Korxonalarda ish haqi va ishlovchilar mehnatini rag‘batlantirishni tashkil qilish
Ish haqi va uning miqdori, tarkibi, turli toifadagi ishchilar o‘rtasida taqsimlanishi nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy ahamiyatga ega.
Ish haqi ishlovchilarning asosiy daromad manbai bo‘lib, ularning turmush darajasini yaxshilashning muhim omillaridan biridir. Ish haqi ishlovchilarni ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, inson omilini ijodiy faolligini rmvojlantirish va nihoyat mamlakatning ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyoti ko‘lami va suratiga ta’sir ko‘rsatadi. Ish haqi tushunchasi barcha turdagi ish haqi, jumladan, turli ko‘rinishdagi mukofotlar, qo‘shimcha, ustama va ijtimoiy imtiyozlar, moliyalashtirish manbaidan qat’iy nazar pul yoki natura shaklidagi amaldagi qonunlar asosida ishlangan ish kunlari uchun to‘lanadigan ish haqini o‘z ichiga oladi. Natura shaklidagi ish haqi mehnat va ijtimoiy imtiyozlar uchun to‘lovlar bozor narxlari bo‘yicha hisob-kitoblar asosida amalga oshiriladi.
Pul shaklida to‘lanadigan ish haqiga ishlab chiqarish hajmini hisobga olish bo‘yicha hujjatlarda ko‘rsatilgan rag‘batlantiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan to‘lovlarni o‘z ichiga olgan, xo‘jalik subyektlari tomonidan qabul qilingan mehnatga haq to‘lash shakli va sistemasiga muvofiq ravishda belgilangan mansab maoshlari va ishbay rassenkasi, tarif stavkalaridan kelib chiqqan holda haqiqiy bajarilgan ish uchun belgilangan ish haqi kiradi.
Korxonalarda mehnatga haq to‘lashni tashkil qilish o‘zaro bog‘liq bo‘lgan uchta omil - mehnatni me’yorlashtirish, ish haqining ta’rif sistemasi, ish haqining shakli orqali aniqlanadi.
|