|
Reja: Foydali qazilmalarni boyitishning xalq xo’jaligidagi ahamiyati
|
bet | 1/2 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 0,66 Mb. | | #119452 |
Bog'liq rudalarni qayta iwlaw
Mavzu: Asosiy boyitish jarayonlari va ularda qo’llaniladigan dastgohlar.
Reja:
Foydali qazilmalarni boyitishning xalq xo’jaligidagi ahamiyati.
Boyitish usullari,jarayonlari va operatsiyalari.
Asosiy boyitish jarayonlari haqida tushuncha.
Gravitatsion usulda boyitishning ahamiyati.
Magnit usulda boyitishning mohiyati.
Elektr usulda boyitish.
Flotatsiya usulida boyitishning qo’llanilishi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyot.
Foydali qazilmalarni boyitishning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.
Foydali qazilmalarni boyitish qattiq foydali qazilmalarni konsentratsiya, ya’ni sifati dastlabki ruda sifatidan yuqori, xalq xo‘jaligida keyin ishlatish uchun qo‘yiladigan talablarga javob beruvchi mahsulot olish maqsadida qayta ishlovchi sanoat tarmog'i hisoblanadi. Foydali qazilma va boyitish mahsulotlarining sifati ulardagi qimmatbaho (foydali) komponent, qo'shimchalar, yo‘ldosh elementlarning miqdori, shuningdek, mahsulotning yirikligi va namligi bilan aniqlanadi. Qimmatbaho komponent deb, shu qimmatbaho komponentni ajratib olish uchun foydali qazilma qazib olinayotgan element yoki tabiiy birikmaga aytiladi. Masalan, mis, qo‘rg‘oshin, temir, asbest, misli, qo‘rg‘oshinli, temirli va asbestli rudalarda tegishli ravishda qimmatbaho komponentlar hisoblanadi. Qo'shimchalar foydali va zararli bo‘lishi mumkin. Foydali qo'shimcha deb, foydali qazilmada uncha ko‘p bo'lmagan miqdorda mavjud bo‘luvchi, qimmatbaho komponentga ilashib, uning sifatini yaxshilovchi va ajralishini osonlashtiruvchi element yoki tabiiy birikmalarga aytiladi. Zararli qo’shimchalar deb, foydali qazilmada uncha ko‘p bo'lmagan miqdorda mavjud bo'luvchi, qimmatbaho komponentga ilashib, uning sifatiga salbiy ta’sir etuvchi va ajralishini qiyinlashtiruvchi elementlar yoki tabiiy birikmalarga aytiladi. Yondosh elementlar deb, foydali qazilma tarkibida uncha katta bo‘lmagan miqdorda uchraydigan, foydali qazilma tarkibidan ajratish uni yer qa’ridan asosiy qimmatbaho komponent bilan birga qazib olinayotganligi uchungina iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo'lgan qimmatbaho komponentlarga aytiladi. Masalan, polimetall rudalardagi nodir metallar, temirli rudalardagi boshqa rangli metallar, misli rudalardagi molibden va hokazolar yo‘ldosh elementlarga kiradi. 3 Boyitishda yo'ldosh elementlar yo alohida mahsulotlarga, yoki asosiy qimmatbaho komponent bilan birga ajratilishi mumkin. Foydali qazilma va boyitish mahsulotlarining sifati ularda qimmatbaho kom ponentning miqdori qancha ko‘p va zararli qo'shimchalaming miqdori qancha kam bo'lsa, shuncha yuqori bo‘ladi. Mahsulotning sifati qancha yaxshi bo‘lsa, u shuncha boy bo‘ladi, chunki ko‘p miqdorda qimmatbaho komponent saqlaydi. Shuning uchun dastlabki rudaga nisbatan boyroq mahsulot — boyitma olish maqsadida foydali qazilmani qayta ishlash jarayonlari foydali qazilmalarni boyitish deyiladi. Ba’zan, mahsulotda foydali qazilma va boyitish mahsulotlarining sifati bo‘laklaming yirikligiga bog'liq bo‘ladi. Foydali qazilma tarkibidagi qimmatbaho komponentlaming miqdori ularga qo‘yiladigan talablardagidan past bo‘lmagan hollardagina ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri metallurgik yoki kimyoviy qayta ishlashga tushadi.
Boyitish usullari, jarayonlari va operatsiyalari .
Foydali qazilma turli minerallarning murakkab kompleksi hisoblanadi. Foydali qazilmada qimmatbaho komponent ko‘pincha tegishli mineralning tarkibida uchraydi. Masalan, mis misli rudalarda mis saqlaydigan minerallar: xalkopirit, bornit, kovellin va hokazolar tarkibiga kiradi. Kamdan-kam hollarda qimmatbaho komponent toza (tug‘ma) holda uchraydi, masalan, nodir metallar, olmos, grafit va hokazo. Qimmatbaho komponent saqlovchi minerallar foydali minerallar deyiladi. Qimmatbaho komponent yoki foydali qo‘shimcha saqlamaydigan minerallar puch tog‘ jinslari deyiladi. Bu yerda foydali mineral, zararli yoki foydali qo‘shimcha, puch tog‘ jinslari tushunchalarining nisbiyligini ta’kidlab o‘tish lozim. Mineralni bu tushunchalarning qaysi biriga mansubligi faqat foydali qazilmani berilgan turigagina bog‘liq. Bitta mineralning o‘zi dastlabki mahsulotda foydali, boshqasida esa puch tog' jinsi bo'lishi mumkin. Masalan, kvars keramika sanoati uchun foydali mineral hisoblanadi, rangli va qora metall rudalarida esa puch tog‘ jinsi va hatto zararli qo'shimcha hisoblanadi. Boyitish texnikasi va'texnologiyasining rivojlanishi, shuningdek xalq xo‘jaligining ma’lum xomashyoga bo‘lgan ehtiyoji ortib borishi bilan u yoki bu foydali qazilmada mavjud bo‘lgan minerallar puch tog‘ jinslari razryadidan foydali mineral razryadiga o‘tishi mumkin. Foydali qazilmadan qimmatbaho mineralni ajratib olish uni tashkil qiluvchi minerallami kimyoviy o‘zgartirishlaiga uchratish natijasida sodir bo‘ladi: minerallardan metallar quyiladi, apatit superfosfatga aylanadi va hokazo. Foydali qazilma va boyitish mahsulotlarining bunday qayta ishlanishi metallurgik, kimyo, keramika, shisha, sement, lak-bo‘yoq va boshqa sanoat korxonalarida amalga oshiriladi. Foydali qazilmalarni boyitish — minerallarning kimyoviy o‘zgarishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan mexanik qayta ishlashdir. Minerallarning kimyoviy tarkibi boyitishgacha va boyitishdan keyin ham o‘zgarishsiz qoladi. Boyitishda foydali qazilma sifatining yaxshilanishi minerallarni ajratish orqali amalga oshiriladi. Boyitma deb ataluvchi mahsulotlarga foydali mineral va foydali qo‘shimchalaming asosiy qismi, chiqindi deb ataluvchi mahsulotlarga esa puch tog‘ jinslari va zararli qo‘shimchalarning katta qismi ajratiladi. Chiqindi boyitish jarayonidan chiqarib tashlanadi va chiqindilar maydonida yig‘ iladi, boyitma esa keyingi qayta ishlash va ishlatishga jo‘natiladi. Boyitishda foydali qazilma sifatining yaxshilanishiga puch tog‘ jinslarini ajratish va foydali minerallarni kamroq hajmga yig‘ish orqali erishiladi. Bunda qimmatbaho komponentning miqdori ortadi, chunki uning deyarli barcha miqdori boyitmada jamlanadi. Boyitishda ajratiluvchi minerallarning fizik va fizik-kimyoviy xossalaridagi farq ishlatiladi. 1-jadvalda minerallarning boyitishda ishlatiladigan xossalari va ularga muvofiq boyitish usullari keltirilgan.
|
| |