TEXNOLOGIK JARAYONLARNI AVTOMATLASHTIRISH




Download 1,56 Mb.
bet3/30
Sana16.05.2024
Hajmi1,56 Mb.
#238121
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Yoqilg’i tayyorlash jarayonini avtomatlashtirish

TEXNOLOGIK JARAYONLARNI AVTOMATLASHTIRISH
Avtomatlashtirishning prinsipial sxemasi loyihaning asosiy texnikaviy hujjati bo'lib, u texnologik qurilmaning avtomatlashtirilish darajasi va prinsipini ko‘rsatadi. Bunda boshqarish tizimini tuzishning bosh bosqichida qabul qilingan barcha prinsipial yechimlar o‘z ifodasini topadi. Chizma boshqarish obyekti, nazorat, rostlash, dasturli boshqarish, signalizatsiya, blokirovka, himoya va avtomatlashtirishda ishlatiladigan vositalar haqida tushuncha berishi lozim. Odatda signalizatsiya, blokirovka va himoya maxsus chizmalarda kengaytirib beriladi. Prinsipial chizmalarda boshqarish organlari va kommunikatsiyalar bilan birga texnologik qurilmalarning chizmasi, avtomatlashtirish vositalarini, texnologik agregatlarning turli qurilmalari bilan avtomatlashtirish vositalari o ‘rtasidagi o‘zaro bogianishlarni sxematik ko‘rsatiladi. Avtomatlashtirish masalalari texnologik vositalardan foydalanib hal etiladi, bu vositalarga tanlangan qurilmalar, dastlabki axborotni aniqlovchi vositalar, axborotni almashtirish va qayta ishlov berish vositalari, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga axborotni tanishtirish va chiqarib berish vositalari hamda yordamchi vositalar kiradi.
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish sxemalarini (TJAS) ishlab chiqishda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:
1. Avtomatlashtirishning texnik vositalarini tanlashda texnologik jarayoning xarakterini, jarayonning yong‘inga va portlashga moyilligini; atrof muhitning zaharliligini va agressivliligini; oichanayotgan muhitning fizik - kimyoviy xossalarini va parametrlarini; oichash o ‘zgartkichlarining o‘rnatilgan joyidan nazorat va boshqaruv punktlarigacha axborot signallarini uzatish uzoqligini (masofasini), boshqarish tizimiga ishonchliligi, aniqligi va tez ta ’sir ko‘rsatishi xususidagi talablarni hisobga olish zarur.
2. TJAS avtomatlashtirishning HT ning seriyalab ishlab chiqariladigan vositalari asosida qurilishi kerak; bunda qo'shilishi (birikmasi) soddaligi, o ‘zaro bog‘lanuvchanligi, shchitlarda va boshqaruv pultlarida joylanishi qulayligi bilan ifodalanuvchi birxillashtirilgan tizimlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
3. Avtomatlashtirish tizimlari faqat seriyalab chiqarilgan apparatura asosidagina yasalishi mumkin bo‘lmagan hollarda loyihalash jarayonida yangi avtomatlashtirish vositalarini ishlab chiqish uchun texnik vazifalar beriladi.
4. Yordamchi energiyadan (elektr yoki pnevmatik) foydalanuvchi avtomatlashtirish vositalarini tanlash avtomatlashtiriladigan obyektning yong‘in chiqishi va portlashga xavflilik sharoitlari bilan, axborot va boshqarish signallarining tez ishlashi va uzatish masofasiga qo‘yiladigan talablar bilan belgilanadi.
5. Dispetcherlik shchitlari va pultlarida o‘rnatiladigan signalizatsiya va boshqarish asboblari va apparaturasi miqdori cheklangan bo‘lishi kerak. Apparaturaning ortiqcha (ko‘p) bo‘lishi xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning diqqat-e’tiborini texnologik jarayonning kechishini belgilovchi asosiy avtomatlashtirish vositalaridan chetga tortadi, qurilmani ishlatishni murakkablashtiradi, uning tannarxini oshirib yuboradi.
6. TJASini ishlab chiqishda tizimdagi boshqarish vazifalarini orttira borish imkonini hisobga olish kerak. Avtom atlashtirish sxemasining yuqori qismida texnologik sxema tasvirlanadi, u TBO ning ishlash prinsipi haqida tasaw ur berishi kerak. Prinsipial chizmalarda datchiklarning sezgir elementlari, rostlash organlari va ijro etuvchi mexanizmlari texnologik chizmaning taxminan montaj qilinishi lozim bo‘lgan nuqtalarida ifodalanadi. Texnologik chizmalarda texnologik jarayonning xarakterini ifodalaydigan ko‘rinishda agregatlar soddalashtirib ko‘rsatiladi; bunda masshtabga e’tibor berilmaydi; lekin agregatlarning shakli taxminan o ‘xshash bo‘lishi kerak. Texnologik chizmalar, odatda, chapdan o‘ngga qarab o‘qiladi. Apparatlarni ifodalaydigan chiziqlarning qalinligi 0,2 ... 0,3 mm boiishi kerak. Chizmada har bir apparat belgilanib ko‘rsatiladi. Agar apparatlar raqamlar bilan belgilangan bo‘lsa, u holda uskunalarni ko‘rsatuvchi jadval (eksplikatsiya) beriladi. Texnologik qurilishlarni avtomatlashtirishning prinsipial chizmasida suyuqlik, bug‘ va gaz uchun m o‘ljallangan qurilishlar shartli belgilar orqali ifodalanadi.
Qurilish chiziqlarining uzilishida yonma-yon raqamlar orasidagi masofa 50 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. Agar texnologik chizmada nazarda tutilmagan suyuq yoki gazsimon m uhitlarning belgilari uchrasa, boshqa raqam lardan foydalanish mumkin, faqat bu holda chizmaning bir chetida qabul qilingan shartli belgilarga izoh berilishi kerak.



Download 1,56 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Download 1,56 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TEXNOLOGIK JARAYONLARNI AVTOMATLASHTIRISH

Download 1,56 Mb.