Elementli issiqlik almashinish apparatlari




Download 5,67 Mb.
bet5/8
Sana19.05.2024
Hajmi5,67 Mb.
#244480
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1523982190 71168

Elementli issiqlik almashinish apparatlari. Bu isitkichlar ketma – ket ulangan bir necha truba elementlarining sektsiyasidan iborat. Isitkichlarning bitta sektsiyasida trubalarning soni 4-140 ta bulishi mumkin. Elementlarning bir nechtasi birgalikda (ularda trubalarning soni kam bulganda) xuddi ko‘p yo‘lli koxuj-trubali issiqlik almashinish apparatlariga uxshab ishlaydi. Bu isitish apparatlari issiqlik tashuvchi agentlarning tezliklari bir xil kattalikda va ish muhitlarining bosimi yuqori bulganda xam samarali ishlaydi.



14.4 rasm. Elementli issiqlik almashinish apparatlari

1-qobiq, 2-ikki qatorli trubkalar



Elementli issiqlik almashinish qurilmalarida tusiklar bulmagani uchun gidravlik karshilik xam bo‘ladi. Natijada truba oralarida ifloslangan qatlamning xosil bulishi kamayadi.ammo ko‘p yo‘lli koxuj-trubalari isitish apparatlariga nisbatan bu isitish qurilmalarida elementlarning soni ortishi bilan flanets birikmalari, kompensator hamda truba to‘rlarining soni ortadi, natijada apparatning kiymati xam ortib ketadi.
Elementli issiqlik almashinish apparatidagi bitta sektsiyaning issiqlik almashinish yuzasi 0,75…30 m2 ga teng.
«Truba ichida truba» tipidagi issiqlik almashinish apparatlari.bunday isitkichlar bir necha elementlardan tuzilgan. Xar bir element katta diametrli tashqi truba va kontsentrik xolda joylashgan ichki trubadan iborat (14.5-rasm). Ichki trubadan isitilaetgan muhit harakat kilsa, trubalararo bo‘shliqdan esa sovitilaetgan agent harakat qiladi.
Ichki trubaning va trubalararo bo‘shliqning kundalang kesimlari kichik bulganligi sababli kichik sarflarda xam issiqlik tashuvchi agentlarni katta tezliklar bilan o‘tkazish mumkin. SHuning uchun bu isitkichlarda yuqori kursatkichli issiqlik o‘tkazish koeffitsientiga erishish mumkin va apparatning massa birligiga tugri keladigan issiqlik miqdori koxuj- trubali isitgichlarga nisbatan yuqori bo‘ladi.



14.5 rasm. «Truba ichida truba» tipidagi issiqlik almashinish apparati;

I-II- issiqlik tashuvchi agentlar, 1-ichki truba, 2-tashqi truba, 3-kalach,


4-birlashtiruvchi patrubka

Bundan tashkari, issiqlik tashuvchi agentlarning tezligi katta bulgani uchun, trubalarning yuzasida xar xil iflosliklar xosil bulmaydi.
Bu tipdagi isitgichlar yuqori bosimda va issiqlik tashuvchi agentlarning sarflanish miqdori kam bulganda xam ishlaydi. Ularning afzalligi: issiqlik tashuvchi agentlar katta tezlikka ega bulganligi uchun issiqlik o‘tkazish koeffitsentining kiymati katta, apparatni tayerlash oson.
Kamchiliklari ulchamlari katta, issiqlik almashinishda katnashmaydigan tashqi trubalarga ko‘p metall sarflanganligi uchun apparatning kiymati katta, trubalar o‘rtasidagi bo‘shliqni tozalash qiyin.
Zmeevikli issiqlik almashinish apparatlari.
Bunday isitkichlarda 15…20 mm li trubalardan tayerlangan spiralsimon zmeeviklar suyuqlik bilan tuldirilgan idishga urnatiladi. (14.6-rasm, a).zmeevik trubalaridan gaz yoki bug‘ harakatlanadi.
Suyuqlik bilan tuldirilgan idishning xajmi katta bulgani va idish ichidagi suyuqlikning tezligi juda kichik bulgani uchun zmeevikning tashqi devori tomondagi bug‘ bilan suyuqlik orasidagi issiqlik berish koeffitsienti xam kichik kiymatga ega bo‘ladi. apparatning xajmini kamaytirish va suyuqlikning tezligini oshirish uchun uning ichiga stakanga uxshash idish tushiriladi.



14.6 rasm. Zmeevikli isitkich.

Bunday issiqlik qurilmalarida zmeeviklar tugri trubalardan tayyorlanib, kalachlar yordamida birlashtiriladi(14.6-rasm, v).
Agar issiqlik tashuvchining miqdori katta bulsa, bir necha parallel sektsiyalardan iborat bulgan zmeeviklar urnatiladi(14.6-rasm, b).
Sektsiyalar bunday parallel ulanganda muhitning tezligi va harakat yo‘li kamayish natijasida qurilmaning gidravlik karshiligi xam kam bo‘ladi. Bu isitkichlarda trubalararo issiqlik almashinishning intensivligi kam, chunki zmeevik trubalaridan idishdagi isitilayotgan suyuqlikka erkin konvektsiya orkali utadi. shuning uchun bu isitkichlar kam miqdordagi suyuqliklarni isitish uchun ishlatiladi.
Zmeevikli issiqlik almashinish qurilmalarining konstruktsiyasi sodda va arzon bulganligi uchun ular sanoatda keng kullaniladi.
Bu isitkichlarni tozalash, tuzatish oson hamda ular yuqori bosimda ximiyaviy aktiv muhitlarni isitish uchun xam ishlatiladi.
Zmeevik trubalarida harakatlanayotgan bug‘ning bosimi 0,2…0,5 mpa gacha bulganda zmeevik uzunligining truba diametriga nisbati 200-245 bulishi kerak. Agar bu nisbatning miqdori katta bulsa, bug‘ kondensati zmeemik trubalarning pastki qismida yigilib, issiqlik almashinish tezligi kamayadi va gidravlik karshiliklar ortib ketadi. Afzzalligi: tayyorlash oson, issiqlik almashinish yuzasini uzatish va tuzatish oson, idishdagi suyuqlikning xajmi katta bulganligi sababli rejimning o‘zgarishlariga uncha sezgir emas. Kamchiliklari: ulchami katta, idishdagi suyuqlikning tezligi kam bulganligi uchun zmeevikning tashkarisidagi issiqlik berish koeffitsienti kichik, trubalarning ichki yuzasini tozalash qiyin.
Yuvilib turuvchi issiqlik almashinish apparatlari xam zmeevikli apparatlar katoriga kiradi. bunday isitkichlar tashqi tomonidan suyuk xoldagi issiqlik tashuvchi (odatda suv) bilan yuvilib turuvchi zmeeviklardan iborat (14.7-rasm). Purkab beruvchi tarnov orkali suv yuqorigi trubaga berilib, undan keyin pastki trubaga tushadi. Ketma–ket xamma trubalardan utgach, suv sovitkichning tagida joylashgan yig‘gichga tushadi. odatda bunday sovitkichlar ochik xavoda joylashtirilgan bo‘ladi.



14.7 rasm. Yuvilib turuvchi issiklik almashinish apparati


1-suvni sochib beruvchi tarnov,


2- kalach, 3-trubalar; 4-suv yig‘gich

Afzalliklari: sovituvchi suvning sarfi kam, tuzilishi sodda va arzon, trubalarni tozalash oson.
Plastinali va spiralsimon issiqlik almashinish apparatlari.
Plastinali issiqlik almashinish apparatlari yupka metall listlardan tayyorlangan bir necha kator parallel plastinkalardan tuzilgan bo‘ladi. (14.8-rasm).Plastinalar o‘rtasidagi kanallar ikki guruhga bo‘linadi: birinchi guruh kanallardan issiqlik tashuvchi agent





14.9-rasm. Plastinali issiklik almashinish apparati

Harakat qilsa, ikkinchi guruh kanallardan issiqlik kabul kiluvchi agent harakat qiladi. bunday issiqlik almashinish apparatlari ixcham bo‘lib, ikkala issiqlik tashuvchilarni katta tezlik bilan utkaziish imkoniyatiga va yuqori issiqlik o‘tkazish koeffitsientiga ega. birok, bunday apparatlar katta bosimlarga bardosh bera olmaydi,isitkichni remont kilgandan keyin plastinalar orasidagi tegishli zichlikni yana xosil kilish qiyin.
Bunday apparatlar asosan atmosfera bosimida gazlar o‘rtasida issiqlik almashish uchun xizmat qiladi (masalan, xavoni tutun gazlari bilan isitish uchun ishlatiladi).
spiralsimon issiqlik almashinish apparatlari tugri turtburchaklik kesimiga ega bulgan ikkita kanallardan iborat (14.9 rasm).



14.9-rasm. Spiralsimon issiqlik almashinish apparati

1,2- metall listlar, 3- plastina to‘siqlar, 4-kopkok, 5-flanets, 6-kistirma, 7-oralik yo‘l, 8-suyuklikning kirish va chikish shtutseri



Kanallar yupka metall plastinalardan tuzilgan bo‘lib, ular issiqlik almashinish yuzasi vazifasini bajaradi. spirallarning ichki tomondagi uchlari ajratuvchi tusik orkali biriktirilgan . kanallar sistemasi qopqoq yordamida berkitilgan.
Gorizontal spiralsimon apparatlar ikkita suyuqlik o‘rtasida issiqlik o‘tkazish uchun xizmat qiladi. Vertikal spiralsimon apparatlar esa kondensatsiyalanayotgan bug‘ va suyuqlik orasida issiqlik almashinishini amalga oshirish uchun ishlatiladi.
Afzalliklari: tuzilishi ixcham, ikkala issiqlik tashuvchi agentni katta tezlik bilan o‘tkazish mumkinligi uchun katta issiqlik o‘tkazish koeffitsientiga ega. gidravlik karshiligi ko‘p yo‘lli kojux – trubali apparatlarnikiga karaganda kam.
Kamchiliklari: tayyorlash va remont kilish murakkab, 0,6 mpa dan ortik bosim bilan ishlash mumkin emas.
G‘ilofli va kirrali isiklik almashinish apparatlari.
Eng oddiy g‘ilofli apparatning sxemasi 14.10-rasmda keltirilgan, ularni eng ko‘pi bilan 0,6…1 mpa bosimgacha ishlatish mumkin. bunday apparatlarda issiqlik almashinish yuzasi 10 m2 gacha. Apparatdagi suyuqlikning issiqlik berish koeffitsientini oshirish uchun aralashtirgichlar ishlatiladi.bu apparatlar ko‘pincha ximiyaviy moddalarni sintez kilishda kullaniladi.
Agar issiqlik tashuvchilardan birining issiqlik berish koeffitsienti ikkinchisinikidan ancha kichik bulsa, u xolda ning kiymati kichik bulgan tomondagi issiqlik almashinish yuzasi kattalashtiriladi.bunday sharoitlarda kirrali yuzaga ega bulgan issiqlik almashinish apparatlari ishlatiladi. bularga kalorifer, radiatorlar misol bo‘ladi (14.11-rasm).
Kirrali issiqlik almashinish apparatlari xavo va gazlarni isitish uchun, kuritish apparatlarida korxona binolari va turar joylarning isitish sistemalarida eng ko‘p kullaniladi.
Issiqlik almashinish apparatlarining boshka turlari.
Aylanma issiqlik almashinish apparatlari.bu isitkichlarning isitish yuzasi qobiq ichiga urnatilgan kontsentrik zmeevik trubalarning tuplamidan iborat.







14.10-rasm. G‘ilofli issiqlik almashinish apparati
a) past bosimlar uchun, b) yuqori bosimlar uchun, 1-korpus, 2-bug‘ qobig‘i, 3-flanets







14.11-rasm. Qirrali issiqlik almashinish apparati


a) qirrali trubali,


b) silliq trubali,
v) qiyasimon trubali,
g) qirra plastinali

Zmeevik trubalar maxsus ulagichlar orkali qobiqka biriktiriladi. issiqlik tashuvchi agentlarning biri zmeevik trubalaridan, ikkinchisi esa truba va apparat devori o‘rtasidagi oralikdan harakat qiladi.
Bu tipdagi isitkichlar yuqori bosimli apparatlarda gaz aralashmalarini kuchli sovuk ostida ajratish uchun ishlatiladi. aylana issiqlik almashinish apparatlarining xarakterli xususiyatlari shundaki, bunda issiqlik tashuvchi agentlar orasidagi temperaturalar farqi katta bulganda xam zmeevik trubalarining uzayishi uz-o‘zidan kompensatsiya kilinadi.



14.12-rasm. Aylanasimon isitkich


1- trubalar, 2-tashqi devor, 3,4-yukori bosimli gazning kirish va chikish patrubkalari; 5,6-past bosimli gazning kirish-chikish patrubkalari



Grafitli issiqlik almashinish apparatlari.grafitning issiqlik o‘tkazish xususiyati va suyuqlik ta’sirida korroziyaga uchramasligi tufayli grafitli issiqlik almashinish apparatlari sanoatning barcha tarmoklarida ishlatiladigan isitkichlarga nisbatan keng tarkalgan bo‘lib, uning afzalliklarini xech kanday isitkich bilan solishtirib bulmaydi.
Sanoatda blokli kojux-trubali yuviluvchi issiqlik almashinish qurilmalarining trubali grafitdan tayyorlanadi. Grafitning ximiyaviy mustaxkamligini oshirish uchun uning bush govaklariga fenol-formalg‘degid smolasi shimdiriladi.
Bunday grafitdan tayyorlangan issiqlik almashinish qurilmalari ximiyaviy agressiv muhitlarni (suyultirilgan sulg‘fat va fosfat kislotalar, kizdirilgan xlorid kislota) isitish va sovitish uchun ishlatiladi. bu isitkichlarda grafitning issiqlik o‘tkazish koeffitsienti yuqori bo‘ladi, ya’ni λ = 92…116 vt/ (mּk).
Grafitli issiqlik almashinish apparati bir va bir kancha tugri burchakli yoki silindrsimon bloklardan iborat. Bu isitkichlarda isssiklik tashuvchi agentlarning harakat kilishi uchun kundalang kesimi dumalok bulgan vertikal kanallar hamda unga perpendikulyar bulgan kanalchalar bor.



14.13-rasm. Grafitli isitkich.

1-grafit bloklari, 2-vertikal dumalok kanallar, 3-gorizontal dumalok kanallar, 4-yon tomondagi kanallar, 5-kopkok.



Issiqlik tashuvchi agentlarning birinchisi vertikal kanallarda, ikkinchisi esa gorizontal kanallarda harakat qiladi.Har xil bloklarning gorizontal kanallari bir-biri bilan yon tomondagi kameralar orqali boqlangan.grafit bloklari o‘zaro bir-biri bilan rezina qatlam orkali bolt yordamida zichlashtiriladi.
Grafitli silindrsimon blokli issiqlik almashinish apparatlarida gorizontal kanallar radial ravishda yunalgan bo‘ladi. Grafitli blokli apparatlarda ish bosimning kiymati 2,9ּ105 n/m2 dan oshmasligi kerak.
SHnekli issiqlik almashinish apparatlari. Issiqlik o‘tkazish xususiyati kam va kovushokligi yuqori bo‘lgan suyuqliklarni hamda sochiluvchan moddalarni isitganda, issiqlik almashinish tezligini oshirish uchun apparatning devoriga tegib turgan muhitning yuza qismini doimiy ravishda yangilab turish lozim. shu maksadda bir vaktning o‘zida moddalarni mexanik aralashtirib shnek yordamida uzatish lozim (14.14-rasm).



14.14-rasm. SHnekli isitkich.


1-korpus, 2-qobiq, 3,4-shneklar, 5-salg‘niklar



Apparatning chekka qismidan tushayotgan material bir-biriga qarab aylanma harakat kilayotgan shneklarda aralashib, shneklar materialni qarama-qarshi tomonga harakatlantiradi va apparatning ikkinchi chekka tomonidan chikarib yuboradi.



Download 5,67 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 5,67 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elementli issiqlik almashinish apparatlari

Download 5,67 Mb.