• Dizayn va Interfeyssizlik
  • II.BOB. GRAFIK AXBOROTLAR BILAN ISHLASH TEXNOLOGIYASI
  • Virtual Realitiy (VR) va Augmented Reality (AR) Texnikalari




    Download 0,95 Mb.
    bet5/17
    Sana14.05.2024
    Hajmi0,95 Mb.
    #231662
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    GRAFIK AXBOROTLAR BILAN ISHLASH TEXNOLOGIYASI

    Virtual Realitiy (VR) va Augmented Reality (AR) Texnikalari: VR va AR yaratish uchun foydalaniladigan texnikalar va asboblar neler? Bu texnikalar haqida tafsilotlar berilishi tahlil qilinadi. Misol uchun, VR qurilmalari, AR ilovalari, va 3D model qo'llashni o'rganish haqida ma'lumotlar keltirilishi mumkin.
    Dizayn va Interfeyssizlik: VR va AR ilovalarni dizayn qilishning maxsus xususiyatlari va ularning interfeysi haqida tafsilotlar tahlil qilinadi. Bu, foydalanuvchilarning VR va AR ichida qanday harakat qilishlari kerakligi haqida ma'lumotlar olish uchun muhimdir.
    Eng so'nggi Yangilanishlar va Tendensiyalar: VR va AR sohasidagi eng so'nggi yangilanishlar va tendensiyalar haqida ma'lumot berilishi tasvir tahlili uchun foydali bo'ladi.
    Grafik axborotlar bilan ishlash texnologiyalari tez-tez Adobe Illustrator, Adobe Photoshop, Adobe After Effects, Autodesk Maya, Blender, Adobe Premiere Pro, CorelDRAW, va boshqa dasturlar orqali amalga oshiriladi. Har bir soha o'z texnologiyalarini, dasturlarini va qo'llanma qoidalarni talab qiladi.


    II.BOB. GRAFIK AXBOROTLAR BILAN ISHLASH TEXNOLOGIYASI
    Rangni kishi tafakkuridagi axamiyatiga ortikcha baxo berish kiyin, chunki ko‘pgina kishilar ok-kora tasvirni umuman tan olmaydilar. Ayniksa fiziologik jixatdan inson 300000 yakin rang va tuslarni farklay oladi, ulardan 256 tasi interaktivlik gradatsiyalari, 200 tasi rangli tus gradatsiyalari va 10 tasi to‘ldirilganlik darajasidir. SHunday kilib, rang ulushiga tasvirda bo‘lgan axborotlarning 80%i to‘gri keladi. Uzoq vaktlar komp’yuter grafikasi rangdan fakat tasniflash va tasvirlanayotgan ob’ektning tartibiga munosabatlarni aks ettirilishi sifatida foydalanilgan. Bu erda kuyidagi xol xam muxim rolni o‘ynaganki, grafik axborotlarni aks etgirishning dastlabki vositalari judayam sodda, ko‘p rangli palitraga ega bo‘lgan.
    Operativ xotiraning arzonlashuvi va rangli lazerli xamda okimli printerning paydo bo‘lishi vaziyatni tubdan o‘zgartirdi. Xozir shu narsa ravshan bo‘lib koldiki, ko‘pgina katta monoxromli tasvirlar uchun rangni to‘gri tanlash insonning idrokiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Mana shuning uchun zamonaviy dasturiy ta’minlanishda rangli tasvirlar bilan ishlash vositalariga katta e’tibor karatiladi.
    Komp’yuter grafikasida rang nafakat sifatli komp’yuterlashtirilgan reklamani yaratishda, balki marketing tadkikotlari ko‘rsatkichlarini taxlil kilishda xam asosiy rolni o‘ynaydi.
    Ranglar turli xildagi tuygularni, masalan, issiklik yoki sovuklik xissini yoki bo‘lmasa, uzunlik tuygusini uygotishi mumkin. Misol uchun, kizil, pushti va sarik ranglar issiklik tuygusi bilan bir katorda kuzatuvchiga yakinlashganga o‘xshaydi. O‘z navbatida yashil, ko‘k va binafsha ranglar sovuklik xissini uygotadi va kuzatuvchidan uzoqlashganlikni namoyon kiladi. Issiklik va sovuklik ranglarini birikmalaridan moxirona foydalanib, interaktiv grafik materiallarini tasvirlashda samarali kontrastlarga erishish mumkin, bunda rangning tinikligi ularni birikishiga boglik. Yana proeksion lampalarning yorugligida yoki ekranning okligida namoyish kilishda tinik manbalarda ularning o‘zgarish imkoniyatlarini xam xisobga olish kerak.
    Grafiklarni SHK ekranidan kogozga o‘tkazishdagi bunday o‘zgarishlarni xam esdan chikarmaslik kerak, chunki displey ekranida ajoyib ko‘rinadigan ranglar kogoz varagida o‘zining kuyukligini yo‘kotishi mumkin.
    Rang yana xar xil elementlarni belgilash yoki marketologlar o‘tkazadigan solishtirishlarning turlarini ko‘rsatish uchun xam judayam zarur va foydalidir. Masalan, agar chizikli diagrammalardan to‘rtta boglik ko‘rsatkichlar aks ettirilgan bo‘lsa, unda turli xildagi ranglardan foydalanish marketing bo‘yicha mutaxassislarga bittasini boshkasi bilan yoki bittasini kolgan uchtasi bilan takkoslab butun boglanishlar bo‘yicha o‘zgartirishlar yo‘nalishini baxolashga yordamlashadi.
    Asosiy ranglardan bunday ko‘rinadigan foydalarni kutish shart emas, ba’zida ular muayyan so‘zli bayon kilishni uzatishga ko‘maklashishi mumkin bo‘lsa xam. G‘oyatda kuyuk ranglar o‘z afzalliklariga ega bo‘lmasligi mumkin, bundan tashkari, ular muammolarni yaratishi xam mumkin. Masalan, kuyuk ko‘k va kizil ranglar ko‘rishning xar xil masofalarida bo‘shlikda «suzib yurish» tendensiyalariga ega bo‘lishi mumkin .Agar bunday muammo vujudga kelsa, unda kuyuk rangli turli-tumanliklarda namoyon kilingan axborotlar sirtda «yotish»i, bunda nazorat buzilishi mumkinligini ko‘rsatishi extimol. O‘ta yashil va sarik ranglar bu erda kizil va ko‘k ranglarga nisbatan kulayrok bo‘lishi extimol, ammo ular o‘z navbatida goyat kontrastlikni keltirib chikarishi mumkin. Och ko‘k, och sarik, to‘k sarik, pushti, kip-kizil va yashilrok ranglar nafakat bir-birlaridan osonlik bilan farklanadi va kontrastlik talablariga javob beradi, balki agar ulardan ok rang bilan birgalikda moxirona foydalanilsa, ko‘pincha eng muvaffakiyatli bo‘ladi.
    Komp’yuter grafikasining dasturiy vositalaridan foydalanish tajribasi shu xakda darak beradiki, rangdan samarali foydalanish eng avvalo ko‘yilgan vazifaga boglik. Rangli kodlashtirishni moxirona tatbik etish grafik tasvirlanish ta’riflarini ancha yaxshilanishiga va xatolarni kamayishiga olib kelishi mumkin.
    Axborotlashgan jamiyat — ko'pchilik ishlovchilarning axborot, ayniqsa uning oliy shakli bo‘lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo'lgan jamiyatidir. Axborotlashgan jamiyatning o'ziga xos jihatlari quyidagilarda namoyon bo'ladi:
    • axborot iqtisodiyotining rivojlanishi;
    • axborot tangligini bartaraf etish; axborot texnologiyasining globalligiga erishish;
    • turli axborot resurslariga erkin kirib borilishi;
    • axborot resurslarining ustunligini ta’minlash;
    • yangi axborot texnikasi va texnologiyalarini keng qo'llash;
    • boshqaruv faoliyatida axborotdan samarali foydalanish.
    Axborotlashgan jamiyatda inson axborot bilan ishlash bo'yicha ma’­ lum darajadagi axborot madaniyatiga ega bo'lishi zamr. Buning uchun shaxsni axborotni tez qabul qilish va uning katta hajmini qayta ishlash, zamonaviy vositalar, usullar va texnologiyalardan foydalanishga tayyorlash lozim. Axborot madaniyati deganda — jamiyat a’zolarining axborotdan maqsadli foydalanish, axborotni qayta ishlash va uzatish, zamonaviy texniktashkiliy vositalardan va usullaridan foydalanish ko'nikmalariga ega bo'lishi tushuniladi. Axborotlashgan jamiyat quyidagi jihatlarda namoyon bo'ladi:
    • texnik qurilmalardan foydalanish ko'nikmalariga ega bo'lish;
    • o'z faoliyatida kompyuter, axborot texnologiyalaridan foydalanish;
    • turli manbalardan axborotni olishni bilish va undan samarali foydalanish;
    • axborotni tahliliy qayta ishlash asoslarini egallash;
    • o'z faoliyatiga taalluqli axborotni bilish va u bilan ishlashni uddalash. Axborotlashgan jamiyatning shakllanish va takomillashish muammolariga bag'ishlangan chet el va mamlakatimiz olimlarining ilmiy ishlari salmog'i oz emas. „Axborotlashgan jamiyat" tushunchasini birinchilar qatorida amerikalik iqtisodchi olim F. Maxlup ilmiy doiraga kiritgan. U monopoliya raqobatida patentlashtirish tizimining tutgan o'rnini statistik usullar asosida o'rganib, AQSh yalpi ichki mahsulotida axborotning miqdoriy jihatdan tavsiflanishini ko'rib chiqdi. Olim axborotni tovar sifatida qabul qilish konsepsiyasiga asoslangan holda Amerikada kelajakda jamiyat rivojlanishining asosiy sharti „axborotlashgan iqtisod" bo'lishi g'oyasini ilgari surdi.O'z konsepsiyasida F. Maxlup AQSh da nafaqat ilmiy-texnik axborotning, balki xohlagan ijtimoiy axborotning tarqatilishi va ishlab chiqarilishining o'sishini tavsiflovchi aniq empirik materiallardan foydalandi. Keyinchalik AQSh va boshqa mamlakatlarda „axborotlashgan jamiyat“ konsepsiyasini P. Drakker, D. Bell, E. Parker, M. Porat, A. Toffler, A. Mol, J. Stigler, K. Errou kabi bir qator iqtisodchilar oldinga surishdi. Hozirgi kunda ular olib borgan tadqiqotlar natijasi o'laroq milliy iqtisodda „axborot tarmog‘i“, „axborot iqtisodi“ va „axborotlashgan jamiyat" kabi konsepsiyalar vujudga kelgan. Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, jahon amaliyotida axborot sohasining milliy iqtisoddagi o'rnini aniqlash bo'yicha iqtisodiy hisob prinsiplariga asoslangan ikkita eng mashhur ilmiy qarash mavjud bo'lib, ular F. Maxlup va M. Poratlarga tegishli. F. Maxlup bilimlaming u yoki bu soha faoliyatida tutgan o'rnini har tomonlama o'rgangan hamda milliy iqtisod sohalarini yangicha guruhlashtirishning sintezini va bilimlar industriyasini mohiyat jihatidan belgilab oldi. Iqtisodchi olim F. Maxlup birinchilardan bo'lib milliy boylikning qanday qismi axborot mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va tarqatish hisobiga vujudga kelishini hamda bilim, umuman u bilan bog'liq bo'lgan yalpi milliy mahsulot qismini aniqlash masalasini ko'ndalang qo'ydi. U AQSh milliy iqtisodini to'la tadqiq qildi va bilimlar yaratadigan 30 ta tarmoqni belgilab oldi hamda ulami 5 ta guruhga ajratdi: maorif; ilmiy tadqiqot va ishlab chiqarish; aloqa va ommaviy axborot vositalari; axborot mashinalari va vositalari; axborot xizmatlari. Doktor Mark Uri Porat esa mavjud milliy hisoblar tizimiga asoslangan holda milliy iqtisodda axborot faoliyatining hajmini belgilashga intildi. Uning ilmiy qarashi qabul qilingan statistika tizimi asosida milliy iqtisoddagi mavjud axborot faoliyati turlarini aniqlashdan iborat bo'lgan. Ushbu tadqiqotning asosida „axborot bilan bog'liq faoliyat zamonaviy jamiyatning eng asosiy elementlaridandir" degan fikr yotadi. Uning fikricha, rivojlangan mamlakatlarning iqtisodi mazmunan ishlab chiqarishdan „axborotlashgan“ga aylanmoqda. M. Poratning tadqiqoti asosan ikkita maqsadni ko'zlagan, ya’ni axborot bilan bog'liq faoliyatni aniqlash va uning hajmini hisoblashdir. Axborotni ishlab chiqarayotgan tarmoqlar qo'llayotgan texnologiya, ishlab chiqayotgan mahsulot va ko'rsatayotgan xizmatlari shunchalik xilma-xilki, ulami bitta yagona tarmoqqa birlashtirish o'ta mushkul. Ammo ularning barchasi axborot mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash va tarqatishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham ular „axborotlashgan" degan yagona faoliyatda birlashadi.
    Amaliyoti rivojlangan mamlakatlarda fan va axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarining takomillashib borishi axborotlashgan jamiyatni shakllantirish bo'yicha o'zining nazariy takliflarini bergan olimlarning g'oyalari o'z o'rnini topayotganini ko'rsatmoqda. Bashorat qilishlariga qaraganda, butun jahon mamlakatlari yagona kompyuterlashtirilgan va axborotlashtirilgan kishilar jamiyatiga aylanib boradi. Tadqiqotlar axborotlashgan jamiyatga xos bo'lgan quyidagi xususiyatlarni belgilab berdi:
    • axborot tanqisligi muammosi hal etiladi;
    • boshqa resurslarga nisbatan axborot resurslari birlamchi o'ringa chiqadi;
    • axborotlashgan iqtisod rivojlanishning asosiy shakli bo'lib xizmat qiladi;
    • jamiyat taraqqiyotining negizi bo'lib axborot-kommunikatsiyalar bozori tovarlarini keng qo'llash shartlari qo'yiladi;
    • insoniyat taraqqiyotining yagona axborot maydoni shakllanmoqda.
    Hozirgi bosqichda ilmiy-texnikaviy rivojlanishning asosiy xususiyatlaridan biri — axborotning jamiyatdagi rolini belgilab olishdir. Shu o'rinda respublikamizning taniqli olimlari akademiklar V. Q. Qobulov, S. S. G'ulomov, professorlar A. A. Abdug'afforov, R. X. Alimov, M. Irmatov, T. Sh. Shodiyev, D. N. Ahmedov, В. M. Is-moilov, Z. T. Odilova va boshqalaming mazkur muammoga bag'ishlangan ilmiy ishlarini ta’kidlab o'tish joizdir. AkademikV. Q. Qobulov ta’kidlaganlaridek, „Iqtisodiy kibemetika, ijtimoiy ishlab chiqarishning siyosiy-iqtisodiy tahliliga asoslangan holda, axborot va materiallarni tubdan o'zgartirib yuborishning iqtisodiy tizimi doirasida ko'radi" Axborot tanqisligi bilan bog'liq bo'lgan boshqaruv xatolari juda qimmatga tushadi. Ayni paytda, boshqaruv va ishlab chiqarish samaradorligi, ilg'or texnologiyalarni ishlab chiqish va foydalanish bo'yicha eng ko'p axborotga ega bo'lgan tizim yutib chiqmoqda.
    Axborot intellektual faoliyatning muhim mahsuloti sanaladi. Sanoati rivojlangan barcha mamlakatlarda ushbu mahsulotlami o'z foydalanuvchilariga yetkazishning „usullari va vositalari" ni ishlab chiqish hamda joriy etish jadal sur’atlarda olib borilmoqdaki, bu axborot tizimlari va texnologiyalari sanoatini yaratishda o'z aksini topgan.
    Axborot texnologiyasi — axborotni to'plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar majmuyi. Axborot texnologiyalari industriyasining yuzaga kelishi ularning axborot jamiyatini yaratishni qanday ta’minlashiga bog'liq. Axborot texnologiyalari industriyasi axborot mahsulotlari va vositalarini ishlab chiqaradi hamda iste’molchilarga vetkazadi.Axborot mahsulotlari deganda avvalo, an'naviy yo'l bilan yoki elektron texnika yordamida olingan turli bilimlar sohasi, shuningdek. ma'lumot va axborotning boshqa shakllari tushuniladi. Axborot texnologiyalari rivojlanishi bevosita iqtisodiy obyektlarning axborot tizimlaridan foydalanishi bilan bog'liq. Zamonaviy axborot texnologiyalari rahbarlarga, mutahassislarga, texnik xodimlarga axborotni qayta ishlash va qarorlar qabul qilishda hamda to'liq va ishonchli bo'lgan zamonaviy axborot tizimini yaratishda ko'mak beradi.
    Axborot texnologiyalari ma’lumotlarni qayta ishlashning mustaqil tizimi sifatida ham, funksiyaviy tarkibiy qism sifatida ham ishlaydi va yanada yirik tizim doirasida boshqaruv jarayonini ta’minlaydi. Bunday tizimlar qatoriga sanoat korxonalari, firmalar, korporatsiyalar, moliya-kredit va tijorat-savdo tashkilotlari, ishlab chiqarish va xo'jalik jarayonlarining avtomatlashtirilgan boshqarish, ilmiy tajribalar, iqtisodiy-matematik modeli, ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi, kutubxona xizmati va boshqa bir qator sohalar kiradi
    . Hozirgi kunda nafaqat ta’lim sohasiga, balki milliy iqtisodning barcha tarmoqlariga: tijorat, biznes va boshqalarga zamonaviy axborot texnologiyalari keng ko'lamda kirib kelmoqda.
    Axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarining hayotimiz barcha jabhalariga kirib kelishi biznes va ta’limni yo'lga qo'yish mexanizmlarini tubdan o'zgartirib bormoqda. Shuni ta’kidlash kerakki, jahon iqtisodiyotining globallashib borayotganida Internet orqali ta’lim xizmatlarini taklif etish borasida mehnat bozorining hajmi cheksizdir. O'zbekistonda yuzaga kelgan vaziyat iqtisodiyotning rivojlanishini intensiv yo'lga o'tkazishni, resurslaming barcha turlaridan oqilona foydalanishni, ishlab chiqarishga tobora takomillashgan mehnat qurollarini joriy etishni juda ham muhim vazifa qilib qo'ymoqda. Bugungi kunda kompyuter va axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalar tarmoqlarini, ma’lumotlar uzatishni, Internet xizmatlariga kirib borishni va zamonaviylashtirish respublikamizda ustuvor o'rinlarga chiqmoqda.

    Download 0,95 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 0,95 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Virtual Realitiy (VR) va Augmented Reality (AR) Texnikalari

    Download 0,95 Mb.