|
Reja: Isitish haqida ma’lumot
|
bet | 1/11 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 98,5 Kb. | | #116165 |
Bog'liq Isitish tizimlari
Mavzu: Isitish tizimlari
Reja:
1.Isitish haqida ma’lumot;
2. Maxsus uyni isitish uchun elektr isitgich. Elektr issiqlik, suv isitish tizimlari;
3. Elektr isitish asboblari turlari;
4. Elektrol isitish tizimlarini o’rnatish.
Isitish — turar joylar, sanoat binolari, muassasalar va b. jamoat binolarini yilning sovuq paytlarida sun’iy isitishga doir tadbirlar majmui. Kishilar o’zini yaxshi his qilishi, texnologik jarayonlar me’yorida o’tishi, jixrzlar, materiallar, mahsulotlar va b. yaxshi saklanishi uchun xona temperaturasi mo’’tadil (turar joylarda + 18°, tomosha zallarida +16°, kasallar operatsiya qilinadigan xonalarda +25° va h.k.) bo’lishi kerak.
I. qurilmalari majmui isitish tizimi deb ataladi. U mahalliy va markaziy I.ga bo’linadi. Pechka, gaz va elektr qurilmalar yordamida I. mahalliy isitish tizimiga kiradi. Markaziy isitish tizimi issiqlik generatori (qozon), qizish asboblari (radiatorlar, reyestrlar) va issiklik yo’llari (quvurlar)dan iborat. Issiklik generatorida yoqilg’i (ko’mir, gaz, ba’zan, mazut va b.) yonganda issiklik eltuvchi (suv, bug’ yoki havo) qiziydi. U quvur orqali borib, qizish asboblarini, ular esa xona havosini qizdiradi. Qozondagi suv temperaturasini o’zgartirib, xona temperaturasini bir me’yorda saklash mumkin. Issikdik eltuvchi turiga qarab, markaziy I. suv bilan isitish, bug’ bilan isitish va havo bilan isitish xillariga bo’linadi. Bitta generator bir yoki bir necha binoni isitadi. Binolar guruhi tuman qozonxonasidan yoki issiklik elektr markazidan isitilishi va issiq suv bilan ta’minlanishi mumkin. Suv bilan isitish va havo bilan isitish tizimlari turar joylar, o’quv muassasalari, kasalxonalar, bog’cha, yasli va b. binolarni I.da, bug’ bilan isitish organik chang ajralmaydigan korxona binolarinigina I.da qo’llanadi. Bulardan tashkari, gaz bilan isitish, elektr bilan isitish, aralash (kombinatsiyalashgan) isitish, nur bilan isitishpzm ham foydalaniladi. Yirik panelli binolarda radiatorlar, quvurlar devor yoki pol orasiga o’rnatiladi. Kam qavatli va yakka (xususiy) binolarni isitishda pech bilan isitish usulidan foydalaniladi.
|
| |