Reja: I. Kirish II. Asosiy qism




Download 98.22 Kb.
bet1/9
Sana30.03.2024
Hajmi98.22 Kb.
#182726
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
moliyaning mohiyati va vazifalari (3)
123249, fotoeffekt-hodisasi-yoruglik-bosimiga-doir-masalalar-yechish, 61-Maktab Yashil makon, fayl 1832 20210916, izkab258, BIRLASHTIRUVCHI CHOKLAR, Kashta tikish, 5, 25, Biokimyo II qism, Boshlang‘ich ta`limda innovatsion texnologiyalardan foydalanish yo‘llari, qad, 1,2,3,4-kurslar uchun Ingliz tili fanidan test, 1-kurslar, 2613300

Moliyaning mohiyati va vazifalari
Reja:
I.Kirish
II. Asosiy qism
1. Moliyaning mohiyati va vazifalari
2. Davlat byudjeti. Uning shakllanishi va taqsimlanishi 
3. Soliqlar va soliq tizimi 
4. Bozor iqtisodiyotida sug`urtaning roli
5. Qimmatli qog`ozlar bozori
III. Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
Bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha iqtisodiy jarayonlarning amalga oshirilishi pul mablag`larining harakatlanishi bilan bog`lanib ketgan. Shuning uchun moliyaviy munosabatlar jamiyat iqtisodiy hayotida markaziy o`rinni egallaydi.
Har qanday ijtimoiy faoliyat pul mablag`larini talab qiladi. Ishlab chiqarish qaerda bo`lmasin, baribir, moliyani yuzaga keltiradi. Mahsulotlar va xizmatlar faqat taqsimlangandan so`ng is`temol etilishi mumkin. Ular qiymat shaklida taqsimlanganda, dastlab turli maqsadlarga mo`ljallangan pul resurslari hosil bo`ladi, ular tovarlarga ayirboshlanib, shundan keyin iste`mol qondiriladi. Masalan, qiymat shaklidagi mahsulot taqsimlanganda, uni yaratish uchun sarflangan mehnat qurollari qiymatini ifodalovchi qismi amortizatsiya fondi shakliga kiradi. Bu o`z navbatida moliyaviy resursga aylanadi, yig`ilib boradi va unga yangi mashina va mexanizmlar sotib olinib, eskirganlari o`rniga tiklanadi.
Bozor iqtisodiyotiga o`tilishi va moliya bozorida ham davlat monopoliyasining tugatilishi oqibatida mamlakatimizda turli mulkchilik shakllariga asoslangan sug`urta kompaniyalari vujudga keldi. Mamlakat Oliy Majlisi tomonidan sug`urta faoliyatini tartibga soluvchi maxsus qonun qabul qilindi. Bozor munosabatlarini to`la qonli amal qilishiga ko`maklashuvchi sug`urta infratuzilmasini shakllantirish va takomillashtirishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirildi. Hozirgi kunda O`zbekiston Respublikasi Davlat sug`urta boshqarmasi bilan bir qatorda, "Madad" sug`urta agentligi va 60 ga yaqin tijorat asosida faoliyat yurituvchi sug`urta tashkilotlari amaliy faoliyat ko`rsatmoqdalar.
Sug`urtaga O`zbekiston Respublikasining "Sug`urta to`g`risida"gi Qonunida quyidagicha ta`rif beriladi: "Sug`urta – inson faoliyatining turli sohalarida sodir bo`ladigan tabiiy ofatlar, favqulodda hodisa va boshqa voqealar natijasida etkazilgan zarar hamda talofotlarni jismoniy va yuridik shaxslar to`lagan sug`urta badallari (sug`urta puli)dan hosil qilinadigan pul fondlari hisobidan to`liq va qisman qoplash yo`li bilan jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlari sug`urtalanishini ta`minlashga doir munosabatlar demakdir".1



Download 98.22 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 98.22 Kb.