|
Talim tizimini moliyalashtirishni islox qilish moxiyati
|
bet | 2/2 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 23,48 Kb. | | #253754 |
Bog'liq boburrrTalim tizimini moliyalashtirishni islox qilish moxiyati
O‘zbekiston Respublikasida dunyoning rivojlangan mamlakatlari kabi kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Respublikamiz Prezidentining 2002 yil 30 mayda qabul qilgan «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-komunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va OO‘MTVning kelib chiqadigan vazifalarni ijrosi bo‘yicha ko‘rsatmalari axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, barcha sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish, jahon axborot resurslaridan bahramand bo‘lishni kengaytirishga zamin yaratadi. Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanish holati birinchi navbatda jamiyatning intellektual salohiyatiga, ya‘ni ta‘lim sohasining rivojlanishiga bog‘liq. Ta‘lim mazmuni va sifat masalalari ustuvor yo‘nalish sifatida qaralmoqda. Dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida ta‘limni axborotlashtirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Ta‘limni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish yo‘llari qaralmoqda, ta‘limda yangi axborot texnologiyalarini joriy etishga alohida e‘tibor qaratilgan. Jahonda masofaviy o‘qitish ochiq ta‘lim tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida keng qo‘llanishi kuzatilmoqda. Axborot texnologiyalari va INTERNETdan ta‘limda foydalanish ta‘lim sifatini yanada yuqori ko‘tarishga zamin yaratadi. Zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan yoshlarni tayyorlash «Ta‘lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»dan kelib chiqadigan vazifalarning asosiy maqsadidir. Bunda yuqori malakali kadrlar tayyorlash manbai – oliy ta‘lim oldiga mas‘uliyatli vazifalarni qo‘yadi. Respublikamizda «Ta‘lim to‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan,
6 ta‘lim tizimi tubdan isloh qilinib, davlat standartlari asosida o‘quv dasturlari yangidan tuzilmoqda. Bularning barchasi, o‘z navbatida fanlarni o‘qitish metodikalarini qaytadan qarab chiqilishini talab yetadi. Texnologiyaning rivojlanishi bilan texnik vositalardan foydalanib o‘qitish uchun birgina komp‘yuterning mavjudligi kifoya bo‘lib qoldi. Avvallari televizor, videomagnitofon, kinoproektor, diaproektor va boshqalar bajargan funktsiyalarni komp‘yuter muvaffaqiyat bilan o‘z zimmasiga oldi. Qolaversa, axborotni uzatish, saqlash, tasvirlash sifati sezilarli darajada ortdi. Hozirgi kunga kelib, komp‘yuter savodxonligi madaniyatning muhim belgisiga aylanib ulgurdi, kelajakda esa u har bir insonga qaerda, qaysi uchastkada ishlamasin zaruratga aylanadi. Demak, komp‘yuter ishi, komp‘yuterdan foydalanishga o‘rgatish eng yaqin vaqt ichida umumiy ishga aylanishi shubhasiz. Shu munosabat bilan barcha o‘quv muassasalarida, oliy o‘quv yurtlarida o‘quv tizimini yangidan isloh qilish, zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chqish va ularni amaliyotga keng jalb qilish, rivojlangan mamlakatlar o‘quv tizimidagi yangiliklar va yutuqlarni o‘rganish va ularni o‘zimizda tadbiq etish maqsadga muvofiqdir. Masofaviy o‘qitish — sirtqi ta‘limning o‘z rivojlanish yo‘lidagi yangi kommunikatsion va informatsion texnologiyalarga tayangan, hamma formalari qonunlashtirilgan o‘qitishni amalga oshirishdir. Shuning uchun «Masofaviy o‘qitish» formasi «XXI asr ta‘limi deb xisoblanmoqda. Keyingi paytlarda masofaviy o‘qitish ning ijobiyligi isbotlangan. Bu borada birinchilik uchun AQSHning NTU Milliy Texnologiya Universiteti va OU — Buyuk Britaniyaning ochiq Universitetlari kurashmoqda. Aslida hozirgi paytda masofaviy o‘qitish va o‘qitish muassasalari soni ularning klassifikatsiyasini keltirish uchun yetarlidir. Taxlillar shuni ko‘rsatadiki, ular davlat va nodavlat guruxlariga bo‘linib, o‘zlarining o‘qitish xizmatini mamlakatlarning ta‘lim bozorlarida harakatga keltirmoqdalar va aksincha. Biroq, bunday ko‘rinishdagi o‘qitishlar ko‘pincha gumanitar yo‘nalishdagi o‘qitishlarni o‘z ichiga qamrab olmoqda. Masofaviy
O‘qitish sistemasining korporativ sistemasi alohida sinf bo‘lib, tashkilotlar va ishlab chiqarish xodimlarining malakasini oshirishga va qayta tayyorlash uchun mo‘ljallangandir. Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Masofaviy o‘qitishni o‘qish jarayonida qo‘llash sabablari shundaki ta‘lim tizimida o‘quv jarayonini yangidan islox qilish, yangi informatsion texnologiyalarga asoslangan o‘qitish usullarini ishlab chiqish, ularni keng joriy qilish bugunning talabidir. Bunda masofaviy ta‘lim tizimini joriy qilish maqsadga muvofiqdir. 90 yillarning boshlarida Internetning keng ommalashishi, ayniqsa WWW (World Wide Web —Butun dunyo o‘rgimchaklari to‘ri) tizimining joriy etilishi ta‘lim tizimida yangi masofaviy ta‘lim tushunchasini olib keldi. Masofaviy o‘qitish — bu informatsion va kommunikatsion texnologiyalar — Elektron pochta, Internet, video konferentsiya, audio, video ma‘lumotlar va mul‘timedia o‘quv qo‘llanmalariga asoslangan uzoqdan turib o‘qitish, o‘rgatish usulidir. Masalan masofadan biror yangi mavzu yoki predmet bo‘yicha ma‘lumotlarni viloyatlardagi ixtiyoriy o‘quv yurtlariga uzatish mumkin. Agar joylarda bu sohada mutaxassis bo‘lmasa masofadan o‘qitish yagona usuldir. Masofaviy ta‘limda talabadan doimiy faoliyat — interaktiv o‘qitish talab etiladi. Bu esa mutaxassisning bilimi va qobiliyatini sifat xarakteristikasini oshiradi. Masofaviy o‘qitishning texnologiya elementlari hatto yuz yillardan beri ko‘rib kelinadi. Bunga Rossiya tajribasidan misol qilib general A.M.Shanyavskiy nomidagi Moskva Xalq Universiteti, Naxotka shaxridagi Morexodnaya maktablarini olish mumkin. Bu yerda V. P. Chernov 1987 yili masofaviy o‘qitishni joriy etgan. Ma‘lumki dunyoda ilmiy izlanishlar bo‘yicha axborotlar doim o‘sib, ularni tahlil qilish jarayoni tobora murakkablashib bormoqda. Hozirgi zamon mutaxassisi qaysi sohada ishlamasin, uning oldida o‘zining sohasiga tegishli hodisa va voqealarni bilib turishi va bilim saviyasini doimiy ravishda oshirib borishini talab etmoqda.
Zamonaviy aхborot va kommunikatsiya tехnologiyalari vositalarini ta’lim jarayoniga kirib kеlishi an’anaviy o’qitish usullariga qo’shimcha ravishda yangi o’qitish shakli - masofaviy o’qitish yaratilishiga omil bo’ldi. Masofaviy ta’limda talaba va o’qituvchi fazoviy bir-biridan ajralgan holda o’zaro maхsus yaratilgan o’quv kurslari, nazorat shakllari, elеktron aloqa va Intеrnеtning boshqa tехnologiyalari yordamida doimiy muloqotda bo’ladilar. Intеrnеt tехnologiyasini qo’llashga asoslangan masofaviy o’qitish jahon aхborot ta’lim tarmog’iga kirish imkonini bеradi, intеgratsiya va o’zaro aloqa tamoyiliga ega bo’lgan muhim bir turkum yangi funktsiyalarni bajaradi. Masofaviy o’qitish barcha ta’lim olish istagi bo’lganlarga o’z malakasini uzluksiz oshirish imkonini yaratadi. Bunday o’qitish jarayonida talaba intеraktiv rеjimda mustaqil o’quv-uslubiy matеriallarni o’zlashtiradi, nazoratdan o’tadi, o’qituvchining bеvosita rahbarligida nazorat ishlarini bajaradi va guruhdagi boshqa «vеrtual o’quv guruhi» talabalari bilan muloqotda bo’ladi. Ma’lum sabablarga ko’ra, ta’lim muassasalarining kunduzgi bo’limlarida tahsil olish imkoniyati bo’lmagan, masalan, sog’ligi taqoza etmaydigan, mutaхassicligini o’zgartirish niyati bo’lgan yoki yoshi katta, malakasini oshirish niyati bo’lgan kishilar uchun masofaviy o’qitish qulay o’qitish shakli hisoblanadi. Masofaviy o’qitishda turli хil aхborot va kommunikatsiya tехnologiyalaridan foydalaniladi, ya’ni har bir tехnologiya maqsad va masala mohiyatiga bog’liq. Masalan, an’anaviy bosma usuliga asoslangan o’qitish vositalari (o’quv qo’llanma, darsliklar) talabalarni yangi matеrial bilan tanishtirishga asoslansa, intеraktiv audio va vidеo konfеrеntsiyalar ma’lum vaqt orasida o’zaro muloqotda bo’lishga, elеktron pochta to’g’ri va tеskari aloqa o’rnatishga, ya’ni хabarlarni jo’natish va qabul qilishga mo’ljallangan. Oldindan yozilgan vidеoma’ruzalar talabalarga ma’ruzalarni tinglash va ko’rish imkonini bеrsa, faksimal aloqa, хabarlar, topshiriqlarni tarmoq orqali tеzkor almashinish talabalarga o’zaro tеskari aloqa orqali o’qitish imkonini bеradi.
Yuqoridagilarga asoslanib, ta’lim jarayonida ayni vaqtda qaytaqayta tilga olinayotgan ayrim tеrminlar tavsifi va ta’riflarni kеltirish mumkin. Masofaviy o’qitish – eng yaхshi an’anaviy va innovatsion mеtodlar, o’qitish vositalari va formalarini o’z ichiga olgan sirtqi va kunduzgi ta’lim singari aхborot va tеlеkommunikatsiya tехnologiyalariga asoslangan ta’lim formasidir. Masofaviy o’qish – bu yangi aхborot tехnologiyalari, tеlеkommunikatsiya tехnologiyalari va tехnik vositalariga asoslangan ta’lim tizimidir. U ta’lim oluvchiga ma’lum standartlar va ta’lim qonun-qoidalari asosida o’quv shart- sharoitlari va o’qituvchi bilan muloqotni ta’minlab bеrib, o’quvchidan ko’proq mustaqil ravishda shug’ullanishni talab qiluvchi tizimdir. Bunda o’qish jarayoni ta’lim oluvchini qaysi vaqtda va qaysi joyda bo’lishiga bog’liq emas. Masofaviy ta’lim – masofadan turib o’quv aхborotlarini almashuvchi vositalarga asoslangan, o’qituvchi maхsus aхborot muhit yordamida, aholining barcha qatlamlari va chеt ellik ta’lim oluvchilarga ta’lim хizmatlarini ko’rsatuvchi ta’lim majmuaidir. Masofaviy o’qitish tizimi – masofaviy o’qitish shartlari asosida tashkil etiladigan o’qitish tizimi. Barcha ta’lim tizimlari singari masofaviy o’qitish tizimi o’zining tarkibiy maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari va tashkiliy shakllariga ega. Nima uchun masofaviy ta’lim kеrak bo’lib qoldi? – dеgan savol tug’ilishi tabiiy. Bu savolga javob tariqasida quyidagilarni sanab o’tish mumkin: – Ta’lim olishda yangi imkoniyatlar (ta’lim olishning arzonligi, vaqt va joyga bog’liqmasligi va boshqalar). – Ta’lim maskanlariga talaba qabul qilish sonining chеklanganligi. – Ta’lim olishni хohlovchilar sonining oshishi. – Sifatli aхborot tехnologiyalarining paydo bo’lishi va rivojlanishi. – Хalqaro intеgratsiyaning kuchayishi. Yuqorida sanab o’tilgan sharoit va imkoniyatlar masofaviy o’qitishga ehtiyoj borligini ko’rsatadi.
Uzbekiston boshqa mustakil davlat xamdustligi mamlakatlariga uxshab uzining ta‘lim soxasini jaxon standarlariga olib kelishda kup xarakatlar kilmokda. Mamlakatimizning maydoni kattaligi va markazdan geografik uzoqlashgan regionlar mavjudligi elektron ta‘limni rivojlanishiga asosiy sabab bulib, unga katta axamiyat berilishiga olib kelmokda. Xozirgi moliyaviy tankislik davrida, ta‘limning bu turidan keng mikyosda foydalanish lozim. Mazkur ta‘lim turini joriy kilish bilan bog‘liq ayrim muammolarning kelib chikishi tabiiy. Bular asosan mablaglar, texnika ta‘minoti va shu soxada malakali muxandis xamda pedagog kadrlar yetishmovchiligi, lekin biz shu muammolarni imkoniyat darajasida xal kilishimiz zarur chunki, Uzbekiston sharoitida masofaviy ta‘limni tashkil kilinish katta samara berishi anik. Xozirgi kunda ta‘lim va ishlab chikarish soxasini komp‘terlashtirish va shu soxalarda informatsion texnologiyalarni rivojlantirish xakida kuplab prezidentimiz farmonlari va Oliy majlis qarorlari chiqarqilgan. Natijada oxirgi besh yil ichida Respublikasizda kuplab ibratli ishlar kilindi. Masalan 2002 yilda Toshkent axborot texnologiyalar universiteti tashkil kilinib, shu yildan boshlab bu universitet komp‘yuter va kommunikatsiyalar, radiotelefon va axborot tarmoklari, dasturiy ta‘minot va elektron kommertsiya soxasiga zarur bulgan mutaxasislarni tayyorlanmokda. Ushbu va boshqa oliy ta‘lim muassasalari tomonidan kuplab ta‘lim soxasiga tegishli yangi dasturlar va elektron kitoblar yaratilmokda. SHu bilan birga mamlakatimizda 2000 yildan uz ishini olib borgan, AQSH Davlat Departamentining Ta’lim va Ma’daniyat masalalari buyicha byurosi (ECA) va Xalkaro Ilmiy Tadqiqotlar va Olimlarni Ayrboshlash Kengashi (IREX) tomonidan tashkil kilingan "Internetdan foydalanish va o’qitish programmasi" (http://www.iatp.uz) va "Uzbekiston maktablarida Internet" (http://www.connect.uz) programmalarini xam aytish lozim. SHu programmalarning asosiy vazifasi - bizning Respublikamizda Internet va uning
xizmatlarini rivojlantirish va axoli ichida keng tadbiq qilish. Ushbu programmalar natijasi deb xozirgi kunda Respublikamizning 16-ta shaxrida axoliga beminnat xizmat kursatgan "Internetdan bepul foydalanish" markazlari xamda Respublikamizning 6-ta viloyatining 60 maktablarida tashkil kilingan Internet markazlarini aytish mumkin. SHu bilan birga uzbek tilidagi Internetni rivojlanishi va undagi ta‘lim soxasiga tegishli maxsus saytlarini paydo bulishini xam aytish lozim deb xisoblaymiz. 2004 - yilning birinchi kvartalning uzida Internet foydalanuvchilar soni taxminan 511 000 ga yetdi (2003 yil boshida 275 000 ta). SHu bilan birga 2003 yil boshiga nisbatdan internet provayder va operatorlar soni 263 (usish 94,8%), UZ zonadagi vebsaytlar soni esa 2600 dan oshdi (usish 188,4%), Internetga bog`langan davlat korxonalar soni 470 (usish 63,6%), xujalik sub’etlar soni 8600 (usish 68,9%), internetdan ommaviy foydalanish punktlar soni 228 (usish 115,1%) ga teng buldi. IATP programmasining internet grantlari natijasida tashkil kilingan va 2002 yildan faoliyat kursatib kelgan "Masofaviy ta’lim portali" (http://dl.freenet.uz) yoki kuplab Respublikamiz Universitet va Institutlari tomonidan uzlarining veb saxifalarida tashkil kilingan "Masofaviy ta‘lim kurslari"ni xam aloxida aytishimiz zarur (masalan http://nuu.uz Uzbekiston Milliy Universiteti saytida tashkil kilingan kurslar). Ta‘lim soxasiga tegishli kuplab foydali va kizikarli veb saytlar yaratilmokda, (http://www.bilim.uz , http://www.bilimdon.uz , http://www.ilm.uz , http://www.student.uz , http://www.study.uz va boshqalar). Eng quvonarli esa internetda nafakat universitet, institut, kolledj va akademik litseylar balki maktablar xam uzlarining veb saxifalariga ega bulishmokdalar. Boshqa misol kilib Respublikamizning oliy yurtlari tomonidan tashkil kilingan videokonferentsiyalarni xam aytish mumkin. 2002 yilda Respublikamizda birinchi marta Prezident Devoni, Tashqi Iqtisod Aloqalar Vazirligi, Jaxon Iqtisod va Diplomatiya Universiteti va Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti urtasida videokonferentsiya utkazildi. Xozirgi kunda Respublikamizning Toshkent Davlat
Texnika Universiteti, Toshkent Davlat Iktisod Universiteti, Jaxon Iktisod va Diplomatiya Universiteti, Toshkent Davlat Agrar Universiteti va boshqa oliy o‘quv yurtlarida bir necha marta videokonferentsiyalar utkazqilgan edi va utkazilmokda. 2010 yildan boshlab Toshkent axborot texnologiyalari univesiteti va filiallari o‘rtasida vidiekonferentsiyalar o‘tkazilmoqda. Mashg‘ulotlarni shu sohadagi yetakchi mutaxassislar olib bormoqda. Hozirgi paytda Farg‘ona filialining magistrlari on-line shaklda My SQL Java Script tillaridan o‘z bilimlarini masofaviy shaklda oshirmoqdalar. Auditoriyalarda olib boriladigan an‘anaviy o‘quv jarayonidagi o‘qituvchi va student orasidagi muloqot kerakli darajada komp‘yuterli aloqa videokonferentsiyaning yaratilishi bilan bog‘liq. Audio va video raqamli signallarni uzatish sohasidagi zamonaviy yutuqlar komp‘yuterli videokonferensiya aloqa tizimlaridan keng foydalanish imkonini beradi. Kompyuterli videokonferensiya aloqa sifati ko‘p jihatdan komp‘yuterli lokal tarmog‘ida ham internet tarmog‘ida ham foydalanuvchilarga o‘zaro aloqa ya‘ni, ma‘lumotlarni almashish turiga bog‘liqdir. Bu tezlik o‘z navbatida kanalning o‘tkazish darajasi hamda bu kanaldagi foydalanuvchilar soniga bog‘liqdir. Afsuski xozirgi paytda talab qilinadigan sifat darajasi ma‘lum bir lokal tarmoq ichidagi taminlamoqda. INTERNET tarmog‘ida bu qoniqarsiz. Sifat darajasi ISDN bilan nomlanadi. Zamonaviy komp‘yuterli videokonferentsiya aloqa tizimlarining asosiy vazifalari quyidagilaridan iborat: Audio ma‘lumotlarni almashtirish; Video ma‘lumotlarni almashtirish; Vertual auditoriya doskasini yaratish; Klaviatura orqali matnli ma‘lumotlarni kiritib muxokamani tashkil etish; Fayllarni jo‘natish; Amaliy dasturlardan birgalikda foydalanish;
Ko‘p tomonlama konfrentsiyalardan foydalanish; Masofaviy ta‘lim uchun o‘quv uslubiy materiallar. Masofaviy ta‘lim tinglovchisi fan dasturlari chop etqilgan yoki Elektronik ko‘rinishdagi darsliklar va o‘quv qullanmalar (darslik,mashqlar to‘plami ) laboratoriya ishlarini bajarish uchun qullanmalar va boshqalar. SHuningdek mashg‘ulotlar bo‘yicha ishlash tashkil qilish uchun uslubiy qullanmalarni o‘z ichiga olgan o‘quv uslubiy narsalarga ega bo‘lish kerak. Masofaviy ta‘limda o‘quv kursining eng to‘la varianti quyidagilardan iborat bo‘ladi. Nazorat materiallar; Nazariy bilimlarni to‘g‘rilash uchun topshiriqlarni bajarish misollari va eng ko‘p uchraydigan xatoliklarni taxlili kursatqilgan material; Virtual laboratoriya ishlari; Ma‘lumotnomalar va glossoriylar. Glossoiylar - (fanning yil bo‘yicha tarixan rivojlanishi); Bilimlarni rivojlantirish va test o‘tkazish tizimlari. O‘kuv kursining har bir tashkil qiluvchisi o‘rganilayotgan soxasi va ushbu kurs o‘rganilayotgan ta‘lim yunalishiga bog‘liq xolda turli tarzda amalga oshiradi. Masalan: texnikaviy ta‘lim yo‘nalishlari uchun praktikum mashqlar to‘plami iqtisodiyot topish yo‘nalishlari uchun interaktiv o‘yinlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. II BOB. MOODLE TIZIMIDAN FOYDALANISH. MOODLE TIZIMI NAZARIY ASOSLARI. LMS tizimlari zamоnaviy axborot tехnоlоgiyalari va masоfaviy ta’lim tizimini tashkil etishi mumkin bo`lgan zamonaviy tехnоlоgiyalaridan biridir. Yangi tехnоlоgiyalar nеgizida (masalan, “Moodle” tizimida) individuallashtirilgan ta’lim mеtоdikasini ishlab chiqish, talabaning bilimlarini shakllantirish va takоmillashtirish hamda egallagan bilim darajasini aniqlash kabi vazifalar hal
14 qilinadi. Ta’lim jarayonida masоfali o`qitish tехnоlоgiyalaridan fоydalanish ta’lim mazmuni, shakllari va usullarining ijobiy o`zgarishiga kuchli ta’sir ko`rsatadi. So`nggi yillarda G`arbda ta’lim tizimini boshqarishda qo`llanib kelinayotgan Internet yoki Intranet tarmog`i orqali elektron shakldagi ta’lim turi Elearning (elektron ta’lim) atamasi bilan kirib keldi. Elektron ta’lim -axborotkommunikatsiya texnologiyalari asosidagi ta’limning turli ko`rinishlarini anglatuvchi keng tushunchadir. Elektron ta’limni tashkillashtirishning ko`pgina manbalari orasidan quyidagilarni ko`rsatish mumkin: Mualliflik dasturiy mahsulotlari (Authoring tools), Virtual ta’lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar LMS (Learning Management Systems), Ichki kontentni boshqaruvchi tizimlari CMS (Content Management Systems). 1-rasm. Elektron ta’limni tashkillashtirishda ishlatiladigan dasturiy ta’minotlar strukturasi
15 2-rasm. LMS tizimlarning ta’lim bozoridagi statistikasi. Moodle – Web muhitida o`qitish va online rejimdagi darslarni tashkil qiluvchi kuchli pedagogik dasturiy majmua hisoblanadi. Mazkur tizimda Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work, Student tracking kabi ko`plab o`qitish modullar mavjud. Boshqa LMSlar singari IMS, SCORM va boshqa standartlarni qo`llabquvvatlaydi. Tahlillar shuni ko`rsatadiki, boshqa LMS tizimlarga qaraganda, eng ko`p qo`shimcha plagin va modullari mavjud bo`lgan dasturiy majmua bu Moodle dasturiy majmuasidir. Hozirgi vaqtda dunyoning aksariyat ta'lim muassasalari o`z masofaviy ta’lim tizimilarini tashkil etishda Moodle dasturiy majmuasini joriy etmoqdalar. Ro`yxatga olingan saytlar 62,075 Davlatlar 220 Kurslar 8,552,462 Foydalanuvchilar 77,918,769
16 Ro`yxatga olinganlar 201,686,138 Forum xabarlari 157,059,272 Resurslar 77,155,402 Test savollari 350,454,047 1-Jadval. Moodle bo`yicha statistika (15.09.2015-yil holatiga) Shuningdek, Respublikamizdagi ko`plab ta’lim muassaslari virtual ta’lim muhiti sifatida aynan Moodle dasturiy majmuasi foydalanib kelinmoqda. Xususan, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Virtual ta’lim muhiti” (http://etuit.uz), O`zbekiston Milliy universitetining «Ochiq o`quv-axborot markazi», Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi «Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi» (http://moodle.uzedu.uz), Toshkent Turin Politexnika universiteti (moodle.polito.uz), Andijon mashinasozlik instituti (http://moodle.andmiedu.uz). Ochiq kodli Moodle dasturiy majmuasi o`quv jarayonini boshqaruvchi Web interfeysli muhitga yo`naltirilgan maxsus tizimi bo`lib, asosan global tarmoqda foydalanishga mo`ljallangan. Tizimni yaratishda PHP, MySQL, AJAX, JavaScript, HTML, CSS, XML jQuery kabi qator ochiq kodli dasturiy vositalardan foydalanilgan. Uni ishlatish uchun ma’lumotlar omborini boshqarish dasturi (MySQL yoki PostgreSQL), PHP protsessori, Web-xizmati (Apache yoki IIS) dasturlari sozlangan server zarur. Operatsion tizim sifatida ixtiyoriy keng tarqalgan operatsion tizimlardan biridan foydalanish mumkin (Windows, Linux,
Moodle tizimidan foydalanish uchun dastlab mazkur LMS tizimida yaratilgan ilovaga a’zo bo`lish talab etiladi. Moodle tizimida ro`yxatga olish jarayoni barcha versiyalarida deyarli bir xil kechadi. Mazkur qo`llanmada Moodle LMS tizimi bo`yicha ko`rsatilgan misollarning barchasi 2.9 versiyasida amalga oshirilgan. Dastlab moodle.andmiedu.uz URL manzili orqali Andijon mashinasozlik institutining masofaviy ta’lim tizimiga kirish mumkin. 4-rasm. Shaxsiy kabinetga kirish.
Ro`yxatdan o`tgan foydalanuvchilar mazkur blok yordamida o`ziga biriktirtilgna login va parol asosida tizimga kirish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Avval ro`yxatdan o`tgan, ammo tizimga kirish uchun tanlagan logini yoki paroli yodidan ko`tarilgan har qanday foydalanuvchilar esa Забыли пароль? havolasi orqali o`z logini yoki parolini qayta tiklashlari mumkin. Login yoki parolni tiklash uchun foydalanuvchidan ro`yxatga olish jarayonida kiritgan e-mail manzilini kiritish talab etiladi. Agar ro`yxatdan o`tish jarayonida noma’lum e-mail manzilidan foydalnilgan bo`lsa, foydalanuvchi logini va yangi berilgan paroli mavhumligicha qoladi. Bunday holatlarda faqat Administrator orqali muammoni hal etish yo`li qoladi. Ushbu tizimdam dastlabki bor foydalanayotgan shaxslar yuqorida ko`rsatilgan blokdan Создать учетную запись havolasini tanlashi lozim. Natijada ro`yxatga olish sahifasi namoyon boladi. Ushbu sahifa maydonlariga foydalanuvchi ma’lumotlari quyidagi rasmda keltirilgan tartibda kiritilishi mumkin. 5-rasm. Ro`yxatga olish sahifasi.
Ro`yxatdan o`tish jarayonida faqat mavjud e-mail manzilidan foydalanish tavsiya etiladi. Mazkur sahifada berilgan maydonlarning barchasini to`ldirish tavsiya etiladi: Логин maydoni – tizimga kirish uchun ishlatiladigan login hisoblanib, faqatgina lotin harflaridan foydalaniladi; Пароль – tizimga kirish uchun ishlatiladigan maxfiy kalit bo`lib, unga kamida bitta katta va kichik lotin harflari, bitta raqam va bitta tinish belglaridan foydalanish zarur. Maxfiy kalit uzunligi 8 ta belgidan kam bo`lmasligi talab etiladi; Адрес электронной почты – avtorizatsiya uchun ishlatiladigan elektron pochta manzili. Kiritilgan pochta qutisi faol holatda bo`lishi zarur. Bir e-mail manzili yordamida faqat bir marta ro`yxatdan o`tish mumkin; Адрес электронной почты (еще раз) – E-mail maydoniga kiritilgan pochta manzilini tasdiqlash uchun kiritiladi. Ushbu maydonga E-mail maydoniga kiritilgan pochta manzili aynan kiritilishi talab etiladi; Имя – Professor-o`qituvchining ismi; Фамилия – Professor-o`qituvchining familiyasi; Город – Professor-o`qituvchining turar joyi; Страна – Professor-o`qituvchi fuqaroligi. Yuqoridagi barcha maydonlar to`ldirilgandan so`ng Сохранить tugmasi bosiladi. Administrator tasdig`idan so`ng professor-o`qituvchilar tizimdan foydalanishi imkoniyatiga ega bo`ladilar. Tizimga kirish uchun professor-o`qituvchilar saytga kirish sahifasidan ham foydalanishlari mumkin:
Autorizatsiya va ro`yxatga olish oynasi. Professor-o`qituvchi yuqoridagi sahifada login va parolini mos ravishda maydonlarga kiritib Вход tugmasini bosgandan so'ng, kiritilgan login va parol tekshiriladi. Agar login va parol bir-biriga mos bo`lsa, professor-o`qituvchi tizimga kirishi mumkin, aks holda xatolik haqida xabar namoyon bo`ladi. Shuningdek, login va parolni kiritish vaqtida Caps Lock indikatorini holatiga hamda tizimning kiritish tilining to`g`riligiga ahamiyat berishi kerak. 7-rasm. Foydalanuvchining bosh sahifasi. Professor-o`qituvchi tizimdagi shaxsiy ma’lumotlarini to`liq kiritishi yoki tahrir qilishi mumkin. Buning uchun sahifaning yuqori qismida ism va familiyasi yozilgan havolani bosish kerak. Natijada quyidagi qo`shimcha menyu hosil bo`ladi:
Foydalanuvchi menyusi Ushbu qo`shimcha menyu yordamida professor-o`qituvchi ma’lumotlarini tahrir qilishi, baholar hisobotini ko`rishi, boshqa foydalanuvchilar bilan xabar almashinishi, tizimdagi o`ziga tegishli sozlamalarni o`zgartirishi hamda tizimdan chiqish kabi amallarni bajarishi mumkin. Foydalanuvchi menyusidagi Моя домашная страница bandi orqali tizimning bosh sahifasiga o`tish mumkin. О пользователе bandi orqali esa foydalanuvchiga tegishli bo`lgan barcha shaxsiy ma’lumotlarni ko`rish mumkin. 9-rasm. О пользователе sahifasi. Сообщения bandi orqali foydalanuvchi tizim foydalanuvchilari bilan xabar almashishlari mumkin. Mazkur xabar almashish bo`limi SMS ko`rinishida bo`lib, suhbatdoshlar faqatgina o`zaro gaplashishlari mumkin.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki - masofaviy o`qitish bugungi kunda nafaqat o`quv maskanlari uchun zarur, balki bugungi kundagi globalizatsiyalash jarayonida katta-katta korxonalarga, muassasalarga o`zlariga mutaxassislar tayyorlashda, ularni qayta tayyorlashda, ularning bilim darajalarini va ko`nikmalarini yuqori darajada ushlab turishda muhim o`rin tutadi. Masofaviy o`qitishni qo`llagan holda aholining umumiy bilim darajasini va bu bilimning sifatini oshirish imkoni mavjud. Aholining barcha qatlamlarini bilim olishdagi ixtiyoriy talablarini qondirish mumkin bo`ladi. Bilimlarni o`z vaqtida keng aholiga tarqatish imkoni mavjud. Yagona ta`lim muhitini yaratib, unda barcha bilimlarni mujassamlashtirish imkoni mavjud. Masofadan o`qitish usulida o`quvchi va o`qituvchi bir-biridan masofa bilan ajralgan bo`lsa ham doimiy muloqot saqlanib qoladi. Bu o`qitishni nazorat qilishning alohida usuli bo`ladigan elektron pochta va internet texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi.
|
| |