|
Reja: Elektron tijoratning asosiy tushunchalari. Elektron tijoratning biznes-mazmuni, elektron tijoratning rivojlanish omillari. Tijorat biznes-modelini sinflashtirish. Elektron tijorat tizimining afzalliklari va istiqbollari
|
bet | 7/8 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 35,59 Kb. | | #257855 |
Bog'liq elektron tijoratning iqtisodiyotga ta’siri Sotuvchi - korxonalar sotuv bozorini kengaytiradilar, mahsulot yetkazib berish zanjirini va sotuv bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qisqartiradilar, har bir buyurtma bilan alohida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Xaridor - korxonalar bir joyning o‘zida tovar yetkazib beruvchilarni ham, mahsulot turini ham tanlash imkoniyatiga, mahsulotlarga narxlarni umumiy tushishiga, yuqori tezlik va xizmat ko‘rsatish sifatiga ega bo‘ladilar. Hamma ishtirokchilar uchun umuman olganda yutuq ish faoliyati rivojlanishida yangi istiqbollar vujudga kelishidadir.
Korxona-iste’molchi munosabatlari andozasining xususiyatlari.
Katalog zamonaviy axborot tizimini katta quvvatli qidiruv imkoniyatlarini solishtirish va mahsulotni bir varakayiga bir necha parametrlar bo‘yicha tanlashni, narxni, keltirib berish muddati, kafolati, xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ma’lumotlar va boshqalarni hisobga olgan holda ishlatishni tashkil qilib beradi. Bu model nisbatan uncha katta bo‘lmagan tmahsulotlar bilan teztez oldi-sotdi qiladigan kuchli sotuvchi va xaridor fragmentatsiyalashini tavsiflovchi tarmoqlar uchun afzaldir.
Agar ko‘pgina oldi-sotdilar mashhur buyurtmachilar tomonidan ma’lum bir qoidalar asosida amalga oshirilsa va xaridorga sotuvchini tanlash uchun ko‘p mayda buyurtmachilar takliflari bilan o‘rganib chiqish zarurati bo‘lganida katalogli model qo‘l keladi va nihoyat, bu modelni talab yetarlicha bo‘lgan va narxlar kamdan - kam o‘zgarganida qo‘llash yaxshi samara beradi.
Auksion (kim oshdi savdosi) - narxlar qayd etilmagan, balki oldi-sotdi jarayonida o‘rnatilgandagi savdo tashkiloti maydonchasi modeli. Bu model nostandart, o‘z yo‘nalishidagi yagona yoki sifati tez o‘zgaruvchi mahsulotlar (xizmatlar, mahsulotlar) narxini aniqlashga o‘z yondoshishlari bo‘lgan kompaniyalar tomonidan sotib olinganda yoki sotilganida ishlatiladi. Bu guruhga kamyob buyumlar, kapital uskunalar, avval ishlatilgan mahsulotlar, zaxiralar va boshqalar kiradi.
Birja shunday savdo maydonchasiki, u yerda narx talab va taklif asosida belgilanadi, buning natijasida kuchli o‘zgarishlarga uchrashi mumkin. Bu model mahsulot va taklifni vaqtinchalik kelishuvini ta’minlaydi. U talab va taklifni real vaqt davomida kelishish mexanizmini tashkil qilishni, bozor narxini aniqlashni, shu bilan birga ro‘yxatta olish jarayoni va oldi-sotdi jarayonini o‘tkazishni talab qiladi. Bu model keng tarqalgan mahsulotlar uchun ma’qul hisoblanadi.
Birja modeli talab va taklif notekis bo‘lgan bozorda o‘ziga kengroq jalb etadi. U bozor ishtirokchilari uchun ortiqcha yoki yuqori bo‘lgan talabni boshqarishga yordam beradi. Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, birjalar bir qancha holatlarda kompaniyalarga anonim holda oldi - sotdi qilishga imkon beradi, masalan, ovoza bo‘lish sotuvchi va xaridor tutgan o‘rnining raqobatbardoshligiga halaqit berishi mumkin bo‘lgan holatida u katta ahamiyatga ega.
Ko‘pincha virtual savdo maydonchalari bir emas, bir necha tashkilot ishlarining ko‘rib chiqilgan modellarini baravar ishlatishadi, qachonki, bu holatlarda mijozlar o‘zlarining imkoniyatlari darajasida savdo sxemalarini tanlab olishlari mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Reja: Elektron tijoratning asosiy tushunchalari. Elektron tijoratning biznes-mazmuni, elektron tijoratning rivojlanish omillari. Tijorat biznes-modelini sinflashtirish. Elektron tijorat tizimining afzalliklari va istiqbollari
|