• 1.Birlashtiruvchi chok turlari 2.Choklarga qo‘yiladigan talablar 3.Birlashtiruvchi choklarni tikish Birlashtiruvchi chok turlari
  • Adabiyotlar ro’yxati
  • Marg’ilon shaxar 1-son kxm ning yo’nalishi guruh talabasi




    Download 74.5 Kb.
    Sana02.02.2023
    Hajmi74.5 Kb.
    #40817
    Bog'liq
    BIRLASHTIRUVCHI CHOKLAR
    123249, fotoeffekt-hodisasi-yoruglik-bosimiga-doir-masalalar-yechish, 61-Maktab Yashil makon, fayl 1832 20210916, izkab258, Kashta tikish, 5, 25, Biokimyo II qism, Boshlang‘ich ta`limda innovatsion texnologiyalardan foydalanish yo‘llari, qad, 1,2,3,4-kurslar uchun Ingliz tili fanidan test, 1-kurslar, 2613300

    Marg’ilon shaxar 1-son KXM ning
    ___________________ yo’nalishi
    _______________ guruh talabasi
    _________________________ning

    TIKUVCHILIK TEXNOLOGIYASI
    FANIDAN
    MUSTAQIL ISHI

    Marg’ilon-2023

    Mavzu: Birlashtiruvchi choklar
    Reja:
    1.Birlashtiruvchi chok turlari
    2.Choklarga qo‘yiladigan talablar
    3.Birlashtiruvchi choklarni tikish

    Birlashtiruvchi chok turlari
    Mashina chokining sifati operatsiyalarni bajarishning texnik shartlariga (chok eni, baxyaqatorlar soni, ularning oralig‘i, baxyaning tortishmasligi, ip nomerining gazlamaga mosligi, detallarni igna ostiga qo‘yish tartibi va chok tikish ketma-ketligiga) rioya qilinishiga bog‘liq. Chok eni uning tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi va me'yoriy-texnik hujjatlarda belgilab qo‘yiladi.
    Mashina choklar vazifasi va joylashishiga ko‘ga quyidagilarga bo‘linadi: birlashtiruvchi choklar, ziy choklar va bezak choklar.
    Birlashtiruvchi choklar kiyim detallarini birlashtirishga xizmat qiladi. Bu choklarda detallar chokning ikki tomonida yotadi, masalan, orqa, yon, yelka, yeng qirqimlarini birlashtiruvchi choklar. Biriktirma chok, yorma chok, qo‘yma chok, bostirma chok, tutashtirma chok, qo‘shchok va ichki choklar birlashtiruvchi choklarga kiradi.
    Biriktirma chokkiyim tikishda eng ko‘p uchraydigan choklardan biri bo‘lib, u yeng qirqimlarini, old va orqa bo‘laklarning yon qirqimlarini, shim va yubkalarning yon qirqimlarini birlashtirishda ishlatiladi. Tikilgan chokni yupqalashtirish uchun chokni yorib yoki chokni bir tomonga yotqizib dazmollanadi.
    Ayollar yengil kiyimi va bolalar kiyimining asosiy detallarini tikishda biriktirma chokning kengligi 1,0—1, 5 sm bo‘lishi kerak.
    Yorma choklar.qirqimlari ikki tomonga yotqizilgan yoki dazmollab qotirilgan biriktirma choklar ikki to-mondan bezak baxyaqatorlar bilan tikilishi mumkin.
    Namlab-isitib ishlash qiyin bo‘lgan gazlamalardan kiyim tikishda, choklarni biriktirish va puxtalashda, shuningdek, yubkalarning old, orqa bo‘laklarini bezash hamda ulashda shunday choklar ishlatiladi. Bunday chok solish uchun detallarni biriktirma chok bilan tikib olib, shu chok ikki tomonga yoriladi va gazlamaning o‘ng tomonidan biriktirma chokning ikki yoniga undan 0,2 sm masofada baxyaqator yuritib chiqiladi.
    Qo‘yma choklarning (3.1- d rasm) ochiq va berq qirqimli xillari bo‘ladi. Ochiq qirqimli qo‘yma choklar kiyimdagi qotirmali detallaming bo‘laklarini ulash uchun ishlatiladi. Bunday chokni tikish uchun detaining cheti ikkinchi detaining chetiga qo‘yiladi va qirqimlardan bir xil masofada mashinada biriktirib tikiladi. Bir detal ikkinchi detal ustiga 0, 6—1,0 sm o‘tib turishi kerak. Baxyaqator detallaming qirqimidan 0, 3—0,5 sm ichkaridan tushiriladi.
    Berk qirqimli qo‘yma choklar to‘g‘ri va shakldor koket-kalarni, qoplama cho‘ntaklarni ulash uchun ishlatiladi. Bunday chokni tikish uchun bir detaining cheti bezak baxyaqator eniga 1, 0-1,5 sm (yengil kiyimda), 0,5-0,7 sm (ustki kiyimda) qo‘shilgan masofaga bukib ko‘klanadi, dazmollanadi, so‘ngra ikkinchi detaining o‘ngiga qo‘yib bostirib ko‘klanadi va modelda ko‘zda tutilgan masofada bostirib baxyaqator yuritiladi. Baxyaqator bilan qirqimlar orasidagi masofa gazlamaning qalinligiga va titiluvchanligiga qarab olinadi.
    Bostirma chok (3.1- e rasm) ham biriktirma choklar kabi, yon, yelka qirqimlarini, kiyim old bo‘lagi va ort bo‘lagini, yubka bo‘laklarini, yenglarni va boshqa detallarni ulash uchun ishlatiladi.
    Ikkita berk qirqimli bostirma chok hosil qilish uchun ikki detal o‘ngini ichkariga qilib qo‘yiladi, qirqimlari tekislanadi va bezak bahyaqator eniga 0,5—1,5 sm qo‘shilgan masofada biriktirib tikiladi. Chok qirqimlari oldin ikki tomonga yorib, yotqiziladi va dazmollanadi, so‘ngra qirqimlardan biri boshqa tomonga qayiriladi, dazmollab qotiriladi va o‘ng tomonidan model bo‘yicha belgilangan masofada bezak bahyaqator bilan puxtalanadi. Ip gazlama, shoyi, rezinalangan plashlik va plyonka qoplangan kapron materiallar, tabiiy va sun'iy charm, zamsha, porolon va boshqa materiallar-dan tikiladigan kiyimlarning choklari dazmollanmasdan bostirib
    tikiladi.
    Bitta berk qirqimli va cheti berk bostirma chok hosil qilish uchun pastki detal ustki detalga nisbatan bezak chok eniga 0,4—0,7 sm (ustki kiyimda), 0,7—1,0 sm (yengil kiyimda) qo‘shilgan masofada chiqariladi va ustki detal qirqimidan 0,5 sm ichkaridan tikiladi. So‘ngra detal ikki tomonga yotqiziladi, chok qirqimlari esa kalta detal tomonga qayriladi va modelda ko‘zda tutilgan masofada bezak baxyaqator bilan puxtalanadi.
    Tutashtirma chok (3.1-/rasm) qotirmalik materiallardan bichilgan detallarni ulash uchun, shuningdek, yupqa chok chiqarish talab qilingan hollarda bort qotirmasidagi vitachkalarni birktirib tikish uchun ishlatiladi. Bunday chokni tikish uchun ikki detaining qirqimlari yupqa gazlama yoki boshqa gazlama bo‘lagi ustiga qo‘yiladi va qirqimdan 0,5 sm ichkaridan bostirib tikiladi, keyin detallarning qirqimlari siniq baxyali chokda ulanadi.
    Qo‘sh chokkiyimlar, choyshablar, shuningdek, ip gazlamadan engil bolalar kiyimini tikishda ishlatiladi. Bunday chok tikish uchun detallar oldin teskarisini ichkariga qilib qo‘yiladi va 0,3—0,4 sm ichkaridan biriktirma chok bilan tikiladi, so‘ngra tikilgan detallar ag‘darilib, o‘ngini ichkariga qaratib qo‘yiladi, chok to‘g‘rilanadi hamda detallar chetidan 0,5—0,7 sm ichkaridan baxyaqator yuritiladi.
    Ichki choklarich kiyimlar, maxsus kiyimlar va astarsiz kostumlar tikishda ishlatiladi. Tayyor chokning eni 0,5— 0,7 sm. Bunday chokni tikish uchun ikki detal o‘ngini ichkariga qilib qo‘yiladi, ostki detaining qirqimi tayyor holdagi chok eniga 0,3—0,5 sm qo‘shilgan masofaga chiqariladi, ostki detaining qirqimi ustiga qayriladi va qirqimdan 0,1—0,2 sm ichkaridan biriktirib tikiladi. So‘ngra detal ikki tomonga yoyiladi, chok kichik qirqimni berkitadigan qilib qayriladi va shu qayrilgan chetidan 0,1—0,2 sm masofada ikkinchi baxyaqator yuritiladi.
    Kiyim qismlari ip yordamida asosan xilma-xil tikuv mashinalarida bir ipli yoki ikki ipli baxyaqator yuritib birlashtiriladi. Mashina choklar konstruktsiyasi hamda vazifasiga ko‘ra uch turli bo‘ladi:


    Adabiyotlar ro’yxati
    1.Truxanova A.T. «Tikuvchilik texnologiyasi asoslari», T., 1980 y.
    2.Jabborova M.Sh. «Tikuvchilik texnologiyasi», T., O’zbekiston, 1994 y.
    3.Litvinova I.N., Shaxova Ya.A. «Ayollar ustki kiyimini tikish», Legpromizdat, 1987
    Download 74.5 Kb.




    Download 74.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Marg’ilon shaxar 1-son kxm ning yo’nalishi guruh talabasi

    Download 74.5 Kb.