kiruvchi vositalar boshqa sohaga tegishli masalalarni yechishga ham, masalan, formulalar bo‘yicha hisoblash ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar qurishga ham katta yordam beradi. Shuning uchun Excel dasturini o‘rganish muxim ahamiyat kasb etadi va xar bir foydalanuvchidan Excel bilan ishlay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lish talab etiladi. Inson o‘z ish faoliyati davomida ko‘pincha biror kerakli ma’lumot olish uchun bir xil, zerikarli, ba’zida esa, murakkab bo‘lgan ishlarini bajarishga majbur bo‘ladi. Microsoft Excel dasturi mana shu ishlarni osonlashtirish va qiziqarli qilish maqsadida ishlab chiqilgandir.
|
| |