• Birinchi yordam
  • Reja: Jarohatlangan shaxslarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatishning vositalari




    Download 61,82 Kb.
    bet1/4
    Sana25.01.2024
    Hajmi61,82 Kb.
    #145225
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Shikastlangan kishilarga dastlabki tibbiy yordam ko


    Shikastlangan kishilarga dastlabki tibbiy yordam ko’rsatish
    Reja:
    1.Jarohatlangan shaxslarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatishning vositalari.
    2.Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish turlari.
    3.Zahrlanish,kuyish,suyaklar sinishi,sovuq urushi,elektr to’ki urushi,cho’kishda tibbiy yordam ko’rsatish.

    Annotatsiya: Ushbu maqolada jarohatlangan shaxslarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatishning vositalari, hikastlangan fuqoralarga ko’rsatiladigan birinchi tibbiy yordamning asosiy vazifasi va tezkor choralar ko’rish bilan uning hayotini saqlab qolish kasallikni yengilashtirish buyicha fikr mulohazalar yuritilgan.


    Kalit so’zlar: Birinchi tibbiy yoram ko’rsatish, qon ketishini vaqtincha tuxtatish, suniy nafas berish, antibiotiklar berish, og’riq qoldiradigan dorilar.


    Birinchi yordam — baxtsiz hodisalar roʻy berganda, kishi shikastlanganda yoki toʻsatdan kasal boʻlib qolganda uning hayotini asrab qolish va yomon asoratlardan omon qolishi uchun koʻrsatiladigan tez va oddiy tadbirlar majmui; shifokor yetib kelguncha yoki ularni shifoxonaga olib borguncha amalga oshiriladi. Birinchi yordam oʻz-oʻziga yoki boshqalar tomonidan koʻrsatilishi mumkin. Shikastlangan odam jarohatini oʻzi bogʻlay olsa, zaharlanish alomati boʻlganida, mast, koʻp suyuqlik ichib meʼdani yuvish va qayt qilishga quvvati kelsa, oʻz-oʻziga Birinchi yordam koʻrsatishi mumkin. Oʻzaro Birinchi yordam odatda boshqa kishi tomonidan koʻrsatiladi. Kishining hayoti xavf ostida qolganda, mast, qon ketganda, tok urganda, zaharlanishda, koma, shok va boshqa holatlarda darhol Birinchi yordam koʻrsatish zarur. Keyingi koʻrsatiladigan tibbiy yordam Birinchi yordamning qanchalik toʻgʻri koʻrsatilganligiga bogʻliq. Mast, suyak ochiq singanda bogʻlov va shina (taxtakach)ning tez va toʻgʻri qoʻyilishi (qarang Immobilizatsiya), koʻpincha shok va boshqa ogʻir kasalliklarning oldini olishga, shikastlanib behush yotgan kishini yonboshi bilan yotqizish traxeya va bronxlarga qusuq massasi hamda qon ketib qolmasligiga yordam beradi. Shikastlangan fuqarolarga ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordamning asosiy vazifasi tezkor choralar ko‘rish bilan ularning hayotini saqlab qolish, azobuqubatlarning oldini olish yoki kasallikning kechishini yengillashtirishdan iboratdir. Birinchi tibbiy yordam, shikastlanish hodisasi sodir bo‘lgan joyda shikastlanganlarning o‘z - o‘zlari va bir - birlariga o‘zaro yordamlari hamda sanitary drujinachilar tomonidan ko‘rsatilishi mumkin. Birinchi tibbiy yordam turkumiga quyidagi chora-tadbirlar kiradi: qon ketishini vaqtincha to‘xtatish; badanning jarohatlangan yoxud kuygan joyiga toza steril bog‘lam qo‘yish; sun’iy nafas oldirish va yurakni bilvosita massaj qilish, uqalash; turli zahriqotillarga qarshi emdori, antidot (ziddizahar)lar yuborish, antibiotiklar berish, og‘riq qoldiradigan, tinchlantiradigan dorilar yuborish (ayniqsa, shok vaqtida); yonib turgan kiyimni o‘chirish, shikastlangan odamni transport vositasida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish uchun uning shikastlangan joyini qimirlamaydigan qilib bog‘lash (transport immobilizatsiyasi), odamni issiq va sovuq harorat ta’siridan asrash, uning muzlab qolgan badanini isitish; turli zaharlovchi moddalar bilan shikastlanganlarga gazniqob kiydirish, ularni xavfsiz joylarga olib chiqish, shuningdek, qisman sanitariya ishlovlarini zudlik bilan o‘tkazish va h.k. Birinchi yordam uch xil tadbirlar majmuasini oʻz ichiga oladi: 1) tashqi shikastlovchi omillar (elektr toki, bosib qolgan ogʻir narsa va boshqalar) taʼsirini darhol bartaraf etish yoki shikastlangan kishini noqulay sharoitdan xoli qilish (suvdan, oʻt tushgan joydan olib chiqish va boshqalar); 2) shikastlanish tarziga qarab Birinchi yordam koʻrsatish (bular haqida q. Suyak chiqishi, Suyak sinishi, Zaharlanish, Hushdan ketish, Jarohatlanish, Kuyish va b.); 3) yaqin atrofdagi kasalxona, poliklinikaga yetkazish. Odam toʻsatdan betob boʻlib qolganida, turli xil baxtsiz hodisalar roʻy berganida, albatta tez yordam chakirish, noiloj qolgan hollarda duch kelgan transportda davolash muassasasiga olib borish zarur. Toʻgʻri Birinchi yordam koʻrsatish uchun doim tegishli bilim va malakani oshirib borish lozim. Ishxona, avtomashina va uydagi dori qutichasida Birinchi yordam uchun zarur boʻlgan hamma narsalar boʻlishi kerak. Birinchi tibbiy yordamni mumkin qadar tez va qisqa fursatlarda ko‘rsatish kasallik va shikastlanishlarning keyinchalik qanday o‘tishi, oqibati nima bilan tugashi, ba’zan esa shikastlanganlarning hayotini asrab qolish uchun nihoyatda muhim ahamiyatga egadir. Ko‘p miqdorda qon ketayotgan, elektr tokidan shikastlangan, suvga cho‘kkan paytda yurak faoliyati to‘xtab, nafasi chiqmay qolgan va yana boshqa shunday og‘ir hollarda albatta, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilishi zarur. Basharti, ko‘plab odamlar bir yo‘la birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishga muhtoj bo‘lishsa, bunday yordamning muddatlari hamda navbati belgilanadi. Ayni paytda bir yo‘la har xil turdagi shikastlanishlarga duchor bo‘lgan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun ayrim usullar tartibini ham belgilab olish lozim. Bunda avvalo, shikastlangan odamning hayotini saqlab qolishga imkon beradigan eng zarur amallarga asosiy e’tibor beriladi. Chunonchi, son suyagi ochiq sinib, arteriyadan qon oqib turgan vaqtda birinchi navbatda hayot uchun xatarli bo‘lgan qon ketishini to‘xtatish, keyin jarohatga toza, steril bog‘lam qo‘yish va shundan so‘ng oyoqni qimirlamaydigan qilib bog‘lash (immobilizatsiya qilish)ga kirishiladi. Singan suyakning o‘z joyidan siljimasligi uchun maxsus shina - taxtakach yoki o‘sha sharoitda ko‘zga tashlanib, qo‘lga ilingan yana boshqa barcha imkoniyatlar, tibbiy, hayotiy yordamchi vositalardan foydalanish lozim. Birinchi tibbiy yordamning barcha usul-amallarini imkoni boricha nihoyatda ehtiyotkorlik bilan tez bajarmoq zarur. Shoshma-shosharlik va qo‘pol xattiharakatlar bilan amalga oshirilgan yordam, shikastlangan odamga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, uning avholini og‘irlashtirishi mumkin. Birinchi tibbiy yordamni bir emas, bir necha kishi ko‘rsatadigan bo‘lsa, ular bu vazifani o‘zaro kelishib, hamjihatlik bilan amalga oshirgan ma’qul. Buning uchun biri rahbarlik mas’uliyatini zimmasiga olishi lozim. Yuqorida aytganimizdek, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonida asosan, mazkur sharoitda ko‘z oldimizda va qo‘l ostimizda bo‘lgan mavjud vositalardan keng va unumli foydalaniladi. Bunday vositalar tukumiga: bog‘lovchi materiallar - bintlar, tibbiy bog‘lov paket - xaltachalari, katta va ularning kichik hajmdagi toza, steril bog‘lamli salfetkalar, paxta va boshqa ashyolar kiradi. Qon ketishini tuhtatish uchun esa, maxsus taxtachalar, fanerli, shotisimon, to‘rsimon va boshqa turdagi shinalar ishlatiladi. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda ba’zi dori-darmonlardan ham foydalaniladi. Chunonchi, naysimon ampula va shisha idishlarga solingan spirtdagi 5% li yod eritmasi, spirtdagi 1-2%li briliant yashili eritmasi, validol tabletkalari, valerianka tomchi dorisi, shisha naychalardagi novshadil spirti, shuningdek, tugmachasimon shakldagi yoxud kukun holidagi natriy gidrokarbonat (ichimlik sodasi), vazelin va boshqalar shular jumlasidandir. Bundan tashqari, ommaviy zararlanish o‘choqlarida radiofaol zaharlovchi moddalar hamda bacterial vositalar ta’siridan saqlanish, ulardan muhofaza qilish maqsadida shaxsiy dorilar majmui jamlangan shaxsiy individual aptechka (AI-2) imkoniyatlaridan ham foydalanish zarur. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun bahtsiz hodisa sodir bo‘lgan joyda ko‘zga tashlangan va qo‘l ostida bo‘lgan vositalar turkumiga bog‘lam qo‘yish uchun toza choyshab, qo‘ylak, gazlama (iloji bo‘lsa oq tusdagi); qon to‘xtatish uchun esa tasma, bog‘ich, jgut o‘rniga shim kamari yoki belbog‘, gazlama parchasi; suyak singanda: shinalar o‘rniga qattiq qog‘oz yoxud faner bo‘laklari, taxta, tayoq va boshqalar ishlatiladi. Jarohat deb, teri qoplamalari, shilliq pardalari, ba’zan esa ancha ichkaridagi to‘qimalar yaxlitligi, butunligining buzilishi va og‘rib, qonab turgan, yuzasi ochiq shikastlanish o‘chog‘i, markaziga aytiladi. Jarohatlarning kelib chiqish sabablari va ko‘rinishlari turlicha bo‘ladi. Chunonchi, o‘q tekkani, kesilgani, chopilgani, sanchilgani, urilgani, ezilgani, yirtilgani, tishlangani sababli jarohat paydo bo‘lishi mumkin. O‘q tekkan jarohatlar, otilgan o‘q yoki uning parchasi, oskolkadan yaralanish tufayli paydo bo‘ladi. Natijada tanani teshib o‘tgan, uchi berk, yopiq bo‘lgan yoxud urinma jarohatlar yuzaga keladi. Tanani teshib o‘tgan jarohatlarda albatta, uning kirish va chiqish teshiklari mavjud bo‘ladi. Uchi berk jarohatlarda o‘q to‘qimalar orasida qoladi, urinma jarohatlarda esa, turli yo‘nalishda uchib kelgan o‘q yoki oskolka yumshoq to‘qimalar orasida qolmasdan, teri va to‘qimalarni shikastlab o‘tadi. Kesilgan va sanchilgan jarohatlarning shikastlanish doirasi bir muncha kichik, chetlari tekis bo‘ladi, shuning uchun ham bunday jarohatlar devorlarining hayotiyligi, tez bitib ketish xususiyati saqlanadi, ammo ulardan ko‘p qon ketadi, boshqa turdagi jarohatlarga nisbatan bunday jarohatlarga infeksiya kamroq yuqadi. Sanchilgan jarohatlarning tanani teshib o‘tgan turlari teri yoki shilliq pardani uncha ko‘p zararlamasa ham, chuqur bo‘lishi, hatto ichkaridagi ichki a’zolarni shikastlab, tashqaridan infeksiya olib kirishi, organizmga katta xavf-xatar tug‘dirishi, qorin bo‘shlig‘i pardasining yallig‘lanishi (perionit), qonning zararlanishi (sepsis) kabi og‘ir asoratlarga sababchi bo‘lishi ham mumkin. Chopilgan jarohat har xil chuqurlikda bo‘lib, yumshoq to‘qimalarning urilib, lat yeyishi va ezilishiga olib keladi. Urilgan, yirtilgan va ezilgan jarohatlar murakkab shaklda, chetlari notekis bo‘lishi bilan belgilanadi. Ancha joylari qontalash, o‘limtik (nekrozga uchragan) to‘qimalarga boy bo‘ladi. Bunday jarohatlarda infeksiyaning tez avj olishi, uning yiringlab ketishi uchun qulay shart - sharoit vujudga keladi. Yirtilgan jarohatlar qo‘pol mexanik ta’siri tuafayli ham paydo bo‘lib, aksariyat terining sidirilishi, mushak va tomirlarning shikastlanishi, ularning ifloslanishi bilan davom etadi. Tishlangan jarohatlarda esa hamisha ifloslangan so‘lak aralashgan bo‘ladi. Ma’lumki, deyarli barcha jarohatlar (bundan operatsiya jarohatlari mustasno) birlamchi tartibda infeksiyalangan, ya’ni ifloslangan deb hisoblanadi. Chunki, ularga albatta biror qo‘shimcha jarohatlovchi narsa, ya’ni tuproq, kiyim - bosh bo‘laklari bilan birga,havodan hamda jarohatga qo‘l tekkizilgan paytda unga ko‘plab zararli jonzotlar, mikroblar tushadi. Bu esa, jarohatning o‘z navbatida yiringlab ketishi, saramas singari yaramas asoratning boshlanishiga sabab bo‘ladi. Havosiz joyda tez ko‘payib, urchiydigan va anaerob infeksiya (gazli gangrena)ga sabab bo‘ladigan mikroblarning jarohatga tushishi hayot uchun nihoyatda xavflidir. Jarohatlarning yana bir xatarli asorati, ularga qoqshol mikrobi yuqib qolishidir. Odamning badaniga har qanday jarohat yetganida, ayniqsa, jarohat tuproq bilan ifloslanganida, shuningdek, to‘qimalar ezilganida qoqsholning oldini olish uchun jarohat olgan odamga albatta, qoqsholga qarshi tozalangan anatoksin yoxud qoqsholga qarshi zardob yuborilishi shart, aks holda buning oqibati fojia bilan tugaydi. Har qanday jarohatga mikrob tushmasligi, uning ifloslanmasligi oldini olish uchun eng muhim shartlardan biri, maxsus tayyorlangan, toza, aseptik bog‘lamni mumkin qadar tezroq ishlatish, jarohat yuzini berkitish, bog‘lab qo‘yishdir. Jarohatlar yuzada joylashgan yoki aksincha kalla qopqog‘i, ko‘krak qafasi, qorin bo‘shlig‘ini teshib o‘tgan bo‘lishi ham mumkin. Bunday tanani teshib o‘tgan jarohatlar hayot uchun nihoyatda xavflidir. Masalan, ko‘krak jarohatlanganida ko‘pincha o‘pka ham shikastlanadi. Natijada qon tuflash, plevra bo‘shlig‘iga qon oqib tushishi va teri osti emfizemasi (teri ostida havo to‘planishi) paydo bo‘ladi. Tanani teshib o‘tgan ko‘krak jarohatlari orasida yopiq, ochiq va qopqoqli, ya’ni klapanli pnevmotoraksga sabab bo‘ladigan jarohatlar ham tafovut qiladi. Odam jarohatlanganida ko‘krak devoridagi jarohatdan, bronxdan yoxud o‘pkasidan plevra bo‘shlig‘iga havo o‘tadi. Bunday holatda plevra bo‘shlig‘iga o‘ta boshlagan havo jarohat kanalidagi yumshoq to‘qimalarning tiqilib, berkilib qolishi natijasida o‘tolmay, to‘xtab qoladi. Oqibatda yopiq pnevmotoraks yuzaga keladi. Teshib o‘tgan qorin jarohatlari ichki a’zolar: jigar, me’da, ichak, buyrak va boshqalarni jarohatlantirgan yoki jarohatlantirmagan, ularni qorin bo‘shlig‘idan tashqariga chiqishiga olib kelishi yoki bunday holatga olib kelmagan bo‘lishi mumkin. Jarohatning o‘zidan tashqari qorin qismiga qattiq yoyilgan og‘riq, qorin devori mushaklarining taxtadek taranglashishi, qorinning dam bo‘lib shishishi, chanqash, og‘iz qurishi, teshib o‘tgan jarohat alomatlari hisoblanadi. Qoringa yopiq shikastlar yetganida jarohat bo‘lmay turib ham qorin bo‘shlig‘idagi ichki a’zolar shikastlanishi mumkinligini doimo yodda tutish lozim. Tibbiy yordam ko‘rsatishda jarohatlarni bog‘lash usullari ham mavjud. Bahtsiz holatlarda shikastlanganlarning jarohatini bog‘lash, uning ko‘ngilsiz asoratlarining oldini olishda muhim rol o‘ynaydi. Buning uchun tozalik va ozodalik (aseptika va antiseptika) qoidalariga to‘liq rioya qilgan holda tegishli bog‘lam turlaridan oqilona foydalanish va ularni mohirlik bilan qo‘llash usullarini bilish lozim. Bog‘lam, jarohat yuzasini berkitib qo‘yish uchun qo‘llanadigan xom ashyodir. Ma’lumki, bog‘lam ikki qismdan, ya’ni jarohat yuzasiga bevosita tegib, taqalib turadigan ichki qism va nihoyat uni bosib, mustahkam ushlab turadigan tashqi qismdan iborat. Tabiyki, bog‘lamning ichki qismi toza, sterillangan bo‘lishi shart. Bog‘lamlarni qo‘llash vaqtida imkoni boricha, shikastlangan odamga ozor bermaslik, jarohatni og‘ritmaslikka harakat qilish lozim. Zero har safar bog‘lam qo‘yilganda jarohat qaytadan yangilanadi, bundan odam qattiq azoblanadi. Birinchi marta jarohatga qo‘yiladigan bog‘lam o‘z nomi bilan birlamchi sterial bog‘lam deyiladi. Buning uchun jarohatga iflos narsalarni tekkizmasdan uning yuzasini ochish, yalang‘ochlash zarur. Jarohatning harakteri, ob - havo va mahalliy sharoitlarga qarab, yaradorning ustki kiyimi yechib olinadi yoki biror o‘tkir asbob-uskuna yordamida avaylab kesiladi, qirqiladi. Kiyim avval shikastlanmagan, keyin esa, shikastlangan tomondan ohista yechiladi. Sovuq paytlarda yarador sovqotib qolmasligi, shuningdek, og‘ir ahvoldagi odamga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish zarurati tufayli kiyimning jarohat qismidagi bo‘lagi qirqiladi. Kiyimning jarohatga yopishib turgan qismi qaychi bilan avaylab kesib olinadi, so‘ngra ustiga toza bog‘lam qo‘yiladi. Yechib olingan kiyimni qaytadan qaytarish aksincha, teskari tartibda, ya’ni, avval shikastlangan, keyin esa, sog‘ tomonga qarab amalga oshiriladi. Bog‘lov xom ashyosi, materiali sifatida bint, doka, oq va kulrang paxta, ligning durracha (uch burchakli ro‘molcha)lar ishlatiladi. Bintni o‘ng qo‘lda ushlab, chap qo‘l bilan bog‘lamni tutib turish, bintning har bir o‘ramini peshmapesh rostlab, tekislab borish zarur. Bintni bog‘lamdan uzmay turib, chapdan o‘ngga yozib boriladi, uning navbatdagi o‘rami avvalgisining yarmisini qoplashigacha o‘ralaveradi. Bog‘lamning qon aylanishiga halal bermasligi uchun uning ostiga biroz qalinroq, bosib turadigan maxsus mato qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Ayni paytda bog‘lamni juda bo‘sh qilmaslik ham zarur. Bog‘lov materiali namni o‘ziga tortadigan (gigroskopik), jarohatdan qon va o‘ziga yaxshi so‘rib oladigan, yuvilganidan so‘ng tez quriydigan, osongina sterillanadigan bo‘lishi lozim. Tabel bog‘lov vositalari: tibbiy bog‘lov xaltachalari, turli kattalikdagi bint va salfetkalar, sterillangan va sterillanmagan bo‘ladi. Sanoatda tibbiy bog‘lov xaltachalari, turli kattalikdagi bint va salfetkalar, steril sharchalar, tamponlar, tilimchalar asosan, dokadan tayyorlanadi, ular sterillangan va sterillanmagan bo‘ladi. Yostiqchalarning faqat rangli ip bilan maxsus chatib qo‘yilgan tomoninigina qo‘l bilan ushlash mumkin. Yostiqchalar ustma - ust jarohat ustiga qo‘yilib, bint bilan o‘rab bog‘lanadi, so‘ngra bintning uchi to‘g‘nog‘ich bilan qadab mustahkamlanadi. Teshib o‘tgan jarohatni bog‘lash vaqtida uning kirish va chiqish teshiklarini berkitish maqsadida yostiqchaning surilmas qismi jarohatning bir teshigiga, suriladigan ikkinchi qismi esa, boshqasi ustiga qo‘yiladi va bint bilan o‘ralib, mustahkamlanadi. Paketning tashqi rezinali g‘ilofidan havo kirmaydigan, germetik bog‘lamlar qo‘yish uchun foydalaniladi. Oddiy bog‘lov haltachasi shaxsiy bog‘lov paketidan farqli o‘laroq, hamma tomoni pishiq pergament qoqozi bilan o‘ralgan bo‘ladi. Bir va ikki yostiqchali birinchi yordam xaltachalari ham pishiq qog‘oz, yupqa, yelim parda bilan o‘raladi. Durracha bog‘lamlar bosh ko’krak qismlariga, yelka, tirsak, tizza, boldirpanja bo‘g‘imlari, shuningdek, oraliqqa qo‘yiladi. Odatda, jarohat yuzasiga steril bint yoki salfetkalar qo‘yilgach, usti durrachalar bilan bog‘lab mustahkamlanadi. Birinchi tez tibbiy yordam ko’rsatishning umumiy qoidalari maktabda o’rgatiladi, u o’t o’chiruvchilar, militsiya xodimlari, transport haydovchilarni tayyorlash o’quv dasturiga ham kiritilgan. Harbiy xizmatchilar ham tez tibbiy yordam ko’rsatishni o’rganadilar. Laborantlar, farmatsevtlar, tish texniklari tayyorlash dasturiga «Birinchi tibbiy yordam fani asoslari» talablarga binoan kiritilgan (1969-yil). Qonunning 33-moddasiga ko’ra, har bir tibbiy xodim shikastlangan kishiga ko’chada, yo’lda, jamoat joylarida birinchi chaqiriq bo’yicha yordamga kelishi va baxtsiz hodisalar, to’satdan kasallanishlarda birinchi yordamni to’g’ri ko’rsata bilishi lozim u modda bandlarini bajarmaslik bizning qonunlarimiz bo’yicha jinoyat bilan yonma-yon turadi. Qonunning 17-moddasiga binoan, kasb-koriga oid o’z vazifalarini bajarmagan tibbiyot xodimlari qonun bo’yicha jinoiy yoki intizomiy javobgarlikka tortiladilar. Mahalliy hokimiyat organlari muassasalar va korxonalar rahbarlari zimmasiga birinchi tibbiy yordam ko’rsatayotgan tibbiyot xodimlariga har tomonlama ko’maklashish, shikastlanganlarni va to’satdan kasallanib qolganlarni yaqindagi davolash muassasasiga transportirovka qilish uchun zarur transport, aloqa vositalari bilan ta’minlash shartligini (37-modda) bilishlari lozim.Tibbiyot xodimi bo’lishni istagan har bir kishi bu kasbning qiyinligini va uni doimo qunt bilan o’rganish katta mehnat talab etishini, bilimlarni to’xtovsiz takomillashtirib va to’ldirib borish zarurligini bilib olishi kerak. Òibbiyot xodimi bemorlarning hayoti va dardlarini o’zining shaxsiy manfaatlaridan yuqori qo’yishi lozim. Bizni o’rab turgan artof-muhitning to’satdan bo’ladigan zararli omillari ta’sirida odam a’zolari faoliyatining zararlanishi yoki buzilishi baxtsiz hodisa, deb ataladi. Baxtsiz hodisalar yuz berganda, tez yordam qarorgohlariga favqulodda holatlar haqida zudlik bilan xabar qilish lozim. Bunday hollarda birinchi tez tibbiy yordamni ko’rsatish g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Bemorlarga bunday yordamni baxtsiz hodisa sodir bo’lgan zahoti va shifokor yetib kelguncha yoki zararlangan kishini statsionarga olib borguncha ko’rsatish lozim. Aksariyat baxtsiz hodisalarda zararlanib qolgan kishilar ularning qarindoshlari, qo’shnilari yoki tasodifiy yo’lovchilar birinchi bor uchragan tibbiy muassasa (dorixona, sanitariya-epidemiologiya nuqtalari, bolalar bog’chasi va boshq.)ga murojaat qiladilar. Bu muassasalarning tibbiyot xodimlari zudlik bilan yordam ko’rsatishlari shart. Baxtsiz hodisalar yordam ko’rsatish juda qiyin bo’lgan sharoitlarda, kerakli asbob-uskunalar, dori-darmonlar, yorug’lik, suv, issiq xona, yordamchilar bo’lmagan joylarda yuz berishi mumkin. Shunga qaramay, imkon boricha to’liq birinchi tibbiy yordam ko’rsatilishi zarur, chunki kasallikning bundan keyingi kechishi, zarar ko’rgan kishining hayoti shunga bog’liq. Laborantlar, farmatsevtlar, tish texniklari o’qitish dasturiga «Birinchi tibbiy yordam» fanining kiritilishi ana shu bilan izohlanadi. Baxtsiz hodisalarda va to’satdan ro’y bergan kasalliklarda tezlik bilan malakali birinchi yordam ko’rsatishni bilish uchun barcha tibbiyot xodimlari turli shikastlar, to’satdan yuz beradigan kasalliklarning asosiy belgilarini puxta bilishlari, bu shikastlar va holatlar zarar ko’rgan, kasallangan odam uchun qanchalik xatarli ekanligini aniq tasavvur qilishlari lozim. Birinchi yordam ko’rsatishni hamma bilishi va o’rganishi zarur, chunki uyda, ko’chada, ishlab chiqarishda, sport bilan shug’ullanayotganda va kutilmagan vaqtda baxtsiz hodisa ro’y berishi yoki odam to’satdan kasal bo’lib qolishi mumkin. Shikastlangan kishining hayot-mamoti va keyingi davolash natijasi o’z vaqtida qanday yordam berilganligiga bog’liq. Mana shuning uchun har bir kishi birinchi yordam ko’rsatish tadbirlarini bilishi lozim va ularni to’g’ri bajarishi shart, noto’g’ri va bilib-bilmasdan yordam ko’rsatish turlituman asoratlarga sabab bo’lishi mumkin. Ish joyida birinchi tibbiy yordam ko'rsatishni shakllantiradigan muhim omillar - bu ish uchun xavf va aniq tibbiy yordamning mavjudligi. Yuqori quvvatli arra jarohatini parvarish qilish, shubhasiz, kimyoviy inhalatsiyadan tubdan farq qiladi.
    Birinchi yordam nuqtai nazaridan, jarrohlik shifoxonasi yaqinida paydo bo'lgan og'ir son jarohati to'g'ri tashishdan ko'ra ko'proq narsani talab qiladi; eng yaqin tibbiy muassasadan sakkiz soatlik masofada qishloq joyida sodir bo'lgan bir xil jarohatlar uchun birinchi yordam ko'rsatish, shu jumladan, qonni tozalash, qon ketayotgan tomirlarni bog'lash va qoqshol immunoglobulini va antibiotiklarni yuborishni o'z ichiga oladi.
    Birinchi yordam - bu nafaqat nima (qancha vaqt, qanchalik murakkab) qilish kerakligi, balki suyuqlik tushunchasidir kim qila oladi. Garchi juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish kerak bo'lsa-da, har bir ishchi besh yoki o'ntalikka o'qitilishi mumkin qilish va qilmaslik birinchi yordam ko'rsatish. Ba'zi hollarda shoshilinch choralar hayotni, oyoq-qo'llarni yoki ko'rishni saqlab qolishi mumkin. Jabrlanganlarning hamkasblari o'qitilgan xodimlar kelishini kutish vaqtida falaj bo'lib qolmasliklari kerak. Bundan tashqari, "birinchi o'nlik" ro'yxati har bir ish joyiga qarab o'zgaradi va shunga mos ravishda o'rgatish kerak. Birinchi yordam ko'rsatish har doim umumiy sog'liqni saqlash va xavfsizlikni tashkil etish bilan bevosita bog'liq bo'lishi kerak, chunki birinchi yordamning o'zi ishchilarning umumiy parvarishining kichik bir qismidan ko'proq narsani bajara olmaydi. Birinchi yordam - bu xodimlarga umumiy tibbiy yordamning bir qismidir. Amalda, uni qo'llash ko'p jihatdan baxtsiz hodisa vaqtida bo'lgan shaxslarga bog'liq bo'ladi, xoh hamkasblar yoki rasmiy o'qitilgan tibbiyot xodimlari. Bunday zudlik bilan aralashuv, kerak bo'lganda, ixtisoslashgan tibbiy yordam bilan kuzatilishi kerak.
    Ish joyidagi baxtsiz hodisalar va ishchilarning nogironligi holatlarida birinchi yordam va shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatish XMTning Mehnatni muhofaza qilish bo'yicha konventsiyasi (№ 161), 5-moddasida va Mehnatni muhofaza qilish bo'yicha tavsiyalarida mehnatni muhofaza qilish xizmatlarining muhim qismi sifatida keltirilgan. bir xil ism. Ikkalasi ham 1985 yilda qabul qilingan bo'lib, ular barcha ishchilar uchun mehnatni muhofaza qilish xizmatlarini izchil rivojlantirishni ta'minlaydi.
    Mehnatni muhofaza qilish bo'yicha har qanday kompleks dastur baxtsiz hodisalar oqibatlarini minimallashtirishga yordam beradigan birinchi yordamni o'z ichiga olishi kerak va shuning uchun uchinchi darajali profilaktikaning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Kasbiy xavf-xatarlar, ularning oldini olish, birinchi tibbiy yordam ko'rsatish, shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatish, keyingi tibbiy yordam va qayta integratsiyalashuv va mehnatga qayta moslashish uchun ixtisoslashtirilgan davolanish bo'yicha bilimlardan iborat davomiylik mavjud. Ushbu davomiylik davomida kasbiy sog'liqni saqlash mutaxassislari o'ynashi mumkin bo'lgan muhim rollar mavjud.
    Jiddiy baxtsiz hodisa sodir bo'lishidan oldin bir nechta kichik hodisalar yoki kichik baxtsiz hodisalar kamdan-kam uchraydi. Faqat birinchi yordamni talab qiladigan baxtsiz hodisalar mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik bo'yicha mutaxassislar eshitishi va oldini olish choralarini ko'rish uchun foydalanishi kerak bo'lgan signaldir. Ishdagi baxtsiz hodisa yoki kasallikdan keyin birinchi yordamni tashkil etish va yordam ko'rsatish bilan shug'ullanishi mumkin bo'lgan muassasalarga quyidagilar kiradi:

    • korxonaning o'zi yoki boshqa sog'liqni saqlash sub'ektlarining mehnatni muhofaza qilish xizmati

    • xizmatlar ko'rsatishi mumkin bo'lgan boshqa muassasalar, masalan: tez yordam xizmatlari; davlat favqulodda vaziyatlar va qutqaruv xizmatlari; kasalxonalar, klinikalar va sog'liqni saqlash markazlari, ham davlat, ham xususiy; xususiy shifokorlar; zaharli markazlar; fuqarolik mudofaasi; yong'in bo'limlari; va politsiya.

    Ushbu muassasalarning har biri turli funktsiyalar va imkoniyatlarga ega, ammo shuni tushunish kerakki, bir turdagi muassasaga, masalan, bir mamlakatdagi zahar markaziga tegishli bo'lgan narsa boshqa mamlakatdagi zaharlanish markaziga tegishli bo'lishi shart emas. Ish beruvchi, masalan, zavod shifokori yoki tashqi tibbiy maslahatchilar bilan maslahatlashgan holda, qo'shni tibbiyot muassasalarining imkoniyatlari va imkoniyatlari jiddiy baxtsiz hodisalar yuz berganda kutilayotgan jarohatlarni bartaraf etish uchun etarli bo'lishini ta'minlashi kerak. Ushbu baholash qaysi muassasalar yo'llanma rejasiga kiritilishini hal qilish uchun asosdir.
    Ushbu tegishli xizmatlarning hamkorligi, ayniqsa, kichik korxonalarga birinchi tibbiy yordam ko'rsatishda juda muhimdir. Ularning ko'pchiligi birinchi yordamni tashkil etish va favqulodda vaziyatlarni rejalashtirish bo'yicha maslahatlar berishi mumkin. Juda oddiy va samarali bo'lgan yaxshi amaliyotlar mavjud; masalan, hatto do'kon yoki kichik korxona o't o'chirish brigadasini o'z binolariga tashrif buyurishga taklif qilishi mumkin. Ish beruvchi yoki egasi yong'inning oldini olish, yong'inni nazorat qilish, favqulodda vaziyatlarni rejalashtirish, o'chirish moslamalari, birinchi yordam qutisi va boshqalar bo'yicha maslahat oladi. Aksincha, yong'in brigadasi korxonani bilib oladi va tezroq va samaraliroq aralashishga tayyor bo'ladi.
    Sanoat va savdo uyushmalari, xavfsizlik uyushmalari, sug'urta kompaniyalari, standartlar tashkilotlari, kasaba uyushmalari va boshqa nodavlat tashkilotlar kabi rol o'ynashi mumkin bo'lgan ko'plab boshqa institutlar mavjud. Ushbu tashkilotlarning ba'zilari mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik haqida ma'lumotga ega bo'lishi mumkin va birinchi yordamni rejalashtirish va tashkil etishda qimmatli manba bo'lishi mumkin.
    Birinchi yordamni alohida rejalashtirish mumkin emas. Birinchi yordam odamlarni, asbob-uskunalar va jihozlarni, jihozlarni, yordam va jabrlanganlarni va jabrlanmaganlarni baxtsiz hodisa joyidan olib chiqish uchun tashkiliy yondashuvni talab qiladi. Birinchi yordam ko'rsatishni tashkil etish ish beruvchilar, mehnatni muhofaza qilish va sog'liqni saqlash xizmatlari, mehnat inspektsiyasi, zavod rahbarlari va tegishli nodavlat tashkilotlarni jalb qilgan holda hamkorlik bo'lishi kerak. Ishchilarning o'zlarini jalb qilish juda muhim: ular ko'pincha muayyan vaziyatlarda baxtsiz hodisalar ehtimoli bo'yicha eng yaxshi manba hisoblanadi.
    Murakkablik darajasi yoki ob'ektlarning yo'qligi qanday bo'lishidan qat'i nazar, kutilmagan voqea sodir bo'lgan taqdirda amalga oshiriladigan harakatlar ketma-ketligi oldindan belgilanishi kerak. Bu mavjud va mumkin bo'lgan kasbiy va kasbiy bo'lmagan xavf-xatarlar yoki hodisalarni, shuningdek, darhol va tegishli yordam olish usullarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak. Vaziyatlar nafaqat korxona hajmiga, balki uning joylashgan joyiga (shahar yoki qishloqda) va sog'liqni saqlash tizimi va milliy darajada mehnat qonunchiligining rivojlanishiga qarab ham farqlanadi.
    Birinchi yordamni tashkil qilishda bir nechta asosiy omillarni hisobga olish kerak:

    • ish turi va tegishli xavf darajasi

    • potentsial xavflar

    • korxonaning hajmi va tartibi

    • boshqa korporativ xususiyatlar (masalan, konfiguratsiya)

    • boshqa tibbiy xizmatlarning mavjudligi.

    Shikastlanish xavfi bir korxona va bir kasbdan boshqasiga juda katta farq qiladi. Hatto bitta korxonada, masalan, metallga ishlov berish firmasida ham, ishchining metall plitalarga ishlov berish va kesish (kesishlar tez-tez sodir bo'ladigan), payvandlash (kuyish va elektr toki urishi xavfi bilan), yig'ish bilan shug'ullanganligiga qarab turli xil xavflar mavjud. ehtiyot qismlar yoki metall qoplama (zaharlanish va terining shikastlanishi mumkin). Ishning bir turi bilan bog'liq xavflar boshqa ko'plab omillarga, masalan, ishlatiladigan mexanizmlarning dizayni va yoshiga, uskunaga texnik xizmat ko'rsatishga, qo'llaniladigan xavfsizlik choralariga va ularning muntazam nazoratiga qarab farqlanadi.
    Ish turi yoki u bilan bog'liq bo'lgan xavflar birinchi yordamni tashkil etishga ta'sir qilish usullari birinchi yordam to'g'risidagi ko'pgina qonun hujjatlarida to'liq e'tirof etilgan. Birinchi yordam uchun zarur bo'lgan asbob-uskunalar va jihozlar yoki birinchi tibbiy yordam ko'rsatuvchi xodimlar soni va ularni o'qitish ish turiga va unga bog'liq bo'lgan xavflarga qarab farq qilishi mumkin. Mamlakatlar birinchi yordam ko'rsatishni rejalashtirish va yuqori yoki pastroq talablar qo'yish to'g'risida qaror qabul qilish maqsadida ularni tasniflash uchun turli modellardan foydalanadilar. Ba'zida ish turi va o'ziga xos potentsial xavflar o'rtasida farqlanadi:

    • past xavf - masalan, ofislarda yoki do'konlarda

    • yuqori xavf - masalan, omborlarda, fermer xo'jaliklarida va ba'zi fabrikalarda va hovlilarda

    • o'ziga xos yoki g'ayrioddiy xavflar - masalan, po'lat ishlab chiqarishda (ayniqsa, pechlarda ishlashda), kokslash, rangli eritish va qayta ishlash, zarb qilish, quyish zavodlarida; kemasozlik; karer qazish, konchilik yoki boshqa yer osti ishlari; siqilgan havo va sho'ng'in operatsiyalarida ishlash; qurilish, yog'och tayyorlash va yog'ochga ishlov berish; so'yish joylari va render zavodlari; transport va yuk tashish; zararli yoki xavfli moddalarni o'z ichiga olgan sanoatning ko'pchiligi.

    Birinchi yordam sog'lom boshqaruv va ishni xavfsiz qilishning bir qismi sifatida ko'rib chiqilishi kerak. Birinchi yordam ko'rsatish qat'iy yo'lga qo'yilgan mamlakatlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, birinchi yordamni samarali ko'rsatishni ta'minlashning eng yaxshi yo'li uni qonun hujjatlari bilan majburiy qilib qo'yishdir. Ushbu yondashuvni tanlagan mamlakatlarda asosiy talablar maxsus qonun hujjatlarida yoki, odatda, milliy mehnat kodeksida yoki shunga o'xshash qoidalarda belgilanadi. Bunday hollarda qo'shimcha qoidalar batafsilroq qoidalarni o'z ichiga oladi. Ko'pgina hollarda, ish beruvchining birinchi yordamni ko'rsatish va tashkil etish bo'yicha umumiy javobgarligi asosiy huquq beruvchi qonun hujjatlarida belgilanadi. Birinchi yordam dasturining asosiy elementlari quyidagilardan iborat:

    Download 61,82 Kb.
      1   2   3   4




    Download 61,82 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Jarohatlangan shaxslarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatishning vositalari

    Download 61,82 Kb.