Reja: Ferromagnit o’zakli chulg’amdagi tok magnit oqim




Download 31.15 Kb.
bet1/3
Sana15.05.2023
Hajmi31.15 Kb.
#59800
  1   2   3
Bog'liq
nazary 29
XOLIQJONOV XASANJON

MAZU: Ferromagnit o’zakli chulg’amdagi tok magnit oqimi va e.yu.k. lar formulasi
REJA:

  1. Ferromagnit o’zakli chulg’amdagi tok magnit oqim

  2. EKVIVALENT SINUSOIDAL USUL. FERROMAGNIT O’ZAKLI CHULG’AMDAGI TOK

  3. Ferromagnit o’zakli chulg’amdagi tok

Magnit oqim – bu maʼlum yuza orqali oʻtadigan umumiy magnit maydon induksiyasi. U maʼlum yuzani egallagan jismga magnit kuchining taʼsirini tasvirlashda juda foydali. Magnit oqimning qiymati tanlangan muayyan yuzaga bogʻliq. Biz yuzani xohlagan oʻlchamda tanlashimiz va uni magnit maydonga nisbatan ixtiyoriy qiyalikda joylashtirishimiz mumkin.


Agar biz magnit induksiya chiziqlaridan foydalansak, yuzadan oʻtadigan har bir induksiya chizigʻi magnit oqimni hosil qilishda oʻz hissasini qoʻshadi. Magnit induksiya chiziqlarining yuzani kesib oʻtish burchagi ham muhimdir. Kichik burchak ostida oʻtadigan induksiya chiziqlari magnit oqimning kichik bir qismini tashkil qiladi. Biz magnit oqimni hisoblashda magnit induksiya chiziqlarining olingan yuzaga normal yoʻnalgan komponentini hisobga olamiz.
Agar biz sinov maydoni sifatida �AA yuzali tekis sirtni tanlasak va unga oʻtkazilgan normal hamda magnit induksiya vektorlari (�BB ning son qiymati) orasidagi burchak �θtheta boʻlsa, unda magnit oqim quyidagiga teng boʻladi: [Izoh]
Φ=��cos⁡�Φ=BAcosθ\Phi, equals, B, A, cosine, theta
Agar yuza induksiya chiziqlariga perpendikulyar boʻlsa, burchak nolga teng va magnit oqim shunchaki ��BAB, A boʻladi. 1-rasmda magnit maydonga ikki xil burchakda joylashtirilgan yuza va buning natijasida hosil boʻlgan magnit oqim koʻrsatilgan.
Magnit oqimning SI xalqaro oʻlchov sistemasidagi birligi Veber (nemis fizik olimi hamda telegrafning hammuallifi Vilgelm Veber sharafiga qoʻyilgan) va u WbWbW, b deb belgilanadi.
Magnit oqim faqat maʼlum bir sohadagi magnit maydonni ifodalashning bir usuli boʻlgani bois uni magnitometr bilan xuddi magnit maydon kabi oʻlchash mumkin. Masalan, kichik magnitometr zond katta hajmli magnit materialning (taxminan 0,5 m20,5 m20, comma, 5, space, m, squared) yonida aylanmasdan harakatlantirildi, shunda u oʻzgarmas (5 mT5 mT5, space, m, T) qiymatni koʻrsatmoqda deylik. Shunda yuza boʻylab oʻtadigan magnit oqim (5⋅10−3 T)⋅(0,5 m2)=0,0025 Wb(5⋅10−3 T)⋅(0,5 m2)=0,0025 Wbleft parenthesis, 5, dot, 10, start superscript, minus, 3, end superscript, space, T, right parenthesis, dot, left parenthesis, 0, comma, 5, space, m, squared, right parenthesis, equals, 0, comma, 0025, space, W, b.
Siz duch kelishingiz mumkin boʻlgan yana bir atama – bu magnit oqim zichligi. U Wb/m2Wb/m2W, b, slash, m, squared da oʻlchanadi. Magnit oqimni yuza boʻyicha boʻlayotganimiz sababli magnit oqim zichligini toʻgʻridan toʻgʻri Teslada aniqlashimiz mumkin. Umuman olganda, magnit oqim zichligi atamasi koʻpincha magnit maydon kattaligi bilan sinonim sifatida ishlatiladi.
Solenoid magnit maydon boʻylab harakatlanganda, unda yuzasi boʻylab oʻtadigan magnit oqimga proporsional kuchlanish hosil qiladi. Bu holat Faradey qonuni bilan tushuntiriladi, bu qonun haqida Faradey qonuni maqolamizda bilib olishingiz mumkin. Elektr motorlar va generatorlar 3-rasmda koʻrsatilgandek magnit maydonda aylanadi va Faradey qonunini amalda qoʻllaydi. Bu holda tokli ramka aylanganda magnit oqim oʻzgaradi. Magnit oqim muhandislarga magnit maydoni murakkab boʻlgan taqdirda ham elektr generatori tomonidan ishlab chiqarilgan kuchlanishni osonlikcha hisoblash imkonini beradi.

Garchi hozirga qadar sodda tekis yuzalar bilan ish koʻrgan boʻlsak-da, yuza ixtiyoriy shaklda boʻlishi mumkin. Hattoki sfera kabi berk yuzali shakllardan foydalanishimiz ham mumkin. Berk yuzali shakllar, ayniqsa, fiziklar uchun juda qiziq, bunga sabab Gaussning magnitlanish qonuni. Magnitlar har doim ikki qutbli boʻlgani bois berk yuzali jismlar magnit monopol(Yangi oynada ochiladi) boʻla olmaydi (hozircha bizga faqat shu ayon). Demak, bu kabi jismlarni kesib oʻtadigan natijaviy magnit oqim nolga teng. Shuning uchun berk yuzaga kiruvchi barcha magnit chiziqlar undan chiquvchi chiziqlar bilan teng boʻladi. Ushbu fakt magnit maydon masalalarini yengillashtirish uchun foydalidir.



Tabiatda shundaу tabiiу mеtall birikmalari mavjudki, ular ba’zi bir jismlarni o‘ziga tоrtish xususiyatiga ega. Jismlarning bunday xossasi ular atrofida maydon mavjudligini bildiradi. Bunday maydonni magnit maydon deb atash qabul qilingan. O‘z atrofida magnit maydonni uzоq vaqt уo‘qоtmaуdigan jismlarni dоimiу magnit yoki оddiуgina magnit dеb ataymiz. To‘g‘ri shakldagi magnitni mayda temir bo‘lakchalariga yaqinlashtiraylik. Bunda temir bo‘lakchalari magnitning faqat ikki uchiga yopishganligiga guvoh bo‘lamiz. Doimiy magnitning magnit ta’siri eng kuchli bo‘lgan joyini magnit qutbi deyiladi. Har qandaу magnitda ikkita: shimоliу (N) va janubiу (S) qutblari mavjud bo‘ladi

Download 31.15 Kb.
  1   2   3




Download 31.15 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Ferromagnit o’zakli chulg’amdagi tok magnit oqim

Download 31.15 Kb.