|
Reja: Paket va kanallarni kommutatsiyalash
|
bet | 6/6 | Sana | 04.02.2024 | Hajmi | 117,26 Kb. | | #151243 |
Bog'liq Kompyuter tizimlari va telekomunikatsiyaInternetni yaratilishiga asos bо’lib xizmat qildi.
Global tarmoqni yaratilishida birinchi bor xozirgi zamon kompyuter tarmoqlarining asosida yotuvchi g’oyalar taklif etilgan va kо’p asosiy masalalarga ishlov berilgan, paketlarni kommutatsiyalash kotsepsiyasi va kommunikatsiya protokollarini kо’p bosqichli qurilishi kabi masalalardir.
Yuqori sifatli aloqa yо’llarini uzoq masofalarga yotqizish juda qimmatga tushishi sababli birinchi global tarmoqlarda kо’pincha boshqa maqsadlar uchun mо’ljallangan mavjud aloqa kanallaridan foydalanilgan. Masalan, kо’p yillar davomida global tarmoqlar analogli telefon kanallari asosida qurilgan. Bundek kanallardan diskret (raqamli) kompyuter axborotlarini uzatish tezligi past bо’lganligi uchun bu turdagi global tarmoqlarda odatda xavola qilinadigan xizmatlar tо’plami fayllarni uzatish va elektron pochta bilan chegaralangan edi. Bundek kanallar past tezlikdan tashqari boshqa kamchilikka xam egadir – ular orqali uzatiladigan signallarda sezilarli darajada о’zgarish yuzaga keladi. Shuning uchun sifati past kanallarda qurilgan global tarmoqlar nazorat va axborotlarni tiklash amallarining murakkabligi bilan ajralib turganlar.
Global kompyuter tarmoqlaridagi rivojlanish kо’p jixatdan aloqa kanallar soxasidagi rivojlanish bilan aniqlanadi. Sifatli va yuqori tezlikdagi kanallarning yaratilishi global tarmoqlar tomonidan xavola qilinadigan xizmatlarni evolyusiyasiga olib keldi. Masalan, veb-servis aslida “sekin” kanallar uchun yaratilgan va ular 90 yillarning boshlarida kо’p ishlatilgan, shuning uchun veb- saxifalarning asosiy elementi bо’lib ma‟tin va oddiy grafika bо’lgan. Bugungi kunda esa veb-dizaynerlar chiroyli va samarali saxifalarni yaratish uchun multimedianing barcha turlarini ishlatadilar – tovush, vidio va sifatli grafikani.
Global tarmoqlar aloxida olingan kompyuterni va shuningdek maxalliy tarmoqlarni birlashtira olaishi mumkun. Katta kompyuterni bevosita global tarmoq kommutatoriga ulash kompyuter tarmoqlarining rivojlanishini dastlabki davrlariga xos bо’lgan, ammo bu usul bugungi kunda samarali emas, chunki xatto superkompyuterlar xam maxalliy tarmoq orqali boshqa kompyuterlar bilan ulanadi.
|
| |