Yacheykadagi ma’lumotlar bilan ishlash
Yacheykadagi sonli qiymatlarni, matnlarni yoki formulalarni o‘chirish uchun yacheykani faollashtirib, DELETE tugmasini bosish yetarli bo‘ladi. Bir necha yacheykadagi ma’lumotlarni o‘chirish uchun esa, tozalanishi kerak bo‘lgan yacheykalar ajratiladi, so‘ng DELETE tugmasi bosiladi.
Yacheykadagi ma’lumotlarni almashtirish
Yacheykadagi ma’lumotlarni almashtirish uchun yacheykani faollashtirib, yangi ma’lumotlar kiritiladi. Bunda oldingi ma’lumotlar o‘chirib tashlanadi. Bularni bajarish natijasida yacheykaning oldingi qiymati bilan yangi qiymati almashadi, lekin bichimlash atributlari bu yacheykada saqlanib qoladi.
|