Reja: O’zbekiston Respublikasida innovatsion faoliyatning asoslari Respublika innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi




Download 371,93 Kb.
bet2/3
Sana08.01.2024
Hajmi371,93 Kb.
#132312
1   2   3
Bog'liq
Innovatsiya
tarbiya usullari va shakllari, 221-I 26.04.1996, 3-20 Mexanika Kurs ishi, 3-mavzu, Tayanch harakatlanish sistemasigadoir testlar-fayllar.org, PIRLS TADQIQOTLARI UCHUN TOPSHIRIQLAR TOPLAMI (Oquv - uslubiy qollanma) , hal qilish va resurislardan samarali foydalanish, Berilganlar bazasi, Creative Personality at Work Katya Stoyheva, Abdullayev Husniddin Kurs ishi, Mustaqil mavzular

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 15-iyuldagi «Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishni qo’llab-quvvatlashning qo’shimcha chora-tadbirlari haqida»gi qaroriga muvofiq har yili innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkalari o’tkaziladigan bo’ldi. 2009 yilning 22 mayidan esa «Xo’jalik boshqaruvi organlarini modernizatsiyalash va yangi texnologiyalar bilan ta’minlash haqidagi nizom» kuchga kirgan bo’lib, unga muvofiq ular o’zlarida ishlab chiqarish sohalar va korxonalarning innovatsion rivojlanishiga yordam beruvchi shunday fondlarni tashkil etish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Bu mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun texnologik jarayonlarni nafaqat o’z kuchlari bilan modernizatsiyalash, balki bu ishga Fanlar akademiyasi mutaxassislari, vazirlik va idoralarni jalb etish imkoniyatini berdi.

Innovatsiya g‘oyalari, texnologiyalari va loyihalari IX Respublika yarmarkasida O‘zR Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari tomonidan 108 innovatsiya texnologiyalari va loyihalari taqdim etildi. IX Respublika innovatsiya yarmarkasi katalogiga O‘zR FA ITMning 76 ta yangi innovatsion ishlanmalari va texnologiyalari kiritildi. Yarmarka davomida O‘zR FA ITM va ularning mahsulotlari iste’molchilari o‘rtasida 4 mlrd. 520,4 mln. so‘m va 30.0 ming AQSh doll. miqdoridagi 86 shartnoma imzolandi. Ulardan 7 tasi litsenziya shartnomalaridir. O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti yosh olimasi D.S.Solixonovaning “Yuqori oleinli o‘simlik yog‘laridan yaxshilangan olein olish texnologiyasi” ishlanmasi “Yosh olimlar” bo‘limida eng yaxshi innovatsion ishlanma nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi va u Maqtov yorlig‘i, pul mukofoti hamda Internetdan bepul foydalanish mukofoti bilan taqdirlandi.

O‘zR FA Fizika-texnika instituti yosh olimi O.F.Tuktafullinning “Invertor” nomli ishlanmasi “Sanoat” bo‘limida eng yaxshi innovatsion ishlanma nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi hamda u Maqtov yorlig‘i, pul mukofoti va Internetdan bepul foydalanish mukofoti bilan taqdirlandi. Shuningdek, IX Respublika innovatsiya yarmarkasi doirasida yosh olimlarning “Innovatsion g‘oyalar” respublika tanlovi o‘tkazildi. O‘zR FA Mikrobiologiya instituti yosh olimasi B.I.To‘raeva “Qishloq xo‘jaligi” bo‘limida birinchi o‘rinni oldi va u birinchi darajali diplom hamda mukofot bilan taqdirlandi. O‘zR FA ITM olimlari Yarmarka doirasida o‘tkazilgan II Toshkent xalqaro innovatsiya forumi ishida faol ishtirok etdilar.


Download 371,93 Kb.
1   2   3




Download 371,93 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: O’zbekiston Respublikasida innovatsion faoliyatning asoslari Respublika innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi

Download 371,93 Kb.