• Salbiy tomonlari.
  • Monopoliyaning ijobiy va salbiy jihatlari




    Download 13,37 Kb.
    bet2/4
    Sana02.06.2024
    Hajmi13,37 Kb.
    #259320
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Reja Mavzu Iqtisodiytda monopoliznga qarshi siyosat va raqoba-azkurs.org

    Monopoliyaning ijobiy va salbiy jihatlari.


    • Ijobiy tomonlari. Uning ijobiy tomoni asosan, quyidagi uch jihat orqali namoyon bo’ladi.

    • Birinchidan, u boshqa bir ma’lum tarmoqlarga nisbatan samarali amal qiladi va xarajatlarning tejalishiga olib keladi.

    • Ikkinchidan, monopolist bo’lmagan, mayda, raqobatlashuvchi korxonalarga nisbatan monopolistik korxonalarda ishlab chiqarish ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish uchun ko’proq rag’bat va imkoniyat mavjud bo’ladi. Chunki uncha yirik bo’lmagan raqobatlashuvchi korxonalarning odatda, moliyaviy jihatdan imkoniyatlari cheklangan bo’lib, ular ishlab chiqarishga yangiliklarni tatbiq etish orqali kelgusida daromadlarni oshirishdan ko’ra, ko’proq joriy daromadga e’tibor qaratadilar. Bundan tashqari, yangi g’oyalar raqiblar tomonidan juda tez o’zlashtirib olinadi va buning oqibatida, mazkur g’oyalarni amalga oshirish xarajatlarini bir tomon qilgani holda, uning samarasidan barcha foydalanadi. Yirik monopolist firmalarda esa moliyaviy imkoniyatlar keng bo’lib, innovatsiyadan olingan foyda ularning mualliflariga tegishi aniq kafolatlanadi.

    • Uchinchidan, ba’zi bir sohalarda monopoliya sohaning barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlab bera oladi. Shu sababdan ham bu sohalarda monopoliyaning vujudga kelishi davlat tomonidan ham ta’minlab beriladi. Raqobat bu sohalar faoliyatini buzishi yoki izdan chiqarishi mumkin. Bunga misol qilib elektr energiyasi, gaz, suv kabi komunal sohalarni yoki metropolitelin, temir yo’l va avia sohalarni keltirishimiz mumkin. Ammo hozirgi kunda dunyoning bir nechta rivojlangan davlatlarida bu sohalarning monopoliyadan chiqarilish holatlarini kuzatishimiz mumkin.

    Salbiy tomonlari. Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida quyidagi jihatlarni ko’rsatish mumkin


    • :

    • 1. Resurslarning oqilona taqsimlanmasligi. Bu holat monopoliyalarning yuqori foyda ketidan quvib, sun’iy ravishda ishlab chiqarishni cheklash vositasida narxlarni ko’tarishi, mahsulotlarning u qadar yaxshi bo’lmagan turlarini, past texnikaviy darajsini va sifatini hamda sotishning yomon sharoitlarini vujudga keltirishi orqali namoyon bo’ladi. Natijada, raqobat sharoitida amal qiluvchi iqtisodiyot samaradorligini bozor vositasida tartibga solish mexanizmi ishdan chiqadi.

    • Monopoliyalar bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy faoliyatlar erkin hamda oqilona tanlov imkoniyatidan mahrum bo’ladi, monopoliyalarning iqtisodiy jihatdan asoslanmagan shart-sharoit va narxlari tazyiqiga chiday olmaydi, ish faolligini pasaytirib, ba’zi hollarda xonavayron bo’ladilar. O qibatda ishlab chiqarish qisqarib, ishsizlik va inflyatsiya o’sadi, xo’jalikning izdan chiqishi kuchayadi. Jamiayt boyligi resurslarning oqilona raqobatli bozor taqsimoti sharoitida qo’lga kiritilishi mumkin bo’lgan miqdoriga qaraganda kamayib ketadi.


    Download 13,37 Kb.
    1   2   3   4




    Download 13,37 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Monopoliyaning ijobiy va salbiy jihatlari

    Download 13,37 Kb.