|
Reja: Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar
|
bet | 4/5 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 187,5 Kb. | | #235350 |
Bog'liq Reja Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlarchizma. Ishlab chiqarishning haqiqiy va potentsial hajmi o’rtasidagi
YaIMni to’liq bandlilikning noinflyatsion darajasiga qadar o’stirish uchun jami talab (jami xarajatlar) ko’paytirilishi zarur bo’lgan miqdor retsession uzilish deyiladi (chizma).
Ishlab chiqarishda to’liq bandlikka erishish va retsession uzilishni yo’qotish uchun jami talabni rag’batlantirish va muvozanatli yalpi daromadning o’sishini ta’minlash lozim. Yalpi daromadning o’sishi ΔU quyidagiga teng bo’ladi:
ΔU=Retsession uzilish miqdori x Avtonom xarajatlar multiplikatori miqdori
YaIMni to’liq bandlikning noinflyatsion darajasigacha pasaytirish uchun yalpi talab (yalpi xarajatlar) kamayishi zarur bo’lgan miqdor inflyatsion uzilish deyiladi.
Agarda, ishlab chiqarish haqiqiy hajmi (Uo) potentsial (U*) hajmidan ko’p bo’lsa, yalpi xarajatlar ortiqcha hisoblanadi. Yalpi talabning ortiqchaligi iqtisodiyotda inflyatsiya jarayoniga olib keladi. Boshqacha aytganda yalpi talab hajmining yalpi taklif hajmidan qisqa muddatda katta bo’lishi oqibatida haqiqiy va potentsial YaIM hajmlari o’rtasida inflyatsion uzilish ro’y beradi (18-chizma). Bu uzilishni bartaraf qilish uchun yalpi xarajatlarni kamaytirish, boshqacha qilib aytganda yalpi talabni cheklash zarur.
E Y=E
E1=C+I+G+Xn
A E E2=E1-ΔE
inflyatsion
uzilish B
45
Y* Y0 Y
chizma. Ishlab chiqarishning haqiqiy va potentsial hajmi o’rtasidagi inflyatsion uzilish
Grafikda bu jarayon jami muvozanatli yalpi daromad hajmidagi (ΔU) qisqarishni anglatadi va u quyidagicha bo’ladi:
ΔU= -Inflyatsion uzilish miqdori x Avtonom xarajatlar multiplikatori miqdori.
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli yalpi talab- yalpi taklif modelini qisqa muddatli makroiqtisodiy siyosat maqsadlarida aniqlashtirgan bo’lib, uning xususiy holi hisoblanadi. Yalpi talab va yalpi taklif modelidan farqli o’laroq bu modelda narxlar darajasi va ish haqi o’zgarmas miqdorlar hisoblanadi. Ayni shu sababga ko’ra tovar moddiy zahiralarining o’sishi qisqa muddatda makroiqtisodiy muvozanatga erishishni belgilovchi omil bo’ladi.
|
| |