|
Qozog'iston Respublikasi Milliy bankiga quyidagi vazifalar yuklangan
|
bet | 4/6 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 49,9 Kb. | | #265921 |
Bog'liq Reja kirish. Mdh davlatlari bank tizimi rivojlanish tarixi. Mdh Qozog'iston Respublikasi Milliy bankiga quyidagi vazifalar yuklangan:
davlatning pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va boshqarish;
to'lov tizimlarining ishlashini ta'minlash;
valyutani tartibga solish va valyuta nazoratini amalga oshirish;
moliya tizimining barqarorligini ta'minlashga ko'maklashish.
Qozog'iston Respublikasi Milliy banki pastdan yuqoriga bo'ysunadigan yagona markazlashtirilgan tuzilmani tashkil qiladi. Milliy bankning organlari—boshqaruv va direktorlar kengashi (direksiyasi). Milliy bank tuzilmasi boshqarmalar va boshqa bo'linmalardan, filiallardan, vakolatxonalar va idoralardan iborat markaziy apparatni o'z ichiga oladi. Milliy bankning oliy organi boshqaruv hisoblanadi. Milliy bankning operativ boshqaruv organi Qozog'iston Respublikasi Milliy bankining direktorlar kengashi Milliy bankning tezkor boshqaruv organi hisoblanadi.
Keyingi va oxirgi o`rganadigan davlatimiz o`zimizning O`zbekiston hisoblanadi. O`zbekiston respublikasi mustaqil davlatlar hamdo`stligida juda katta mavqe`ga ega davlat hisoblanib mustaqil davlaatlar hamdo`stligining barcha davlatlari bilan aloqalarga ega hisoblanadi.
Oʻzbekistonda birinchi bank muassasasi 1875-yil Toshkentda ochilgan Rossiya imperiyasi davlat bankning filiali boʻlgan. 19-asrning oxirida Turkistonda rus kapitali ishtirokidagi Oʻrta Osiyo aksiyadorlik banki (1881), Volgakama banki (1893), Rus-Xitoy (Rus-Osiyo) banki (1903), Azov-Don savdo banki (1910), Nijniy Novgorod-Samara banki (1899), Poltava Yer banki (1901)ning filial, boʻlim va agentliklari faoliyat olib bordi.
Oktabr toʻntarishidan soʻng barcha bank sovet hokimiyati tomonidan natsionalizatsiya qilindi. Oʻzbekistonda bank tizimi 1924-yildan boshlab sobiq SSSR bank tizimining tarkibiy qismi sifatida tashkil qilindi. 1992-yilga qadar SSSR Davlat banki (1923; 1921 — 23-yillarda RSFSR Davlat banki), SSSR Qurilish banki (1959; 1922 — 59-yillarda SSSR Savdo banki), SSSR Tashqi savdo banki (1924)ning Oʻzbekiston idora (kontora)lari respublikadagi bank muassasalari ishiga rahbarlik qildi. SSSRning parchalanishiga qadar Oʻzbekistonda mustaqil bank tizimini yaratish maqsadlarida 1991-yil 15-fevralda Respublika Oliy Kengashi sessiyasida respublika hududidagi bank Faoliyatining huquqiy asoslari belgilab berilgan Oʻzbekiston Respublikasining „Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“gi Qonuni qabul qilindi va shu vaqtdan boshlab respublikaning haqiqiy, mustaqil bank tizimi shakllana boshladi. Sobiq SSSR bankining respublika idoralari mustaqil bank sifatida OʻzR Markaziy banki tomonidan roʻyxatga olindi.
Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimini shakllantirish va rivojlantirish strategiyasi iqtisodiyotni xoʻjalik yuritishning bozor sharoitlariga bosqichmabosqich oʻtkazish dasturiga mos keladi. Oʻtgan davrda bank islohotlari davomida milliy bank tizimining 2 bosqichli strukturasi (yuqori bosqichda — Markaziy bank, quyi bosqichda — tijorat banklari) huquqiy jihatdan mustahkamlandi; bankning soni va ular koʻrsatadigan xizmat turlari koʻpaydi.
1995 — 96-yillarda bank qonunchiligi yanada takomillashdi. OʻzRning „Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida“gi (1995-yil 21-dekabr) Qonuni bank tizimining huquqiy asoslarini toʻldiribgina qolmasdan, Oʻzbekiston Respublikasi markaziy bankining alohida maqomi, maqsadlari, vazifalari hamda vakolatlarini ham aniq belgilab berdi. OʻzRning „Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“ 1996-yil 25-apreldagi yangi Qonuni esa tijorat banki faoliyatining barcha huquqiy asoslarini xalqaro standartlar darajasida belgilab berdi. Tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, 12 viloyat va Toshkent shahar boshqarmalari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki OʻzRning bosh banki hisoblanadi (1992-yil sentabrgacha sobiq SSSR Davlat bankining Oʻzbekiston boʻlimi).
Respublikada bank tizimining quyi bosqichini paychilik, aksiyadorlik asosida, shuningdek chet el kapitali ishtirokida tashkil etilgan bank, ularning filial va vakolatxonalari, kooperativ va xususiy bank tashkil etadi.
Bank sohasini monopoliyadan chiqarish bank islohotlarining eng muhim yoʻnalishlaridan biridir. Dastlabki bosqichda bu asosan iqtisodiyotning ayrim sohalariga xizmat koʻrsatuvchi ixtisoslashtirilgan bankni tuzish yoʻli bilan amalga oshirildi. Ixtisoslashtirilgan bankning tashkil etilishi bozorga yoʻnaltirilgan bank tizimini yaratish yoʻlidagi zaruriy va tabiiy bosqich boʻldi.
1995 — 96-yillarda „Asaka“ ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik tijorat banki, „Aloqabank“ aksiyadorlik tijorat banki, „Toshkentijtimoiyuyjoy-bank“ aksiyadorlik tijorat banki, „Uzsayohatinvestbank“ Oʻzbekiston aksiyadorlik tijorat investitsiya banki va „Zamin“ ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik ipoteka banklari tashkil etildi. „Oʻzdehqonsanoatbank“ aksiyadorlik tijorat banki „Paxtabank“ ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik tijorat bankiga, „Oʻzjamgʻarmabank“ Xalq bankiga aylantirildi.
Tijorat banki xalq xoʻjaligining turli sohalaridagi korxonatashkilotlarini kreditlash, moliyalash va ularga hisobkitob xizmati koʻrsatishni amalga oshiradi. Bu bank toʻla mustaqildir. Ularning aksiyalari turli mulk shakllariga mansub boʻlgan korxonalar, shuningdek jismoniy shaxslar oʻrtasida taqsimlangan. Tijorat bankining xususiy zaxiralari yetishmay qolganda ular kredit resurslari bozoridan zarur pul mablagʻlarini sotib olishlari mumkin.
OʻzRning barcha mintaqalarida 800 ga yaqin filiallarga ega boʻlgan 35 Tijorat banki faoliyat koʻrsatadi, ulardan 5 tasi chet el kapitali ishtirokida, 11 tasi xususiy banklardir (2000).
Xususiy bankning huquqiy bazasini rivojlantirishda Respublika Prezidentining 1997-yil 24-apreldagi „Xususiy tijorat banklarini tashkil qilishni ragʻbatlantirish choratadbirlar toʻgʻrisida“ Farmoni muhim ahamiyatga ega boʻldi. Farmonga koʻra, respublika hududida faoliyat koʻrsatayotgan tijorat banki bilan bir qatorda xususiy bank ham tashkil etila boshladi (muassis jismoniy shaxslar hissasi bank ustav kapitalining kamida 50 % ni tashkil etishi lozim). 1998-yilda 5 ta xususiy („Alp Jamol“, „Turkiston“, „Istiqbol“, „XIFbank“ va „Oʻktambank“) bankga bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun dastlabki ruxsatnoma berildi.
1995-yil 24-oktabrda Oʻzbekiston Tijorat banki uyushmasi tashkil topdi (uning tarkibiga xususiy banklar ham kirgan).
Respublikada 1992-yildan „Oʻzbank-audit“ — banklararo aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan auditorlik firmasi ish olib boradi. 1996-yildan buyon „Oʻzbankaudit“ bilan bir qatorda „Deloyt end Tush“ va „Ernst end Yang“ kabi 5 ta xalqaro auditorlik konsalting firmalariga hamda „Xolis“ guruhi va „Odil audit“ mahalliy audit firmalariga OʻzR Markaziy banki tomonidan bank auditi oʻtkazish huquqini beruvchi tegishli sertifikatlar berildi. Ular banklar, kredit muassasalari, sugʻurta kompaniyalari, tashkilot va korxonalarning buyurtmasi bilan ularning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tekshiradi (taftish qiladi), xolisona xulosalar beradi, ekspertizalar oʻtkazadi.
Hozirgi davrda Oʻzbekistonda chet el bank va xalqaro moliya muassasalari kapitali ishtirokida qoʻshma bank faoliyat koʻrsatadi. Ular jumlasiga Oʻzbekiston — Gollandiya „Oʻzprivatbank“ va „ABN Amrobank— Oʻzbekiston Milliy banki aksiyadorlik jamiyati“, Oʻzbekiston — Turkiya „OʻTbank“, Oʻzbekiston — Jan. Koreya „OʻzDEUbank“ kiradi. 13 ta chet el banki Toshkentda oʻz vakolatxonasini ochgan. Bular katorida Doyche bank, Berliner Bank, Meybank (Malayziya), Kredit Sviss (Shveysariya), „Kredi Kommersial de Frans“, „Sosyete Jeneral“ (Fransiya), Pokiston Milliy banki, Cheyz Manxetten (AQSH), „Rossiyskiy kredit“ va „Sakura bank LTD“ (Yaponiya) banklari bor.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Xalqaro valyuta fondi va Jahon bankning doimiy maslahatchilari xizmatidan foydalanadi.
2000-yil 1-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi banklari tomonidan mijozlarga 529 mlrd. soʻmlik kredit qoʻyilmalari ajratilib, shundan 237 mlrd. soʻmi qisqa muddatli, 292 mlrd. soʻmi oʻrta va uzoq muddatli kreditlarni tashkil etdi. Oʻrtacha foiz stavkasi qisqa muddatli kreditlar boʻyicha 33,7 %, oʻrta muddatli kreditlar boʻyicha 23 %, uzoq muddatli kreditlar boʻyicha 13 % dan iborat boʻldi.
|
| |